Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Download 0.66 Mb.
bet31/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

Ens va En — qurilish ob’ektining qurilish samaradorligining normativ koeffitsientlari;
K1 va K2 — taqqoslanadigan ob’ektlar uchun kapital qo‘yilmalar;
F1, F2 — taqqoslanadigan ob’ektlarni jihozlashda qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish fondlari.
Ilmiy-texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini baholash har qanday darajada ham yagona asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy texnik-taraqqiyot, fan, ishlab chiqarish iqtisodiy o‘sish omili sifatida jamoaning mehnat unumdorligini oshirgan holda uning iqtisodiy omili sifatida ham rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham fan va texnikaning iqtisodiy samaradorligi bir vaqtda ma’lum muddat davomida ilmiy texnik yutuqlarni amaliyotga tadbiq etish natijasida jamiyat tomonidan erishiladigan mehnatning umumiy harajatlarini kamaytirishga erishishni aks ettiradi. Eng asosiysi ilmiy texnik-taraqqiyot ishlab chiqarish intensivligini va yaratilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini yaratib beradi.

Qisqacha xulosalar
Ilmiy texnik-taraqqiyot — bu jamiyat ishlab chiqarish kuchlari darajasini ko‘rsatib beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, tarmoqlarni zamonaviy ishlab chiqarish qurollari bilan qurollanganligini va mehnat predmetlarini hamda fanning samaradorligini aniqlab beradi.
Ilmiy texnik-taraqqiyot natijasi bo‘lib alohida tarmoqlar, ishlab chiqarish va korxonalarning xususan ishlab chiqarishning o‘sishi va mamlakatning butun iqtisodiy potensiali hisoblanadi.
Ilmiy texnik-taraqqiyot har bir tarmoqda, shuningdek qurilishda ham mexanizatsiya va avtomatlashritishning ahamiyatini oshirishni, qo‘l mehnatidan foydalanishni va ishlab chiqarishning kamchiliklarini qisqartirishni, ishlab chiqariladigan mahsulotning raqobatdoshligi va sifat darajasining oshirilishini ta’minlaydi.
Ilmiy texnik-taraqqiyot asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning innovaion intilishlari, fanning ishlab chiqarish bilan aloqadorligining kuchayishi, ishchilar malakasini oshishi va innovatsion intilishlarning investitsion qullab quvvatlanishi yotadi. Qurilish har qanday boshqa tarmoq kabi muvaffaqiyatli rivojlanadi, fan texnika yutuqlari asosida yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlab beradi, shuningdek o‘z navbatida iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalaridagi ilmiy texnik-taraqqiyotga sezalarli ta’sir o‘tkazadi.
Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligining ta’minlash uning nafaqat muhim yo‘nalishlarini belgilab beradi, balki ularga kiritilgan yangi texnikaning samaradorligini baholash imkoniyatini ham yaratib beradi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralari
Qurilish. Tayyor qurilish mahsuloti. Tugallanmagan qurilish. Tugallanmagan qurilish ishlab chiqarishi. Konservatsiya. Qaytadan boshlash. Dastlabki qiymat. Qoldiq qiymat. Sanoat qurilishi. Qishloq qurilishi. Uy-joy qurilishi. Madaniy-maishiy qurilish. Qurilish kompleksi. Qurilishning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘inlari. Investor. Buyurtmachi. Qurilish egasi. Pudratchi. Loyihalovchi. Pudrat usuli. Xo‘jalik usuli. Ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda (“qulf-kalit”gacha) topshirish. Tanlovlar. Qurilishning moddiy-texnik bazasi. Ilmiy texnik taraqqiyot. Fan va texnika yutuqlari. Tashabbus. Asosiy yo‘nalishlar. Texnika-texnologiya. Evolyusion va revolyusion shakllar. Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi asosiy yo‘nalishlari. Sanoatlashtirish. YAngi material va konstruksiyalarni yaratish va qo‘llash. Tayyor materiallarini yig‘ish. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Baholovchi ko‘rsatkichlar. Bashoratlash. Ilmiy texnik taraqqiyotni rejalashtirish. Texnik rivojlanish darajasining asosiy ko‘rsatkichlari. YAngi kashfiyotlar. Ratsionalizatorlik takliflari. Ilmiy tadqiqot institutlari. Loyihalash, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar, texnologik iqtisodiy tadqiqot institutlari. Ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligi.
Muhokama va nazorat uchun savollar

  1. “Qurilish tarmog‘i” tushunchasiga to‘liq ta’rif bering. Uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rnini belgilovchi miqdoriy ko‘rsatkichlarini ko‘rsatib bering.

  2. Qurilishning to‘g‘ri va teskari aloqalarining tabiatini ochib bering.

  3. U yoki bu ob’ektlarning qurilishi qanday usullar bilan amalga oshirilishi mumkin?

  4. Qanday sub’ektlar kapital qurilish ishtirokchilari bo‘lishi mumkin?

  5. Qurilishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishning qonuniyatlari, tendensiyalari va rivojlantirish tamoyillarini bayon qilib bering.

  6. Tugallanmagan qurilish ob’eklarini qaysi hollarda konservatsiya qilinadi?

  7. Qurilishning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga qanday omillar ta’sir qiladi.

  8. Zamonaviy qurilish jixozlari va materiallari ishlab chiqarishning hozirgi holatiga baho bering.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling