Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
– jadval. Korxona salohiyati qobiliyati konturining matritsasi
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – jadval. Korxona salohiyatining rezervlari va yoʻqotishlari
- 4 – jadval. Salohiyatning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha strategiyani tanlash (jahon etakchiligi darajasi uchun)
- 1 – rasm. Raqobat muvaffaqiyatining “oʻqlari”.
2 – jadval. Korxona salohiyati qobiliyati konturining matritsasi
3 – jadval. Korxona salohiyatining rezervlari va yoʻqotishlari
bu yerda t –sarmoyadan samara olish va investitsiyalar kiritish vaqti. Shunda jadvalni qurish mumkin. U ustivor tadbirlarni tanlash mantiqini – salohiyat raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha korxona strategiyasining asoslarini ishlab chiqilishini aks ettiradi. 4 – jadval. Salohiyatning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha strategiyani tanlash (jahon etakchiligi darajasi uchun)
Har bir korxona tavakkalchilikning oʻzi engib oʻtishi mumkin boʻlgan “planka”sini tanlaydi. Biznesda ham jizzakilik va ham ortiqcha kamtarlik qarama qarshidir. Korxona rezervlarining bir qismini safarbar qilishga harakat qilib, “oʻrtacha” holatga da’vogarlik qilishi mumkin. Faraz qilamizki, K3int > Kint > K2int > K4 int> K1int. Bunda . – jadvalnig – ustunidagi raqamlash korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirishning silliqlanishi ( navbatiyligi)ni beradi. Dastavval KD, keyin KU va keyin esa KE va h.k. indikatorining darajasini oshirish boʻyicha ishni oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Agar barchasiga birdaniga kirishilsa, unda u yoki bu darajadagi raqobat kurashida mutahkam oʻrinni egallashga kuch va vaqt etmay qolishi mumkin. Nimanidir belgilangan narsani tanlab olib, korxona sinergetik samarani, ya’ni qoʻshimcha foydani olishi mumkin, chunki yaxshi oʻylab koʻrilgan tadbirlar majmuasi barcha qolgan indikatorlarga ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bu raqobatbardoshlik matritsasi elementlarini bundan keyingi yangitdan koʻrib chiqish va hisoblashlar va baholashlarning butun majmuasini yangilashni taqazo qiladi. Koʻrsatib oʻtilgan tahlilni rezervlar, yoʻqotishlar va samaradorlik- ning integral koeffitsienti dinamikasini oʻrganish bilan toʻldirish darkor( 6 - jadval). Korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi muvaffaqiyatning koeffitsienti (Kus) deb quyidagi formulani hisoblash mumkin: Kus = TKint – TP max TR – jadval. Korxona salohiyati samaradorligi rezervlari, yoʻqotishlari va integral koeffitsienti balli baholarining dinamikasi
Eng yaxshisi yoʻqotishlar dinamikasi nolga qadar keskin pasayishi, samaradorlikning integral koeffitsienti oʻzgarishlar sur’atlari toʻgʻri chizigʻi (TKint) esa ular bir birlariga nisbatan etarlicha yaqinroq joylashishlaridagi rezervlar oʻzgarishlari sur’atlari toʻgʻri chiziqlaridan yuqoriroqdaligidir. Ya’ni eng katta muvaffaqiyatga TP= 0, TKint> TR boʻlgan holda erishiladi. Bu shuni bildiradiki, korxona agar raqobatning u yoki bu darajasidagi etakchilariga emas, tenglar oʻrtasidagi eng yaxshilarga qarab shiddat bilan harakatlanadi. Buni quyidagicha namoyish qilish mumkin: vaqt (t) 1 – rasm. Raqobat muvaffaqiyatining “oʻqlari”. Korxona salohiyati raqobatbardoshligi va bozor foydaliligini baholashning biz tomonimizdan taklif qilingan metodikasi yagona va universal emas. Bunday metodikalarning eng turli tuman variantlari boʻlishi mumkin. U aniq detallarni, korxona iqtisodiyotining nozik tomonlarini hisobga olishi, ammo shuning bilan bir vaqtda oʻz ichiga umumiy qabul qilingan indikatorlarni, salohiyatning koʻrsatkichlarini va bozor jarayonlarini olishi kerak. 1. Korxona qudratini belgilovchi omillar: Korxona qudratini belgilovchi omillar: Mahsulot sifati; Korxona imidji; Raqobatbardoshlik; Hamkorlar bilan aloqadagi mavqening yuqoriligi; Innovatsion texnologiya va texnika bilan ta’minlanganlik darajasi. Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatkichlari tahliliga asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi boshqa muhim tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar R. Kaplan va D. Norton 1990-yillarda 12 ta yirik kompaniya xoʻjalik faoliyatining pul bilan bogʻliq boʻlmagan koʻrsatkichlarini ham hisobga oladigan natijalarni baholash tizimini oʻrgandilar va koʻrsatkichlarning muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar. Bunday yangi tizim korxonaning pul bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini uning boshqa turdagi koʻrsatkichlari bilan bogʻlashga yoʻnaltirilgan, boshqaruv tizimi koʻrsatkichlariga aylantirish masalalari hal qilingan. Buning uchun korxonaning erishgan koʻrsatkichlarini kelajakdagi olinishi mumkin boʻlgan natijalar bilan bogʻlash zarur boʻldi. Koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan bunday tizimi avval korxona darajasida, keyinchalik korxonaning boʻlimlari va hatto alohida xodimlari darajasidagi boshqaruv tizimiga aylandi va 1999-yildan boshlab dunyoning 300 dan ortiq (AQSH, Kanada, Germaniya, Shveytsariya) korxonalarida tatbiq etila boshladi. Banklar esa (Dentche Bank) bu tizimni oʻzining hisobotiga indikator sifatida kiritdilar. Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuvni nafaqat korxonalarning koʻrsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar boshqaruvining hamma tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qaralishi lozim. P. Xorvatning fikricha, axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va baholash, koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan tizimida katta rol oʻynaydi, hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini yaratish boʻyicha ish olib borishmoqda. Ammo R. Kaplanning tan olishicha, bu nazariya takomil emas, chunki bunda eng asosiy narsa – baholash vositasi yoʻq. R. Kaplanning yuqorida ta’qidlangan usulini innovatsiya loyihalariga moslashtirilgan holda qoʻllash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi: ilmiy ishlab chiqarish va kichik innovatsiya korxonalarining koʻrsatkichlari majmuasini ishlab chiqish; koʻrsatkichlarni tashkilotning strategik maqsadlari, vazifalari bilan uzviy bogʻliqligini taminlash, ularni koʻp funksiyali indikatorlarga oʻtkazish, ularning oʻlchov birliklarini aniqlash: korxonaning ilmiy faoliyati koʻrsatkichlarining muvofiqlashtirilgan tizimini ishlab chiqish, koʻrsatkichlararo bogʻliqlik darajasini aniqlash, ularni statistik – matematik qayta ishlash formulalarini hisoblash, baholash va boshqarish boʻyicha dasturiy vositalarini yaratish; loyiha rivojlanishining qisqa va uzoq muddatga moʻljallangan immitatsion modelini yaratish; qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish – loyihaning amaliy natijalarini kompyuterda olingan natijalar bilan solishtirish, xatoliklarni tahlil qilish. Quyida axborotlarni miqdoriy tahlil qilish, agregatsiyalash usuliga asoslangan korxonalarni innovatsiya faolligini, ilmiy-amaliy salohiyatini oʻrganish metodologiyasi keltirilgan. Korxonalarning ilmiy-texnik salohiyati – bu korxonaning yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishga, modernizatsiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy, ishlab chiqarish va axborot zaxiralarining majmuasidir. Bundan tashqari korxona quvvati ham uning qudratini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari tarkibidagi kuch beruvchi va ishchi mashinalarning miqdoriga, salmogʻiga, ularning unumdorlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling