Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Ishlab chiqaruvchi muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun optimal sarflanadigan mehnat va kapital miqdorini aniqlash sharti -


Download 478.83 Kb.
bet42/158
Sana15.11.2023
Hajmi478.83 Kb.
#1775484
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot

Ishlab chiqaruvchi muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun optimal sarflanadigan mehnat va kapital miqdorini aniqlash sharti - ishlab chiqarishning shuday holatiki bunda har qanday omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi:
Ishlab chiqaruvchining muvozanatlik sharti
Ishlab chiqarish omillari – biror ne’matni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa har qanday tovar yoki ne’mat.
Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi sur’ati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o’sish sur’ati o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.
Uchta masshtab samarasi to’g’risida gapirish mumkin:
1. O’suvchi masshtab samarasi yoki musbat masshtab samarasi - ishlab chiqarish masshtabining kengayishi (ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o’sishi) su’atidan mahsulot ishlab chiqarishning o’sish sur’ati yuqori. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish sur’ati 100 foizdan yuqori o’sishga ega, ya’ni 120 foiz.
2. O’zgarmas masshtab samarasi – ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o’sish sur’ati mahsulot ishlab chiqarishning o’sish sur’atiga teng. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish ham 100 foizga oshadi.
3. Pasayuvchi masshtab samarasi – resurslar sarfining o’sish sur’atidan mahsulot ishlab chiqarishning o’sish sur’ati past, ya’ni resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish 80 foizga o’sadi.
Amortizatsiya – bosqichma-bosqich asosiy kapital qiymatining ma’lum bir qismini ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o’tkazish yo’li bilan uni qoplash tushiniladi.
1. Ishlab chiqarish funktsiyasi . Yalpi xarajat 30 $ ga teng. Mehnat narxi 4 $, kapital narxi 5 $ bo’lsa, maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan resurslar sarfi aniqlansin.

Download 478.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling