Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek


Download 1.62 Mb.
bet75/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1763808
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
kimyo oziq ovqat

Mikotoksinlar. Bular mag‘or zamburug‘larning (miko-zamburug‘lar) toksinlari bo‘lib juda kichik miqdorlarda ham toksin ta’siriga ega shuning uchun ular oziq-ovqat mahsulotlarida oxirgi un yilliklarda tekshirilishi o‘ta sezgir usullari paydo bo‘lgandan so‘nggina aniqlandi.37 Mikotoksinlar hosil qiluvchi zamburug‘lar bilan asosan o‘simlik mahsulotlari zararlanadi. Bu mog‘or zamburug‘larining rivojlanishi uchun muvofiq sharoitlar bo‘lib bir ozgina baland harorat (85% atrofida) hisoblanadi.38
SHuning uchun mahsulotlar shu sharoitda saqlanganda yuzasi mog‘or bilan qoplangan bo‘lsa ularni tozalab o‘tirmasdan yaxshisi tashlab yuborgan ma’qul, chunki mog‘or bilan mahsulotning yuzasigina koplangan bo‘lsada, ular ishlab chiqarayotgan toksinlar mahsulotlarning ko‘rinishi va konsintensiyasini o‘zgartirmasdan ancha chuqurga singishi mumkin.
Mikotoksinlar ko‘pincha qaerda uchraydi? Eng xavfli mikotoksinlardan biri bo‘lib, kanserogen ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lgan - aflotoksin hisoblanadi (tabiatda mikotoksinlar ko‘p uchraydi, ammo ulardan beshta asosiy vakili chuqurroq o‘rganilgan bo‘lib, B1, B2, C1, C2, M1 lotin harflari bilan belgilanadi). Mikotoksinlar ko‘pincha eryong‘okda va makkajo‘xorida uchraydi (YAngi makkajo‘xorida tabiiy yuqori namlik natijasida aflotoksinlar ishlab chikaruvchi zamburug‘larning rivojlanishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi).
Ikkichi ko‘p uchraydigan mikotoksin-patulin bo‘lib, u ham kanserogen ta’sir qilish xususiyatiga ega. U ko‘pincha mog‘orlagan olmada, shuning bilan birga boshqa mevalarda va sabzavotlada, rezovorlarda, yoki mog‘orlagan meva va rezevorlardan tayyorlangan sharbat va djemlarda uchraydi.
CHirigan makkajuxori so‘talarida yana bir xavfli mikotoksin-zearaleqon uchraydi. O‘simliklarda kam uchraydigan boshqa mikotoksinlar (T-2 va boshqalar) ham mavjud.
Hayvon mahsulotlarida mikotoksinlar, fakatgina sut tarkibida, shunda ham mollar mog‘orlangan em-xashak bilan oziqlantirilganda uchraydi.
Uy sharoitlarida mikotoksinlar notug‘ri tayyorlangan (sanitariya talablarini buzgan holda) eki noto‘g‘ri saqlangan mog‘or bosgan, meva - rezavor sharbatlarni va djemlarida paydo bo‘lishi mumkin.
Agar bochkadagi mahsulot yuzasi to‘liq mog‘or bilan qoplangan bo‘lsa, bunday mahsulotni tashlab yuborgan ma’qul, chunki bunday yuzaki "iqtisod" sog‘liqning jiddiy yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
Mog‘orlarning toksinlari mahsulot ichiga juda tez singadi, ammo ular rangsiz - bo‘lganligi sababli, singish darajasini ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Ana shularni hisobga olib, qisman chirish bilan zararlangan mevalar va rezavorlarni iste’mol qilish yaramaydi.
Pestitsidlar (zaharli - ximikatlar)-bular qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalar bo‘lib, madaniy o‘simliklarni begona o‘simliklardan, zararkundalardan va kasalliklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan, shuning bilan birga ularning tarkibi, juda xilma-xil bo‘lib, kimyoviy birikmalarning 12 sinfini o‘z ichiga oladi.
Ulardan quyidagi to‘rttasi keng tarqalgan bo‘lib bular: xloroorganik (geksaxlorsinlogeksan turidagi); karbonatlar (sevin turidagi); simob organik (granozon turidagi). Dunyoda qo‘llaniladigan mingdan ortiq pestitsid preparatlaridan bizning mamlakatimizda 100 dan ortig‘idangina foydalanishga ruxsat etilgan bo‘lib, ammo bu ruyxat doimiy kengayib bormoqda.
Pestitsidlarni ishlatish juda samaralidir. Ular qishloq xujalik ekinlari zararkunandalarining anchasining yo‘q qiladi. Olimlarning hisoblashlariga qaraganda ularsiz, biz hosilning 1/3 qismidan ajralgan bo‘larkanmiz.
Pestitsidlarni to‘g‘ri ishlatish natijasida, ularning mahsulotlarida saqlanib qoladigan qoldiq miqdori me’yordan oshmaydi va sira zararsiz hisoblanadi. YOmon tomoni shundaki ularni noto‘g‘ri ishlatish (purkash muddatlari va dozasining buzilishi), ularning mahsulotlardagi miqdorining ortishiga va sog‘liqning buzilishiga olib keladi.
Bundan tashqari, bitta o‘simlik uchun ular tez-tez almashtirib turilsada, zararkunandalarning bu pestitsidlarga tez o‘rganishini ham hisobga olish lozim.
Mahsulot tarkibida pestitsidlar miqdorining oldini olish uchun, ularni yaxshilab yuvish lozim, chunki pestitsidlar asosan ularning yuzasida tuplanadi.
Agar mahsulotlarning pustlog‘ini tozalash (olma, nok) imkoniyati bo‘lsa, ya’ni ular ekologik toza shaxsiy tomorqalarda emas, balki bozordan sotib olingan bo‘lsa, buni amalga oshirish lozim.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling