Uchuvchan kislotalarni aniqlash.
Uchuvchan kislotalar o‘zida past molekulyar kislotalarga ega bo‘lib - ular chumoli, sirka, propion, kislotalarni ushlab, qizdirganda uchib chiqib ketadi. Uchuvchan kislotalarning mavjudligi mahsulotda bioximik jarayonlarning ko‘rsatkichi bo‘lib, ularni buzilganligini bildiradi. Uchuvchan kislotalar aniqlashni standart uslubi, suv bug‘i bilan aniqlab, distilyatni NaOH eritmasi bilan indikator fenolftalein ishtirokida titrlanadi.
Tekshiruvni quyidagicha olib boriladi. Suyuq mahsulotlarni yaxshilab aralashtirib, kimyoviy stakanga 25g namuna olinadi. quyuq, yarim quyuq, bir xil konsistensiyali mahsulotlarni maydalab 25g olinadi. Muzlatilgan mahsulotlar eritilib, ajralgan suyuqlik gomogenizatsiya oldidan quyiladi.
Tekshirishni distillangan suvni haydash bilan boshlab, bu jarayonni 10 m davomida olib boriladi. SHundan so‘ng tekshirilayotgan namunadan 50 sm3 olinadi. Buni qizdirib uchuvchan kislotalarni kolbaga yig‘adi. Suyuqlikni yarmini haydalgandan so‘ng, bir necha minutga to‘xtatib unga bug‘ beriladi va yana qizdirishni davom ettiradi. Kolbani ichidagi kuymasligini, hajmini esa, 25 sm3 dan ortmasligiga e’tibor berish zarur. Distilyatni qabul kiluvchi kolbada uning hajmi 300 sm3 ga etganda xaydashni to‘xtatadi. So‘ngra disstilyatdan SO2 ni chiqarish uchun 800S gacha qizdirib, har 100sm3 ga 0,3sm3 fenolftalein eritmasi quyiladi va NaOH (0,01mol/dm3) eritmasi bilan 30 sek davomida yo‘qolmaydigan binafsha rang hosil bo‘lguncha titrlanadi.
Tajriba bilan birga parallel tajriba ham o‘tkaziladi. Namuna o‘rniga distillangan suv ishlatiladi.
X.U.K (%)miqdorini uksus kislotaga quyidagi formula asosida hisoblaydi:
Xu.k100(V-Vk)CM/(1000m)
Bu erda: V, Vk – tekshirilayotgan namuna va nazorat tajribalarida titrlash uchun sarf etilgan NaOH miqdori, sm3;
S – NaOH molyar konsentratsiyasi, mol/dm3 m- namuna og‘irligi, g;
M – uksus kilota molyar massasi g / mol
Do'stlaringiz bilan baham: |