Guruhga ta’sir etuvchi tashqi omillar. Ishchi guruhlar tashqi omillarga bilvosita boʻgʻliq boʻladi, ya’ni rasmiy va norasmiy me’yoriy xuquq tartiblarining oʻzgarishi, mavjud resurslarning oʻzgarishi, xamkorlarni tanlanishi va ularning munosabati, madaniyat va mehnat unumdorligida boshqaruv tizimi, tashkilot strategiyasining tarkiban oʻzgarishlar ta’sir etishi mumkin.
Guruh bajarmaydigan guruhning ishini bajaradigan zamonaviy, yuqori sifatli dastak va vositalar ham birdek ta’sir etishi mumkin. Albatta dastak va visitalar guruh strategiyasiga ta’sir koʻrsatishi, sarf xarajatlarning pasayishiga yoki sifatning yahshilanishiga olib keladi.
Guruh ishtirokchilari uchun resurslar.
Ta’kidlash joizki, guruh mehnat unumdorligining muhim potentsial salohiyati har bir guruh uchun zarur boʻladigan resurslarga bogʻliq. Bu resurslar guruh faoliyati samaradorligiga bilvosita ta’sir koʻrsatadigan bilim, yangilik, aql-idrok, shaxsiy jihatlar orqali aniqlanadi. Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga, uni boshqarishda zarur boʻlgan va birinshi navbatda kerak boʻladigan birgalikda muhokama qilish va hamkorlikda yechimni toppish guruh boshqaruvchisi guruh a’zolarini barchasi bilan til topisha olishi kerak.
Shuningdek, guruhning xarakteri guruh samaradorligiga ta’sir koʻrsatadi, shuning uchun inson guruh a’zosi sifatida boshqa guruh a’zolariga kuchli ta’sir koʻrsatadi. Tadqiqotlarning koʻrsatilishicha, insonning ijobiy jihatlari sifatida qaralayotgan madaniy xislatlar (misol uchun tezda til topishishi, oʻziga boʻlgan ishonchi, kuchi va mustaqilligi), toʻgʻridan-toʻgʻri guruh shijoati va kurashuvchanlik ruhiyati bevosita mehnat unumdorligiga uzviy bogʻliq boʻladi. Qarama qarshi tarzda shaxsning salbiy hislatlari ya’ni ma’muriy buyruqbozlik, boshboshdoqlik kabi shunga oʻxshash qarama-qarshi hislatlar mehnat unumdorligiga aks ta’sir etadi va albatta guruh kurashuvchanlik ruhiyatini tushiradi.
Guruhning tarkibi. Guruh ishchilari tashkillashtirilmagan gavjum toʻda hisoblanmaydi. Ular guruh ichki tarkibi bolib, guruh a’zosi sifatida guruh madaniyatiga va samaradorligiga birdek ta’sir koʻrsatadi. Tarkib oʻz navbatida me’yor, daraja, ma’suliyat, boshqaruvchanlik, munosabat, nufuzning oʻrnini aniqlaydi.41
Do'stlaringiz bilan baham: |