Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Mehnat resurslarining shakllanishi
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish yoʻllari.
"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan boʻlib, oʻziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi hiqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yoʻq. Biz esa "mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz. Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari boʻyicha -mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning oʻzgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik oʻzgarishdagi umumiy va oʻziga xos tomonlarni koʻrib chiqishimiz lozim. Mehnat resurslarining aksariyat koʻpchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovchi pensionerlar va amalda "nol" vazifasini bajaruvchi shaxslar, mexnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi oʻsmirlar mehnat resurslarining salmogʻida u darajada sezilarli rol oʻynamaydi. Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqorolar butun aholining bir qismi boʻlib, ularning soni demografik omil ta’sirida oʻzgarib turadi. Ularning qancha boʻlishi tegishli yoshlardagi oʻlim darajasiga bogʻliq. Bu shuningdek, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqorolar bilan soni oʻrtasidagi nisbatga ham bogʻliq. Ulim qanchalik kam boʻlsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqorolar bu yoshdan chiqqan kishilar oʻrtasidagi farq qanchalik yuqori boʻlsa, mehnat qilish qobiliyatiga etgan kishilar soni shunchalik koʻp boʻladi yoki aksincha. Mehnat resurslari soni (dinamikasi)ning oʻzgarishi bilan butun aholi sonining oʻzgarishi oʻrtasida tabiiyki, bogʻliqlik bor. Biroq u birinchi qarashda unchalik koʻzga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining soni hamisha butun aholi soni kabi oʻzgaravermaydi. Oʻzgarishlar turli yoʻnalishlarda boʻlishi ham mumkin. Biz «mehnat resurslari» tushunchasi toʻgʻrisidagi tasavvur kengroq boʻlishi uchun ularning oʻzaro bogʻliqligini maxsus qarab chiqamiz. Mehnat resurslari butunning qismi sifatida aholining takror ishlab chiqarilishi (ya’ni uning doimiy ravishda tiklanib turishi)ni aks ettiradi. Shuning uchun mehnat resurslari sonining dinamikasi pirovard natijada aholi soni dinamikasini aks ettiradi. Oʻsmirlar va pensionerlarning mehnat bilan bandlik darajasidagi oʻzgarishlar faqat mehnat resurslariga emas, balki aholining soniga ham dahldordir. Tugʻilishdagi farqlar darhol aholi sonining oshishiga ta’sir qiladi, mehnat resurslarida esa faqat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga etishi faqat mehnat pesurslariga ta’sir qiladi, butun aholi soniga dahldor boʻlmaydi. Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar koʻproq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan bogʻliqdir. Butun aholining va uning mehnatkash qismidagi dinamikaning xilma-xil yoʻnalishda yaqqol ifodalangan oʻzgarishi voqealarning normal borishdan chetga chiqish deb qaraladi. Ana shu sababli normal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun noqulay shart-sharoit yaratadi. Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita bogʻliqligini e’tirof etgan holda, mehnat resurslari dinamikasining ma’lum darajada nisbiy «mustaqilligi»ga e’tiborni qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shu ma’noda «mehnat resurslari» ijtimoiy va demografik rivojlanishni tahlil qilish va asoslab berishning oʻziga xos usulologik vositasi boʻlib maydonga chiqadi. «Mehnat resurslaridan foydalanish» va «mamlakatning mehnat potentsiali» tushunchalari bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqdir. Biz bu erda foydalanish deganda iqtisodiyotning resurslaridan biri boʻlgan mehnat resurslarini ta’riflovchi ikki yoʻnalishni tushunamiz. Bu, birinchidan, mehnat resurslarining taqsimlanishi va ikkinchidan, ularning mehnatidan halq xoʻjaligida foydalanish samaradorligidir. Shundan kelib chiqqan holda 2007 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining «Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band boʻlmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 106-sonli Qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan boshlab «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boʻlmagan aholini hududlar boʻyicha hisoblab chiqish» Metodikasi amaliyotga tatbiq etildi. Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va mehnat bozorining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Unda «ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boʻlmagan aholi» tushunchasi xalqaro standartlarda nazarda tutilgan «ishsizlar» tushunchasiga teng deb qaraladi. Mehnat resurslarini taqsimlash deganda pesurslarning xalq xoʻjaligida ishlaydigan qismlari va ishlamaydigan qismlari tushiniladi. Oʻz navbatida ishlamaydigan qism mehnat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan yoshdagi oʻquvchilapga va shaxsiy yordamchi xoʻjalik bilan shugʻullanuvchilarga, harbiy kuchlar safida xizmat qilayotganlarga, ishsizlarga, shuningdek, hech erda ishlamaydiganlarga, oʻqimaydiganlarga va ish qidirmaydiganlarga boʻlinadi. Mehnat bilan bandlik turlari boʻyicha mehnat reurslarining taqsimlanishini faqat fuqoro aholi (ya’ni bunga harbiy xizmatchilar kirmaydi) boʻyicha kuzatish mumkin. Ishlaydigan aholi (mehnat bilan band aholi) oʻz navbatida ayrim tarmoqlar, kasb guruhlari boʻyicha taqsimlanishi, shu jumladan,, aqliy va jismoniy mehnat boʻyicha, mehnat rejimi boʻyicha (toʻliq yillik bandlik, toʻliq boʻlmagan ish kuni va haftasi va hokazo), nihoyat ijtimoiy-iqtisodiy sohalar boʻyicha qarab chiqiladi. Xalqaro jihatlardan biri mehnat bilan bandlarni «iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha» taqsimlashdir. Bu jihatning mazmuni iqtisodiy faoliyat turlari klassifikatori, mahsulot va xizmatlar klassifikatori, deb belgilangan. Unga xalqaro standart tarmoq tasniflashi va xalqaro asosiy mahsulotlar klassifikatori kiradi, ulap BMTning statistika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mehnat resurslarining tuzilishiga yosh nuqtai nazardan murojaat qilish, ayniqsa, muhimdir, u ayniqsa bozor sharoitida koʻproq ahamiyatga ega. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati yoshlarning soniga koʻp jihatdan bogʻliq. Yoshlar yangi iqtisodiy «ruh»ni oʻzlari va mamlakat foydasi uchun muvaffaqiyatliroq oʻzlashtirib oladilar. Mehnat resurslarini taqsimlashga bogʻliq ravishda inson resurslarining imkoniyatlari rivojlanish omillari sifatida katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Masalaga ana shu tarzda yondashish jamiyatning mehnat potentsialini, hududni, korxonalarni oʻrganish va aniqlash imkonini beradi. Mehnat potentsialini sifat oʻlchovidagi mehnat resurslari sifatida ta’riflash mumkin. Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, «mehnat potentsiali» tushunchasi mehnat resurslari va iqtisodiyotning oʻzaro ta’sirini oʻrganishga yordam beradigan alohida omildir. Biz yana «mehnat samaradorligi» degan ta’rifni ham aniqlab olishimiz kerak. U mehnat resurslaridan foydalanishning koʻrsatkichlaridan biridir. Har qanday faoliyat turidagi samaradorlik pirovard natijada vaqt bilan oʻlchanadi, vaqt mahsulot birligini yoki xizmatlar birligini ishlab chiqarishga sarflanadi. Bunda mahsulot va xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarga katta e’tibor beriladi. Ana shu nuqtai nazardan mehnatni tatbiq etish samaradorligi-yuqori sifatli pirovard natijaga mehnat sarfini kamaytirish. Mehnat resurslarini taqsimlash turlaridan biri mamlakat hududi boʻyicha taqsimlash boʻlib, u ham muayyan foydali axborotga ega. Respublika hududi iqtisodiy rivojlanish darajasi kishilarning farovonligi va demografik rivojlanishi bilan farq qiladi. Mehnat resurslarini shakllantirishning mintaqaviy xususiyatlari avvalo demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri bilan bogʻliqdir. Demografik omillarga aholining takror ishlab chiqarilishidagi jadallik kiradi. U hal qiluvchi darajada tugʻilish darajasi bilan bogʻliq. By daraja qanchalik yuqori boʻlsa, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi, demak, mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillardan mehnat resurslarini shakllantirish uchun ancha ahamiyatlisi mintaqadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy konyunktura tuzilmasining xususiyatlari (mehnat unumdorligining oʻsishi)ni aytib oʻtish mumkin. Bu hol ishlovchi oʻsmirlar va ishlovchi pensionerlar soniga ta’sir qiladi. Ish oʻrinlarining, ayniqsa oʻsmirlar va katta yoshdagi ishlovchilar mehnatidan foydalanishga mos keladigan ish oʻrinlarining mavjudligi ishlab chiqarish tuzilmasi bilan bogʻliq. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boʻlmagan aholi (ishsizlar) - qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslar, shuningdek haq toʻlanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi mashgʻulotga ega boʻlmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif etilsa, ishga joylashishga tayyor boʻlgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha mehnat bilan band boʻlmagan shaxslar. Rasmiy ravishda roʻyxatga olingan ishsizlar - 16 yoshdan pensiya bilan ta’minlanish huquqini olish yoshigacha boʻlgan, ish, ish haqi va daromadga ega boʻlmagan, mehnat organlarida ish qidiruvchi, ishlashga, kasb boʻyicha tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan oʻtishga, malaka oshirishga tayyor shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxslar. Ish bilan band boʻlganlar: a) yollanib ishlayotganlar, shu jumladan ishlarni toʻliq boʻlmagan ish vaqti mobaynida yoki uyda ish haqi olib bajarayotgan, shuningdek haq toʻlanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega boʻlgan fuqarolar; b) kasallik, ta’til, qayta tayyorgarlik, malaka oshirish, ishlab chiqarishning toʻxtab turishi tufayli, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik ishda boʻlmagan xodim uchun ish joyi saqlanib qoladigan boshqa hollarda ish joyida vaqtinchalik boʻlmagan fuqarolar; v) oʻzini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlovchi fuqarolar, tadbirkorlar, shu jumladan yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar, kooperativlar a’zolari, fermerlar, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida mehnat bilan band boʻlganlar, bevosita mol oʻstiruvchilar, chorvachilik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilar va sotuvchilar, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan fuqarolar toifalarining ishlab chiqarishda qatnashadigan oila a’zolari; g) Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik hamda ichki ishlar organlari va qoʻshinlarida xizmatni, shuningdek muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar; d) jamoat birlashmalarida va diniy tashkilotlarda ishlayotgan, oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan fuqarolar. Iqtisodiy faol aholi - mehnat bilan band boʻlgan fuqarolar va ishsizlar. Iqtisodiy faol boʻlmagan aholi - mehnat bilan band va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega boʻlmagan oʻquvchilar va talabalar; ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari; uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band boʻlgan ishlamayotgan ayollar; koʻchar va koʻchmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar; ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band boʻlmagan shaxslar. Mehnat resurslari - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan shaxslar. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi - ishlamayotgan birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan hamda va yoshiga koʻra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar va 16 yoshdan yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar). Mehnat resurslari balansi - mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishini tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimi. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boʻlmagan aholi sonini hisoblab chiqish tartibi. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol boʻlmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: MM = MRA - B - IFA, bunda: MM - ishga joylashtirishga muhtoj band boʻlmagan aholi (ishsizlar); MR -mehnat resurslari; B - bandlar; IFA - iqtisodiy faol boʻlmagan aholi. Mehnat resurslari sonini aniqlash. Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yigʻindisi sifatida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: MR = MLA + IOʻP, bunda: MR - mehnat resurslari; MLA -mehnatga layoqatli yoshdagi aholi; IOʻP - ishlayotgan oʻsmirlar va pensionerlar. MLA soni mehnatga layoqatli yoshidagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar va 16 yoshdan yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi: MLA = E(16-60) + X(16-) - Nog - Pi, bunda: E(16-60) - 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar; X(16-) - 16 yoshdan yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar; Nog - mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari; Pi - imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionerlar. Axborot olish manbai: E(16-60), X(16-) boʻyicha - aholining jins va yosh tarkibi toʻgʻrisidagi davlat statistika ma’lumotlari; Nog boʻyicha - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnatga layoqatli yoshdagi nogironlar soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlari; Pi boʻyicha - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionerlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlari; IOʻP boʻyicha - davlat statistika ma’lumotlari. Mehnat bilan bandlar sonini aniqlash. Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi: IT = ITr + ITnr + MM, bunda: ITr - iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar; ITnr - iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar; MM - migrant mehnatchilar - chet ellarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda roʻyxatga olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar. Axborot olish manbai: ITr boʻyicha - davlat statistika ma’lumotlari; ITnr boʻyicha - mehnat bilan bandlikni oʻrganib chiqish ma’lumotlari; MM boʻyicha - statistika, bojxona organlarining hamda mehnat organlari tomonidan maxsus savolnoma boʻyicha bandlik, mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan oʻrganishlarning ma’lumotlari. Rasmiy sektorda band boʻlganlar sonini aniqlash. Rasmiy sektorda band boʻlganlar davlat statistika hisoboti ma’lumotlari boʻyicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat boʻladi: yollanib (mehnat shartnomasi boʻyicha), shu jumladan saylanadigan lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar; harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari; kooperativlar va shirkatlar a’zolari; xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar; yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs sifatida rasman roʻyxatga olingan fuqarolar; yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan dehqon xoʻjaliklari a’zolari hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda va dehqon xoʻjaliklarida qoramol oʻstirish bilan band boʻlgan shaxslar; nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari. Norasmiy sektorda band boʻlganlar sonini aniqlash va hisoblab chiqish Xalqaro mehnat tashkiloti normalaridan kelib chiqib hamda Davlat statistika qoʻmitasining hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq iqtisodiyotning norasmiy sektorida band boʻlganlar jumlasiga ijtimoiy sugʻurta va soliq organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi: yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dehqon xoʻjaliklari a’zolari; uyda pulli xizmatlar koʻrsatish bilan band boʻlgan shaxslar (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar); jismoniy shaxslarda haq olib ishlovchi shaxslar; oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari; tegishli roʻyxatdan oʻtmay ishlovchi tadbirkorlar. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band shaxslar soni mehnat organlari tomonidan bandlik masalalari boʻyicha har chorakda amalga oshiriladigan oʻrganib chiqish asosida aniqlanadi. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun bandlik masalalari boʻyicha tanlab oʻrganib chiqish ma’lumotlari asosida: a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shugʻullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi soʻrab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmogʻi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: SChSi = SSi : SS x 100, bunda: SChSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shugʻullanuvchi soʻrab chiqilganlar salmogʻi; SSi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shugʻullanuvchi soʻrab chiqilganlar soni; SS - mehnatga layoqatli yoshdagi soʻralganlar soni, hammasi; b) olingan salmoq koʻrsatkichi boʻyicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shugʻullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: ITNRi = MLA x SChSi : 100, bunda: ITNRi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shugʻullanuvchilar soni; MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni toʻgʻrisida axborot olish manbai - aholining jinsi va yoshi boʻyicha tarkibi toʻgʻrisidagi davlat statistika ma’lumotlari; v) iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlarning umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning har bir aniq turi boʻyicha ITNR toʻgʻrisidagi ma’lumotlar jamlanadi: ITNR = SChSi ITNRi , bunda: ITNR - iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni, hammasi. Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar sonini aniqlash Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar soni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich aniqlanadi: 1) Birinchidan, ishga joylashtirishga muhtojlarni aniqlash maqsadi uchun mehnat organlari tomonidan mehnat emigratsiyasi boʻyicha savolnomaga muvofiq, mehnat bilan bandlik masalalari boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish paytida migrant mehnatchilar sifatida chet elda turganlar soni aniqlanadi. Buning uchun: a) uy xoʻjaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari boʻyicha (mehnat emigratsiyasi moduliga binoan) har chorakdagi oʻrganishlar ma’lumotlari asosida mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslarning soʻralganlar umumiy sonidagi salmogʻi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: MMS = KMMS : SS x 100, bunda: MMS - migrant mehnatchilarning soʻralganlarning umumiy sonidagi salmogʻi; KMMS - mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslarning (migrant mehnatchilarning) mehnat bilan bandlik masalasi boʻyicha uy xoʻjaliklarini oʻrganish davomida aniqlangan soni; SS - mehnatga layoqatli yoshdagi soʻralganlar soni, hammasi. Izoh. Chet eldagi migrant mehnatchilarning uy xoʻjaliklarini oʻrganishda bevosita qatnashmasligini (soʻrov paytida boʻlmasligini) hisobga olib, ushbu shaxslar soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar soʻralayotgan uy xoʻjaliklari vakolatli a’zolaridan soʻralgan holda olinadi. b) migrant mehnatchilarning soʻralganlarning umumiy sonidagi salmogʻi boʻyicha migrant mehnatchilarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi umumiy soni quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi: MM = MMS x MLA : 100, bunda: MM - migrant mehnatchilar soni, hammasi; MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni. v) zarurat boʻlganda, mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlarning soni joʻnab ketgan yoʻnalishi (mamlakati) boʻyicha aniqlanadi. Buning uchun: oʻrganishlar ma’lumotlari boʻyicha har qaysi mamlakatdagi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrant mehnatchilarning soʻralganlar umumiy sonidagi salmogʻi aniqlanadi; mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi umumiy soniga nisbatan salmoqni proportsional ravishda hisoblab chiqish va jamlash yoʻli bilan muayyan mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrant mehnatchilar soni aniqlanadi. 2) Ikkinchidan, umuman respublika boʻyicha mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ularning soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish toʻgʻrisida" 2007 yil 1 maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Sxema boʻyicha, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi: a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi toʻgʻrisida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari; b) mehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha har yilgi sotsiologik oʻrganishlar ma’lumotlari; v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ma’lumotlari; g) Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar; d) uy xoʻjaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari boʻyicha har choraklik oʻrganishlar ma’lumotlari. Iqtisodiy faol boʻlmagan aholi sonini aniqlash IFA = Oʻ + A + IN + IBB, bunda: IFA - iqtisodiy faol boʻlmagan aholi; Oʻ - ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotgan hamda ish haqi va mehnat daromadiga ega boʻlmagan oʻquvchilar va talabalar; A - uy bekalari va bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar; IN - ishlamaydigan uchinchi guruh nogironlari; IBB - ixtiyoriy ravishda ish bilan band boʻlmagan shaxslar, shuningdek koʻchar va koʻchmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar. Mustaqil ravishda ish qidirayotgan shaxslar sonini aniqlash Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan (mazkur Metodikaning 3-bandida koʻrsatilgan formula boʻyicha aniqlangan) hisobot davri oxiridagi holati boʻyicha Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlarida rasman ishsizlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yoʻli bilan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: IM = IB - RR, bunda: IM - ish bilan band boʻlmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar; IB - ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boʻlmagan aholi (ishsizlar); RR - ishga joylashtirishga muhtoj boʻlganlarni aniqlash paytida rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan ishsizlar. Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari ma’lumotlari rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan ishsizlar boʻyicha axborot olish manbai hisoblanadi. Aholining mehnat bilan bandligini oʻrganish tartibi Aholining ish bilan bandligini oʻrganish maxsus tanlab olingan uy xoʻjaliklari a’zolaridan soʻrab chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Uy xoʻjaliklarini soʻrab chiqish har choraklik asosida Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari xodimlari tomonidan har chorakning oxirgi oyi ikkinchi oʻn kunligi mobaynida oʻtkaziladi. Soʻrab chiqilishi kerak boʻlgan uy xoʻjaliklarini tanlash har bir tuman boʻyicha ma’lumotlarning reprezentativligini ta’minlaydigan har bir tuman (shahar) boʻyicha uy xoʻjaliklarining kamida bir foizini soʻrov bilan qamrab olish hisobga olingan holda proportsional tanlov boʻyicha oʻtkaziladi. Uy xoʻjaliklarini soʻrab chiqish Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlimlari bilan birgalikda toʻrt bosqichda oʻtkaziladi: a) birinchi bosqichda har bir tuman boʻyicha oʻrganilishi kerak boʻlgan uy xoʻjaliklari soni quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi: UXS =UX x 1%, bunda: UXS - har bir tuman (shahar)da soʻrab chiqilishi kerak boʻlgan uy xoʻjaliklari soni; UX - tuman (shahar)dagi uy xoʻjaliklari soni; b) ikkinchi bosqichda uy xoʻjaliklari oʻrganiladigan aholi punktlari aniqlanadi, bunda: tanlab olingan aholi punktlari yonma-yon chegaralarga ega boʻlmasligi kerak; tuman markazlari va ulardan yiroqda joylashgan aholi punktlari majburiy tartibda oʻrganilishi kerak; har bir tumanda kamida ta aholi punkti (tuman markazi ham shu jumlaga kiradi) oʻrganilishi kerak; har bir shaharda yonma-yon chegaralarga ega boʻlmagan kamida ta mahalla oʻrganilishi kerak. Aholi punktlarini tanlash tuman (shahar) statistika boʻlimi bilan kelishgan holda Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan amalga oshiriladi; v) uchinchi bosqichda har bir aholi punktida oʻrganilishi kerak boʻlgan uy xoʻjaliklari soni aniqlanadi; g) toʻrtinchi bosqichda aholi punktlarida (mahallalarda) mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari roʻyxatlari asosida oʻrganilishi kerak boʻlgan uy xoʻjaliklarining aniq roʻyxati aniqlanadi. Bunda tanlashning quyidagi tartib-qoidasini nazarda tutadigan "proportsional bosqichma-bosqich tanlash" usulidan foydalaniladi: - mazkur aholi punktida (mahallada) joylashgan uy xoʻjaliklarining hisoblangan sonini oʻrganilishi kerak boʻlgan uy xoʻjaliklarining hisoblangan soniga boʻlish yoʻli bilan "tanlash bosqichi" aniqlanadi (masalan, tanlab olingan aholi punktida 300 ta uy xoʻjaligi mavjud boʻlib, oʻrganiladigan uy xoʻjaliklari soni esa 30 tani tashkil etishi kerak boʻlsa, "tanlash bosqichi" "10" ni (300:10) tashkil etadi); - uy xoʻjaliklarining umumiy sonidan "tanlash bosqichi"ga bir karra har bir uy xoʻjaligiga tartib raqami beriladi va tanlab olinadi. Uy xoʻjaliklari soʻrovi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus soʻrovnoma boʻyicha amalga oshiriladi. Uy xoʻjaliklarining mehnatga layoqatli yoshdagi barcha a’zolaridan soʻrab chiqilishi kerak, ular hozir boʻlmagan taqdirda esa hozir boʻlmagan uy xoʻjaliklari a’zolariga tegishli javoblarni uy xoʻjaligining boshqa vakolatli a’zosidan olishga yoʻl qoʻyiladi. Soʻrovni amalga oshirgan xodimlardan uy xoʻjaliklari soʻrovining toʻldirilgan soʻrovnomalarini qabul qilish Bandlikka koʻmaklashish markazining ishga joylashtirishga muhtoj boʻlgan aholini hisobga olish va ular boʻyicha ma’lumotlar bankini shakllantirish boʻlimi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Toʻldirilgan soʻrovnomalarni qabul qilishda: soʻrab chiqqan xodim tomonidan uy xoʻjaliklari soʻrovining aniq tarzda tanlanishiga rioya qilinganligi; soʻrovnoma savollari toʻliq toʻldirilganligi; soʻrovnoma savollariga javoblarning mantiqliligi va bir-biriga zid emasligini tekshirish ta’minlanishi kerak. Uy xoʻjaliklari soʻrovi oʻtkazilishining sifati uchun javobgarlik uy xoʻjaliklari soʻrovini oʻtkazgan xodimga va soʻrovnomani qabul qilib olgan shaxsga yuklanadi. Soʻrovnoma materiali qabul qilib olingandan keyin uni qayta ishlash maxsus kompyuter dasturi yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish (ma’lumotlarni kompyuterga kiritish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumotlar kompyuterga toʻliq kiritilgandan keyin ma’lumotlar bazasi har bir tuman boʻyicha alohida fayllar shaklida keyinchalik uzil-kesil puxta ishlash va tahlil qilish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuboriladi. Ma’lumotlarni puxta ishlash va tahlil qilish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: ma’lumotlar bazasini shakllantirish (kompyuterga kiritish) - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 1-kunigacha; har bir tuman boʻyicha yigʻma jadvallarni puxta ishlash va olish - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 10-kunigacha; tekshirish natijalari boʻyicha tahliliy ma’lumotnoma va tahliliy jadvallar tayyorlash - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 1-kunigacha. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling