Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek


Download 1.62 Mb.
bet68/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1763808
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
kimyo oziq ovqat

Poliglisterin efirlari - yog‘ kislotalarning poliglisterin bilan birikishidan hosil qilgan murakkab efirlardir. Bundan tashqari, bu mahsulotlar erkin poliglisterinlarga, biroz miqdorda mono-, di-, triglisteridlarga ega. Oziq-ovqat sanoatining non, qandolat va margarin ishlab chiqarish tarmoqlarida foydalaniladi.
Saxaroza efirlari. Tarkibi bo‘yicha tabiiy kislotalarning saxaroza bilan hosil qilgan murakkab efirlari hisoblanadi. Bu birikmalardan juda keng - qandalot mahsulotlari, nonvoylik, muzqaymoq ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Sorbit efirlari - olti atomli spirt sorbit va tabiiy kislotalarning birikishidan hosil bo‘lgan murakkab efirlar.
Oliy yog‘ spirtlarning (R - spirt koldigi) va karbon kislotalarning hosilalari:




Ular oziq-ovqat sanoatining deyarli barcha tarmoqlarida qo‘llaniladi.
Sut kislotaning oliy yog‘ kislotalar bilan hosilalari. Ularga steroilsut kislota va uning tuzlari (natriy stelat va kalstiy stelat) kiradi.
Ozuqaviy bo‘yoqlar. Oziq-ovqat mahsulotlarning tashqi ko‘rinishini aniqlaydigan moddalar orasida ozuqaviy bo‘yoqlar muhim o‘ringa ega. Iste’molchilar oziq-ovqat moddalarning ma’lum rangiga ko‘nikma hosil qildilar, bunda ular mahsulot rangini uning sifati bilan bog‘laydilar. SHu bilan bir vaqtda zamonaviy oziq-ovqat texnalogiyasi sharoitida mahsulotlar ko‘pincha o‘zlarining dastlabki, iste’molchi uchun odatiy rangini o‘zgartiradi, ayrim xollarda esa yoqimsiz rangga ega bo‘ladi. Bu, shubhasiz, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molchi uchun kamroq jozibali qiladi, ishtahaga va ovqatni xazm qilish jarayoniga ta’sir kiladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga va yarim tayyor mahsulotlarga turli rang berish uchun tabiiy va sintetik (organik va anorganik) bo‘yoqlardan foydalaniladi. Qandalot mahsulotlari, ichimliklar, margarin, ayrim turdagi konservalarni va hakazolarni ishlab chiqarishda ulardan keng foydalaniladi.
Karmin - qizil bo‘yoq, antraxinon hosilasi



Karmin kosheneldan - Afrikada va Janubiy Amerikada o‘suvchi kaktuslarda yashovchi hasharotlardan olinadi.
Alkanin - 1.4 - naftoxinonning hosilasi



Kurkuma - tabiiy sariq bo‘yok, ko‘p yillik Zanjabillar oilasiga mansub o‘simlik - Suruma longa dan olinadi.



Suvda yomon eriganligi sababli kurkuma spirtli eritma ko‘rinishida ishlatilatiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling