Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek


Download 1.62 Mb.
bet55/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1763808
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
kimyo oziq ovqat

Oqsillarning tasnifi
Oqsillarning bir nechta turlari mavjud. Ular turli prinsiplarga asoslangan: murakkablik darajasiga qarab (oddiy va murakkab); molekulalar shakliga qarab (globulyar va fibrillyar oqsillar); alohida erituvchilarda erishiga qarab (suvda eruvchi, kuchsiz tuzli eritmalarda eruvchi - albuminlar, spirtda eruvchi - prolaminlar, ishqorda eruvchi - glyutelinlar), ular tomonidan bajariladigan vazifaga qarab, masalan, zahira oqsillar, skeletni hosil qiluvchi oqsillar va boshqalar.
Molekulalarning shakliga qarab tasniflash oldingi mavzuda ko‘rib chiqilgan, murakkablik darajasiga qarab tasniflash haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Bu prinsip bo‘yicha oqsillar proteinlarga (oddiy oqsillar) va proteidlarga (murakkab oqsillar) bo‘linadi. Proteinlar faqat aminokislotalarning qoldig‘idan tashkil topadi, proteidlar esa ham oqsil qismdan (apooqsil) va oqsil bo‘lmagan qismdan ( prostetik guruh) tashkil topadi.
Proteinlar- zahira, skelet, alohida ferment oqsillaridir. Alohida erituvchilarda erishiga qarab asosiylarini ajratib o‘tamiz:
- a l b u m i n l a r - molekulyar massasi nisbatan katta bo‘lmagan, suvda va kuchsiz tuzli eritmalarda yaxshi eriydigan oqsillar; albuminlarning tipik vakili - tuxum oqsili - ovalbumin;
- g l o b u l i n l a r - tuzlarning tuzli eritmalarida eriydi. Ular juda keng tarqalgan oqsillardir, mushak to‘qimalari, qon, sut tarkibiga kiradi, ular dukkakli va yog‘li o‘simliklar urug‘larining katta qismini tashkil qiladi. Hayvon globulinining vakili bo‘lib sut laktoglobulini hisoblanadi;
- p r o l a m i n l a r - etil spirtining 60-80% li eritmalarida eriydi. Ular boshoqli donlarning oqsillaridir, masalan: gliadin - bug‘doy va javdar oqsili, zein- makkajo‘xori oqsili, avenin - suli oqsili, gordein - arpa oqsili hisoblanadi;
-g l yu t e l i n l a r - faqat ishqorlarning eritmalarida eriydi. Ulardan sholi oqsili - orizeninni va bug‘doy kleykovinasi oqsili - glyuteninni ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi.
Proteidlar- murakkab oqsillarning bu guruhidan faqat quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:
-nukleoproteidlar - tarkibiga oqsildan tashqari nuklein kislotalar ham kiradi. Nuklein kislotalar muhim biopolimerlar hisoblanadi, ular irsiyatda katta rol o‘ynaydi48
- lipoproteidlar - oqsildan tashqari lipidlarni saqlaydi. Membrana va protoplazmalarda saqlanadilar. Kleykovina oqsilarini shakllanishida qatnashadi;
- fosfoproteidlar - oqsildan tashqari fosfor kislota ham bor. Ular yosh organizmni oziqlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, kazein - sut oqsili.18

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling