Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipogiper va avitaminozlar
- Gipovitaminoz .
- Gipervitaminozlar
Vitaminlar tasnifi
Hozirgi vaqtda vitaminlar va ularning xillari o‘ttizga yaqin. Vitaminlarni kimyoviy strukturasi yoki fiziologik faoliyati asosida guruxlarga bo‘lish qiyin. Ularni ovqatning turli komponentlariga bog‘liq bo‘lishiga karab, eruvchanligi asosida, ikkita katta guruxga: suvda eriydigan va yogda eriydigan vitaminlarga bulinadi. Vitaminlarning ko‘pchiligi kashf etilish davomida lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanib kelingan. SHuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum mikdorda sintezlanadigan vitaminlarga o‘xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruxi tafovvut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalarni vitaminsimon moddalar guruxiga kiritilgan.22 Gipogiper va avitaminozlar Odam organizmiga vitaminlar kam miqdorda tushsa yoki organizm uni yaxshi o‘zlashtira olmasa gipovitaminoz, organizmga vitaminlar umuman tushmasa yoki organizm uni umuman o‘zlashtira olmasa avitaminoz kelib chiqadi. Gipo va avitaminoz kelib chiqishining ikki xil sababi bo‘lishi mumkin: ekzogen va endogen sabablar. 1. Ekzogen sabablar. Bunda organizmga tushayotgan ovqat tarkibida vitaminlar miqdori kam bo‘ladi yoki umuman bulmaydi. 2. Endogen sabablar. Bunda ovqat bilan etarli mikdorda vitamin tushib tursa ham organizm ulardan tula foydalana olmaydi. Bu quyidagi holatlarda kuzatiladi. a) organizmning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojining keskin ortib ketishi (homiladorlik, laktatsiya, tireotoksikoz va boshq). b) ichak mikroflorasining o‘ta ko‘payib ketishi natijasida u erda vitaminlarning parchalanib ketishi. v) ichak sekretor funksiyasi buzilishi sababli vitaminlarning ichakda so‘rilishining buzilishi. g) jigar kasalliklari, oshqozon osti bezi kasalliklari tufayli yog‘lar xazmlanishining buzilishi, shu jumladan yog‘da eruvchi vitaminlar so‘rilishining buzilishi. Odam organizmiga me’yordan ortiq vitaminlar tushishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar gipervitaminozlar deyiladi. Gipovitaminoz. Gipovitaminozlar klinik jihatdan juda xarakterli tarzda namoyon bo‘lishi mumkin: vitamin V12 etishmovchiligida xavfli anemiya, vitamin D etishmovchiligida raxit, vitamin S etishmovchiligida lavsha, vitamin V1 etishmovchiligida beri-beri paydo bo‘ladi va xokazo. Gipovitaminozlarning davosi a’zolarga vitaminlar yuborib turishdan iborat bo‘ladi (ovqat yoki dori preparatlari tarkibida). Davo qilinmaydigan bo‘lsa, gipovitaminoz kuchayib boraverib, muqarrar ravishda o‘limga olib keladi. Gipovitaminozlarning aniq-tayin ifodalanmagan kasallik tariqasida namoyon bo‘luvchi engil formalari hammadan ko‘ra ko‘proq uchraydi. Gipovitaminozlarning irsiy shakllari ham bo‘ladi.23 Gipervitaminozlar. Vitaminlarni ortiqcha miqdorda iste’mol qilish moddalar almashinuvi va a’zolar funksiyalarining izdan chiqishiga olib keladi, bu o‘zgarishlar qisman vitaminning moddalar almashinuvidagi spetsifik roliga bog‘liq bo‘lib, qisman nospetsifik zaxarlanish tusiga kiradi. Gipervitaminozlar nisbatan kam uchraydi, chunki to‘qimalardagi ortiqcha vitaminlarni yo‘qotib turadigan mexanizmlar bor, vitaminlar ko‘p mikdorlarda iste’mol qilinadigan bo‘lsagina xavfli bo‘lishi mumkin. YOg‘da eriydigan vitaminlar, ayniqsa vitamin A va D boshqa vitaminlarga qaraganda ko‘proq zaxarlidir. Masalan, Arktikaga yangi kelib, bilmasdan oq ayiq jigarini ovqatga ishlatib qo‘yadigan kishilarda uchraydigan gipervitaminoz ma’lum (mahalliy aholi oq ayiq jigarini emaydi): biroz miqdor jigar eyiladigan bo‘lsa, odam boshi og‘rib qusadi, ko‘zi xira tortadi va hatto o‘lib qolishi mumkin. Bu — oq ayik jigarida vitamin A ko‘p bo‘lishiga bog‘liq: bir necha gramm miqdoridagi jigar odamning shu vitaminga bo‘lgan yillik extiyojini qondirishi mumkin. Avitaminoz. Avitaminozlar – ovqat tarkibida qandaydir vitaminning bo‘lmasligi yoki so‘rilishining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling