Enobo‘yoq - qizil navli uzumning va qorakat (marjon daraxti mevasi) rezavorining tuppasidan to‘q qizil rangli suyuqlik ko‘rinishida olinadi. Uning tarkibiga birikmalar aralashmasi, shu jumladan antostianlar va katexinlar kiradi.
Mahsulotni enobo‘yoq bilan bo‘yagandan keyingi oladigan rangi muhitning rN iga bog‘liq. Nordonlashtirilgan ob’ektlardagi qizil rang neytral va kuchsiz ishqoriy muhitlarda enobo‘yoq mahsulotga ko‘k tus beradi. SHuning uchun enobo‘yoq qandolot sanoatida muhitning kerakli rN ini yaratish uchun organik kislotalar bilan bir vaqtda qo‘llaniladi.
Oxirgi paytlarda sariq, pushti-qizil bo‘yoqlar sifatida tarkibiga antistional kiruvchi qizil mevasining, qizil va qora smorodinalar, klyukva, brusnika sharbatlarida saqlanuvchi pigmentlar: antostionlar va kantexinlarni saqlovchi choy pigmentlari lavlagidan ajratib olingan qizil bo‘yoq qo‘llanila boshlandi.
Qand koleri (karamel)-shakarni karamellanishidan olingan qoramtir bo‘yalgan mahsulot. Uning suvli eritmalari yoqimli hid taratuvchi to‘q jigari rangli suyuqlik. Ichimliklarni, qandalot mahsulotlarini bo‘yashda va oshpazlikda ishlatiladi.
Sintetik bo‘yoqlar orasidan foydalanishga ruxsat etilgan quyidagi bo‘yoqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Indigokarmin (indegodisulfokislotaning dinatriyli tuzi)
Indigokarmin suvda eriganda to‘q-ko‘k rangli eritma hosil kiladi. Kandalot sanoatida va qand-rafinad ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Sariq tartrazin - azobo‘yoqning natriyli tuzi.
Tartrazin suvda yaxshi eriydi, to‘qsariq - sariq rangli eritmalar hosil qiladi. Qandolot sanoatida, ichimliklar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Rang rostlovchi materiallar. Ularga ozuqaviy xom-ashyo va tayyor mahsulotlarning rangini o‘zgartiradigan birikmalar kiradi. Ulardan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash vaqtida hosil bo‘lgan rangli mahsulotlarni yoki tabiiy pigmentlarni parchalaydigan qo‘shimchalar - oqartiruvchi moddalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Masalan, SO2 - oltingugurt angidrid. H2SO3 ning eritmalari va uning tuzlari oqartiruvchi va konservalovchi sifatida ta’sir qiladi, bu sabzavotlar va mevalarning fermentativ qorayishini tormozlaydi, xamda melaoidinlarning hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. YAna shuni esda saqlash kerakki, SO2 B1 vitaminni parchalaydi va oqsil molekulasiga ta’sir qiladi, bu esa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |