Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaliy bromatinni
- Sinigrin glikozidi
- Vanil glikozidi
Kaliy nitriti va nitrati. Go‘sht va go‘sht mahsulotlariga ishlov berishda (tuzlashda) qizil rangni saqlab qolish uchun qo‘llaniladi. Mioglobin - qizil bo‘yoq, nitritlar bilan o‘zaro ta’sir etganda nitrozomioglobin hosil qiladi va qaynatilganda o‘zgarmaydi.
Kaliy nitrati xam shunga o‘xshash ta’sir qiladi, u mikroorganizmlar tomonidan ajratilgan fermentlar yordamida kaliy nitritga aylanadi. Xozirgi paytda nitritlar va nitratlardan foydalanish tibbiyot xodimlarining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda va tekshirishlarni talab qilmoqda. Kaliy bromatinni (KBrO ) unni oqartiruvchi sifatida foydalaniladi, biroq undan foydalanish B, PP vitaminlarini va metioninni parchalanishiga olib keladi. Glikozidlar. Tabiatda, asosan o‘simliklarda, glikozidlar deb nom olgan qandlarning hosilalari keng tarqalgan. Glikozid molekulasi ikki qismdan iborat, ulardan biri qandlar - monosaxaridlar va ikkinchi aglikan. (qand bo‘lmagan modda). Glikozid molekulasini tuzishda aglikan sifatida spirtlarning, xushbo‘y birikmalarining, steroidlari va boshqalarning qoldiqlari ishtirok etishi mumkin. Glikozidlardan ko‘plari achchiq ta’mga ega va o‘ziga xos hidga ega, ularning oziq-ovqat sanoatida roli shu bilan bog‘langan, ular ayrimlari zaharli ta’sir etadi. Sinigrin glikozidi - qora va sorelt xantallarining urug‘larida, xrenning (arkalampir), indovning ildizlarida mavjud, ular taxir ta’m va o‘ziga xos hidga ega. Xantal urug‘larida saqlanadigan fermentlar ta’sirida bu glikozid gidrolizlanadi: Xantal va xrenning bahosini belgilaydigan taxir va kuydiruvchi ta’mni hosil bo‘lishi gidroliz paytida hosil bo‘ladigan efirxantal moyi sababchi bo‘ladi. Xantal va xrenda sinigrinning kaliyli tuzlari miqdori 3-3,5% ga etadi. SHaftoli, o‘rik, gilos, olma, non, olxo‘ri danaklarida, lavr bargiga, achchiq bodom urug‘larida amigdalin glikozidi mavjud. U sinil kislotasi qoldig‘i va benzoldegiddan iborat aglikon va gentiobioza disaxaridining birikmasi hisoblanadi: Kislotali yoki fermentativ gidroliz paytida 2 molekula glyukoza, sinil kislota va benzoldegid hosil bo‘ladi. Amigdalinda saqlanuvchi sinil kislota zaharlanishga olib kelishi mumkin. Vanil glikozidi - vanil qalamchalarida saqlanadi (quruq moddalarga nisbatan 2%), uning fermentativ gidrolizlanishida glyukoza va vanilin hosil bo‘ladi: Vanilin oziq-ovqat va atir-upa sanoatida qo‘llaniladigan qimmatbaho xushbo‘y modda. Kartoshkada, baqlajonda salonin glikozidi uchraydi, u kartoshkaga achchiq, yoqimsiz ta’m berishi mumkin, Bu ayniqsa kartoshka po‘stlog‘i yomon tozalangan bo‘lsa seziladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling