Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
-rasm. Korxona faoliyati tizimida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash40
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
4-rasm. Korxona faoliyati tizimida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash40
Ish oʻrnini oqilona rejalashgirishni ta’minlash uchun quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur: — ish makoni eng kichik boʻlishi, lekin ish holatlarida antropometrik koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda barcha mehnat harakatlarining erkin amalga oshirilishi uchun etarli boʻlishi lozim; — asbob-uskunalarning joylashtirilishi asosiy ish zonasida amalga oshirilishi, ularning boshqarish organlari boʻlsa xodimning qoʻli etadigan doirada boʻlishi kerak; — xodim uchun qulay ish holatining yaratilishi u ortiqcha harakatlardan aylanish, burilish, egilish va qoʻshimcha charchashni keltirib chiqaradigan ortiqcha kuch-gʻayrat sarflashdan holi boʻlishi lozim; — barcha hollarda ish holati gavdaning, bosh va qoʻl-oyoqlarning qulay harakat qilishini ta’minlashi lozim; — ish zonasining yaxshi koʻzga tashlanishini, mehnat qurollari, asbob, mexanizm va priborlarning yaxshi boshqarilganligiini ta’min etmogʻi darkor; — har bir ish oʻrnining texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliqligini, mehnat buyumlari orasidagi masofani va ularning joylashtirilishini mehnat vositalari va xodimlar mehnat harakati mazmunini oʻrganish lozim; ish bajariladigan yuzaning balandligi va xodimning oʻtirish balandligi yoki oyoqlar ostidagi tagliklar balandligi (tik turib ishlaganda) muhim ahamiyagga egadir. Bu balandliklar tartibga solib turilishi kerak, bu esa boʻyi turlicha boʻlgan ishchilarning faoliyati uchun qulaylik tugʻdiradi; — ish oʻrnini, ish holatini va ishlab chiqarish mebelini shunday rejalashtirish kerakki, xodimning koʻzi bilan mehnat buyumi oʻrtasidaga fiziologik jihatdan maqbul boʻlgan masofa alohida aniq bajariladigan ishlarda — 2 sm, aniq ishlarda — 2-3 sm; koʻrish idrokiga unchalik yuqori talablar qoʻyilmaydigan ishlar guruhida 3-0 sm, ish bajarishda koʻrish fokusi ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan ishlar sohasida 0 sm dan ortiq boʻlishi muhimdir. Ish oʻrinlariga xizmat koʻrsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni tashkil etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish oʻrinlarini mehnat vositalari, buyumlari bilan ta’minlash va ishlab chikarish xususiyatiga ega boʻlgan turli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi. Xizmat koʻrsatish tizimi — bu asosiy ishchilarning ish oʻrinlarini uzoq vaqt mobaynida — bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir. Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat koʻrsatishning 10 ta funktsiyasi mavjuddir: 1. Ishlab chiqarish — tayyorlash funktsiyasn. Unga ishlarni ish oʻrinlari boʻyicha taqsimlash, xom ashyo va materiallarni butlash, texnik va iqtisodiy hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-toshpiriqlar va shu kabilar) bilan ta’minlash, shuningdek turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish kiradi. Asosiy ishlab chiqarishning muvaffaqiyati ham koʻp jihatdan yaxshi tayyorlashga bogʻliqdir. 2. Asboblar funktsiyasn. Uning vazifasi — asosiy ishlab chiqarishni asbob va moslamalar bilan ta’minlashdir. 3. Sozlash funktsiyasi. Ishlatiladigan asbob-uskunalar qanchalik murakkab boʻlsa, sozlash funktsiyasining roli shunchalik koʻproq seziladi. Dastlabki sozlash, yashi yoki tuzatilgan jihozni oʻrnatshn, moslash, toʻgʻrilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat. 4. Energetnk funktsiya. Tsexlar, uchastkalar va ish oʻrinlarini energiya bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalalari bilan ta’minlashda xizmat koʻrsatishdir. . Ta’mirlash funktsiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chikarish va profilaktik xizmat koʻrsatishdan, shuningdek tayyor holda olinmaydigan ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat. 6. Nazorat funktsiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda nazorat qilib borishni, shuningdek chetdan olinadigan xom ashyo, materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish, sinab koʻrish va tahlil etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga olish, tahlil etish mahsulotning yaroqsizligi oldini olishdir. 7. Transport funktsiyasn. Uning asosiy vazifasi — xomashyo, material, yarim mahsulotlar va butlovchi buyumlarni ish oʻrinlariga etkazib berish, mehnat buyumlarini ish oʻrinlari, uchastkalar va tsexlar oʻrtasida tashish, tayyor mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga etkazish, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqari, transport funktsiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi. 8. Ta’mirlash-qurilish funktsiyasi. Uning vazifasiga binolar, inshootlarni ishchi holatida saklash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa oʻrtacha ta’mirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yoʻllar va kirish yoʻlaklarini ta’mirlash kiradi. 9. Xoʻjalik-maishiy funktsiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda tozalik va tartibni saklashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi, maxsus ovqat (sut, kaloriyali nonushta, sharbatlar) bilan, shuningdek ishlab chikarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari bilan ta’minlaydi. 10. Ombor funktsiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta boʻlsa, murakkab va keng tarmokli ombor xoʻjaligi mavjud boʻlsa, transport funktsiyasidan ajralib chiqadi. Xizmat koʻrsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, iqgisodiy jihatdan qulayroq boʻlgan koʻpgina korxonalarda ish oʻrinlariga xizmat koʻrsatishning aralash usuli qoʻllanadi, bunda eng muhim va murakkabroq funktsiyalar markazlashgan holda (masalan, asbob-uskunalarni sozlash va profilakgika ishlari), boshqalari — markazlashmagan holda tsexlar va uchastkalarning oʻz kuchlari bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, yordamchi ishchilar oʻzlari asosiy mahsulotni ishlab chiqarmasligini, lekin butun mahsulot barcha ishchilarga taqsimlanishini ham etiborga olish kerak. Asosiy va yordamchi ishchilar soni nisbatlariga doir biron bir standart yoki yagona normativlar yoʻq: bu nisbatlar miqdori muayyan ishlab chiqarish sharoitlariga bogʻlikdir. Faqat shunday umumiy qonuniyatnigina qayd etib oʻtish mumkin: xizmat koʻrsatish funktsiyalari kanchalik murakkab va xilma-xil boʻlsa, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni asosiy ishchilarga nisbatai shunchalik koʻp boʻladi va aksincha. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling