Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasi ekonometrikaga kirish fanidan
Download 421.97 Kb.
|
Лабаратория услубий кўрсатма
Masala
1-jadval Tumanlar markazidagi shaharchalar aholisiga komunal va maishiy xizmat ko‘rsatishning variatsion ko‘rsatkichlari
1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, viloyatimiz tumanlari markazidagi shaharchalar aholisiga ko‘rsatiladigan kommunal va maishiy xizmatlar 2010 yilda shaharchalar aholisining jon boshiga nisbatan ko‘rsatilgan kommunal xizmat o‘rtasidagi kvadratik o‘rtacha tafovut koeffitsiyenti 46,69%, mutloq o‘rtacha tafovut koeffitsiyenti 33,46% hamda variatsion kenglik esa 69,029ming so‘mni tashkil qilmoqda, bu ko‘rsatkichni aniqlaginimizda eng yuqori kommunal xizmat ko‘rsatish jon boshiga nisbatan G‘uzor tuman markazi shaharchasida ko‘rsatilgani aniqlandi. 2010 yil davomida kommunal xizmat ko‘rsatish 3596,7 mln so‘mni tashkil qilgan shaharcha aholisi 40 ming kishini tashkil qilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, jon boshiga to‘g‘ri keladigan kommunal xizmat 89,918 ming so‘mni tashkil qilmoqda, tuman shaharchasi aholisi soni kam bo‘lsa-da, jon boshiga to‘g‘ri keladigan bu ko‘rsatkichni boshqa tuman shaharchalariga nisbatan yuqoriligi sabablaridan biri elektr energiya ta’minoti va gaz ta’minoti ancha yuqoridir. Jon boshiga eng kam kommunal xizmat ko‘rsatish viloyatimizning eng gullab yashnagan makonlaridan biri Kitob tumanidir, bu yerda 2010 yilda umumiy kommunal xizmat ko‘rsatish 1744,2 mln so‘mni tashkil qilgan, tuman shaharchasi aholisi 83,5ming kishini tashkil qilgan ,bunda jon boshiga to‘g‘ri keladigan kommunal xizmat 20,889 ming so‘mni tashkil qilmoqda ,bu yerda aholi zich joylashganligi sababli kommunal xizmat ko‘rsatishni jon boshiga hisoblaganda juda kamligi ko‘rindi. Biz variatsiyadan foydalanganligimizning sababi shundaki, tumanlardagi aholilarga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar o‘rtasidagi tafovut qay darajada ekanligi, xar bir shaharchada jon boshiga ko‘rsatilgan kommunal xizmatlarni o‘rtachaga nisbatan qay darajada ekanligi va bu tafovutni kamaytirish yo‘llarini aniqlashda foydalanishdan iboratdir. Tuman shaharchalar aholisining jon boshiga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatni tahlil qilganimiz shuni ko‘rsatdiki, kvadratik o‘rtacha tafovut variatsiya koeffitsiyenti 57,2% ni, mutloq o‘rtacha tafovut koeffitsiyenti 45,47% ni hamda variatsion kenglik 16,94 ming so‘mni tashkil qilmoqda , eng kam jon boshiga to‘g‘ri keladigan maishiy xizmat Shahrisabz tuman shaharchasi aholisi 162,7 ming kishi, umumiy maishiy xizmat ko‘rsatish 426,4 mln. so‘mni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jon boshiga ko‘rsatiladigan maishiy xizmat 2,6 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Jon boshiga maishiy xizmat ko‘rsatish eng yuqori hisoblangan tuman shaharchasi bu Dehqonobod tuman shaharchasidir. Bu yerda 22,6 ming aholi yashaydi, umumiy maishiy xizmat ko‘satish 442 mln.so‘mni tashkil qilmoqda ,bu o‘z navbatida jon boshiga to‘g‘ri keladigan maishiy xizmat 19,56 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘rtachaga nisbatan har bir tuman shaharchasi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan, ko‘rsatiladigan maishiy xizmatlar farqini aniqlab chiqdik. Tavsiya etiladigan adabiyotlar Shodiyev T.SH. va boshqalar. Ekonometrika. – T.: TDIU, 2007. 35-38 bet. Fandeyeva L.N., Lebedev A.V. Teoriya veroyatnostey. Uchebnoye posobiye. – M.: Eksmo, 2010. 17-33 str. Ayvazyan S.A. Prikladnaya statistika i osnovi ekonometriki. Uchebnik. – M. YUNITI, 2007. 40-53 str. Dougerti K. Vvedeniye v ekonometriku: Uchebnik. –M.: INFRA-M, 2005. 42-60 str. Ishnazarov A.I., Nurullayeva Sh.T., Mo‘minova M.A. “Ekonometrika” o‘quv fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasi. “Iqtisodiy ta’limda o‘qitish texnologiyasi” seriyasidan. –T.: TDIU, 2006. 62-74 bet. Nazorat savollari. Ekonometrik modellar qachon qo‘llaniladi? Ekonometrik modellarni xususiyatlari nimalardan iborat? Dinamik qatorlar deganda nimani tushunasiz? Asosiy iqtisodiy-statistik tushunchalarni bayon qiling. O‘rtacha miqdorlar va o‘rta chiziqli chetlanishni qanday ta’riflaysiz? “Eng kichik kvadratlar usuli” ning mohiyatini tushuntirib bering. Normal tenglamalar sistemasini yechish usullarini tushuntirib bering. To‘g‘ri chiziq bo‘yicha eng kichik kvadratlar usuli yordamida tenglash qanday amalga oshiriladi? Korrelyatsiya koeffitsiyenti nimani bildiradi va uni qanday hisoblanadi? Determinatsiya koeffitsiyentining iqtisodiy ma’nosi nimadan iborat va u korrelyatsiya koeffitsiyenti bilan qanday bog‘langan? Download 421.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling