Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralari
Z) Xulosa
J.S.Mill va K.Marks ijodi U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning yakunlanganligini bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: Inson faqat o’z foydasiga, o’z ahvolini yaxshilashga intiluvchi «iqtisodiy odam» sifatida ko’riladi. Axloq, madaniyat, urf-odat va shu kabilar nazarda tutilmaydi. Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida ham, shuningdek uzoqni ko’zlab ish yuritishda ham erkin va barobar. Har bir iqtisodiy sub’ekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish haqi va renta to’g’risidagi to’liq ma’lumotga ega. Bozor resurslarning to’la harakatini ta’minlaydi: mehnat va kapital bir zumda kerakli joyga oqib o’tishi mumkin. Ish haqi bo’yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchining ko’payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi esa, ishchi kuchining kamayishiga olib keladi. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Mehnat bozorida pulli ish haqi mutlaq moslushuvchan bo’ladi(mehnat bozorida uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi). Boylikni ko’paytirishning asosiy omili kapital jamg’arilishi hisoblanadi. Raqobat takomillashgan bo’lishi, iqtisodiyot esa davlatning haddan tashqari aralashuvidan erkin bo’lmog’i kerak. Bunday sharoitda «ko’rinmas qo’l» resurslarning optimal taqsimlanishini ta’minlaydi. Kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni yechib berishga, sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga imon beruvchi jamiyat keladi. Tayanch iboralari: qiymat; pul; kapital; kredit; foiz normasi; «qo’shimcha qiymat»; «nisbiy qo’shimcha qiymat»; «absolyut qo’shimcha qiymat»; «zarur ish vaqti»; «qo’shimcha ish vaqti»; s; v; m; kapitalning uzviy tuzilishi; iqtisodiy tsikl; foyda normasi; «ishlab chiqarish bahosi». Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling