Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek


Download 1.62 Mb.
bet60/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1763808
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Bog'liq
kimyo oziq ovqat

Vitamin D2 prooksidant xususityaga ega yog‘ kislotalarini, xujayra membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi.
Vitamin D etishmasligining organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta’siri immun sistemada ham o‘z aksini topadi.
O‘simlik mahsulotlarida D vitamini yo‘q. Hayvon mahsulotlaridan baliq mahsulotlari -30mkg %, tuxumda -4,7mkg%, sutda -0,05 mkg%, sariyog‘da-1,3-1,5mkg%, sigir jigarida-2,5mkg% bo‘ladi. Ko‘p iste’mol qilish turli kasaliklar keltirib chiqaradi. D vitamini chidamli deb hisoblanadi. Uning oksidlangan yog‘lar parchalaydi. Quritishda 25-35% parchalanadi sut va baliq mahsulotlariga texnologik ishlov berilsa ham yaxshi saqlanadi. 26
Vitamin K. Vitamin K ga asosan yashil o‘simliklar, ayniqsa karam boy. Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa vitamin K miqdori kam bo‘ladi. Masalan cho‘chqa jigarida 0,4-0,8mkg\g.
Vitamin K odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi. Vitamin K membrana fosfolipidlari, glkoproteidlar, lipoproteidlar va nerv xujayrasining muhim fosfolipidi – sfingozin sintezida qatnashadi.
Vitamin K ning asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon ivishini ta’minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi.
Vitamin K anaerob sharoitda vitamin S, V2 ishtirokida fosforillanish jarayonlarini stimullaydi, makroergik birikmalar ATF, kreatinfosfat almashinuvida qatnashadi. Vitamin kator oqsillar sintezi uchun va kator fermentlar (gekoskinaza, fosfotransferaza) faoliyati uchun zarurdir.
K vitaminlar guruxi. Bu guruxga srukturasida 1,4-naftaxinon xalqasiga va izoprenoid zanjirlaridan iborat yonshoxga ega K1 va K2 vitaminlar kiradi. K vitaminning ochilishi 30- yillarning oxirida Dam va sungra Almkvitsning jujalar sun’iy dietada boqilganda, ularda qonning ivishi sekinlashib, qon oqishining cho‘zilishini kuzatishdan boshlandi. Kasallik qon plazmasida qon ivishi uchun zarur bo‘lgan oqsillardan biri — protrombin miqdorining kamayib ketishidan kelib chiqishi ma’lum bo‘ldi.27
K vitaminning biokimyoviy funksiyasi xali to‘la aniqlangan emas. Lekin uning jigarda protrombinning sintezlanishidagi ishtiroki shubhasiz.
K vitamin manbalari va unga bo‘lgan extiyoj. K vitamin o‘simliklarning yashil yaproqlari va boshqa qismlarida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. U meva va poliz ekinlaridan faqat pomidorda ko‘proq uchraydi, hayvon jigarida ham etarli mikdorda mavjud.
Vitamin E. Vitamin E bir-biridan aromatik yadrosidagi metil guruxlari soni va joylashishi bilan farq qiluvchi tokoferolning hosilalari , , , tokoferollardir. Alfa –tokoferol eng yuqori faollikka ega.
Vitamin E sariq rangli, moy ko‘rinishiga ega, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, kislota, ishqorlar va qizdirishning ta’siriga chidamli, lekin oksidlovchilar ta’siriga chidamsiz. SHu bilan birga havo kislorodi va ultrabinafsha nurlarga ham.
Tokoferollar faqat o‘simliklarning yashil qismida, ayniqsa boshoqlilarning maysalarida hosil bo‘ladi. Ular o‘simlik moylarida ko‘p bo‘ladilar. Hayvon mahsulotlarida tokoferollar kam.
E avitaminoz esa biologik membranalar barqarorligi va vazifalari buzilishidir. Bunda membranalar fosfolipidlari va struktura oqsillarining sifat va miqdor tarkibi, shuningdek lipidlar peroksidlanish mahsulotlari miqdori ham o‘zgaradi. Bu holat E avitaminozda eritrotsitlar membranasida yaqqol ko‘zga tashlanib, shu vitaminning kamayish darajasi bilan bir vaqtda eritrotsitlarning osmotik rezitsentligi kamayishiga olib keladi.
Ma’lumki, xujayra membranasi fosfolipidlari gormonlar retseptorlari hosil bo‘lishiga, xujayraning o‘zaro ta’sirlariga mas’ul bo‘lgan glikolipidlar bilan mustahkam bog‘langan. E avitaminozda fosfolipidlarni mikdor va sifat tarkibi o‘zgarganda, xujayra membranalari glikolipid tarkibi va ularga bog‘liq vazifalar ham o‘zgaradi. Sutkalik extiyoj – 5 mg.
E vitaminlari guruxi, tokoferollar. E vitamin ko‘payish vitamini deb ataladi. Bu moddalarga bo‘lgan e’tibor sintetik dieta bilan boqilgan hayvonlar normal o‘ssa ham, ularning ko‘payishida buzulish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. 28
Tokoferollar hayvon va o‘simlik mahsulotlarida juda keng tarqalgan. Ular yashil sabzavotlar, kartoshka, no‘xat, qora undan yopilgan non, zig‘ir va paxta moyida, go‘sht tuxum, sut, sariyog‘ tarkibida mavjuddir. Ba’zi hayvonlar to‘qimalari tarkibida (yo‘ldosh, gipofiz jigar va muskullarda) doim ma’lum mikdorda tokoferollar zaxirasi bo‘ladi, shuning uchun ozuqada tokoferollar etishmaganda avitaminoz tez rivojlanmaydi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling