Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Oqsillarning tuzilishi va aminokislota tarkibi
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
Oqsillarning tuzilishi va aminokislota tarkibi
Qayd qilib o‘tilgandek, oqsillar - aminokislotalar qoldig‘idan tuzilgan tabiiy polimerlardir. Aminokislotalar - bu geterofunksional birikmalardir. Aminokislota molekulasida bir necha funksional (ularning xossalarini aniqlovchi) guruhlar mavjud: aminoguruh - NH2, karboksil guruhi - SOON va har xil tuzilishga ega bo‘lgan radikallar (qoldiqlar) -R: Oqsillarning tuzilishida - aminokislotalar qatnashadi, bu aminokislotalar molekulasida aminoguruh karboksil guruhi bilan qo‘shni bo‘lgan uglerod atomida joylashgan. Oqsillar optik faollikka, ya’ni yorug‘likning qutublanish tekisligini aylantirishga xossasiga ega. Bu xossa ularning tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning optik faolligi bilan bog‘langandir. Ushbu aminokislotalarning molekulasi simmetrik emas (ular asimmetrik deb nomlangan), chunki ular to‘rtta har xil o‘rinbosarlar bilan bog‘langan uglerod atomlariga ega. Uglerodning asimmetrik atomi yulduzcha bilan belgilanadi: Aminokislotalar tabiiy (tirik organizmda uchraydilar) va sintetiklarga bo‘linadilar. Tabiiy aminokislotalar orasida (150 ga yaqin) proteinogenli (20 ta aminokislota) aminokislotalarni ajratishadi. Barcha proteinogenli aminokislotalar L- shakliga ega. SHulardan sakkiztasi almashtirib bo‘lmaydigan hisoblanadi, ular faqat o‘simliklar tomonidan sintez qilinadi va inson organizmida sintez qilinmaydi, shuning uchun ular inson organizmiga ovqat bilan tushadi. Ularga valin, leysin, izoleysin, treonin metionin, lizin, fenilalanin, triptofan kiradilar, ayrim hollarda ular qatoriga bola organizmida sintez qilinmaydigan gistidin va arginin ham qo‘shiladi. Agar ovqatda bu aminokislotalarning miqdori etarli bo‘lmasa, inson organizmining normal rivojlanishi va ishlashi buziladi. Ayrim kasalliklarda inson organizmi aminokislotalarni sintez qilishga qodir emasdir. Masalan, fenilketonuriyada tirozin aminokislotasi sintez qilinmaydi. Oqsil molekulasida aminokislotalar o‘zaro peptid (-CO-NH-) bog‘lari bilan bog‘langan: SHunday qilib qurilgan polipeptid zanjirlar yoki polipeptid zanjirlar ichidagi alohida uchastkalar ayrim hollarda disulfid (-S-S-) bog‘lar bilan yoki ko‘pincha ularni disulfid ko‘prikchalar, deb ataluvchi bog‘lar bilan o‘zaro qo‘shimcha bog‘langan. Tuzilishi va funksiyasining turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, oqsil moddalarning element tarkibi unchalik farq qilmaydi (quruq massaga nisbatan % larda): uglerod 51-53, kislorod 21,5-23,5, azot 16,8-18,4, vodorod 6,5-7,3, oltingugurt 0,3-2,5. Ayrim oqsillar oz miqdorda fosfor, selen va boshqa elementlarni saqlaydi.17 Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling