Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sionogen glikozidlar
Alkoloidlar. Alkoloidlardan eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, kofein va u bilan uchraydigan teobroin va teofin hisoblanadi.
Ular ko‘pincha asab tizimini qo‘zg‘atirib, bu har doim ham maqsadga muvofiq kelavermaydi. Bevosita kofe donida va choy yaproqlarida, xom ashyoning turiga qarab kofein miqdari 1 dan 4 gacha etish mumkin. Kofe va choy ichimligi tarkibida, tabiiyki ularni miqdori kam bo‘ladi. Dozasi va tayorlanishi usuliga qarab kofe ichimligi tarkibida kofein miqdori 1050 mg\g choy ichimligi tarkibida 350 mg\g gacha bo‘lish mumkin. Pepsi-kola va koka-kola turidagi ichimliklar tarkibida 100mg\g va undan yuqori bo‘lishi mumkin. SHuning uchun turli kofe va choy ichimligi asab tizimini qo‘zg‘atganligi uchun ko‘p kishilarga tungi paytda ichish shuning bilan birga pepsikola va koka kola turidagi ichimliklarni bolalarga kunning istalgan vaqtida ichish tavsiya etilmaydi. Ammo shuni takidlab o‘tish lozimki turli alkaloidlarni kuniga 1000 mg dan mutassil tarzda iste’mol qilish alkagoliklarning spirtga bulgan intilishiga o‘xshash bo‘lgan doimiy ehtiyoj hosil qiladi. Kofeinning bunday me’yoridan ortiq iste’mol qilish alkogolizmga o‘xshaydi va "kofeinizm" deb nomlangan. SHubhasiz kofeinni va alkaloidlarning doimiy iste’mol qilish hatto sog‘lom odamlarga ham tavsiya etilmaydi. YAna kartoshka tarkibida mavjud bo‘lgan solanin va xaqonin haqida. Ular seroid alkoloidlar guruhiga kiradi. Kartoshkaning o‘sishi va yashil rangga kirishi natijasida kartoshkaning po‘stlog‘ida yashil rangli qismida solanin (ixaqonin) miqdori 10 martagacha ortishi va 500 mg/kg gacha etishi mumkin. Solanin o‘rtacha toksiklikga ega bo‘lgan modda bo‘lib katta miqdorlarda organizmga kirganda zaharlanishga xos bo‘lgan (nafas qisishi, ko‘ngil aynish) belgilarini chiqaradi. Bizning baxtimizga bu alkoloidlar kuchli achchiq ta’mga ega bo‘lib, kartoshkaning po‘stlog‘idan tozalashda olib tashlanadi. Sionogen glikozidlar. Bir qator mevalarda fermentativ yoki kislotali gidroliz natijasida asab tizimini jarohatlovchi sinil kislotasining hosil qiluvchi ayrim sianogen aldegidlarining glikozidlari (tarkibida qand mavjud bo‘lgan moddalar) uchraydi. Sianogen glikozidlarning eng ko‘p tarqalgani bo‘lib asosan danaklar tarkibida uchraydigan (masalan bodomda 5 dan 8 gacha shaftoli olxo‘ri va o‘rik danaklari tarkibida 4 dan 6 gacha) amigdalin hisoblanadi. SHuning uchun achchiq o‘rik va bodomni ko‘p istemol qilish yaramay, korxonalarda achchiq bodomni ishlatish cheklanadi. Danakli mevalar (olcha shaftoli o‘rik) dan foydalanib tayorlangan eritmalarda amigdalin kislotasini hosil qilib gidrolizlanadi va bu sog‘liq uchun zararlidir. SHuning uchun bunday eritmalarni uzoq vaqt (1 yildan ortiq) saqlash tavsiya etilmaydi. SHu bilan birga danakli mevalarning murabbolari xavfsiz hisoblanadi, chunki, amigdalinni gidrolizlovchi fermentlar qizdirish natijasida nofaol holatga o‘tadi va sinil kislotasining hosil bo‘lishi yuz bermaydi. Ba’zi bir o‘simliklarda (barcha sabzavotlarda) boshqa tabiiy toksikantlar, masalan kumarinlar ham uchraydi. Kishi o‘zini tabiiy toksikantlarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun iloji boricha xilma-xil ovqatlanishi, ya’ni samarali ovqatlanishning ikkinchi qoidasiga amal qilish lozim. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling