Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- V vitaminlar kompleksi
- Tiamin V
- RR vitamin, nikotinat kislota, niatsin
S u v d a e r u v ch i v i t a m i n l a r
Suvda eriydigan vitaminlar qatoriga V vitaminlar kompleksi, S va R vitaminlar kiradi. S vitamin yoki askorbat kislota ho‘l meva va sabzavotlarda ayniqsa ko‘p mikdorda uchraydi; u singa kasalligini davolaydigan yagona omildir. S vitaminga qon tomirlari devorining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradigan R vitamin — sitrin yoki flavon deb ataladigan omil yaqin turadi. V vitaminlar kompleksi. V vitaminlar kompleksi turli mahsulotlarda, ayniqsa jigar ekstraktida, achitqilarda va sholi kepagida birgalikda uchraydigan bir qancha alohida omilni o‘z doirasiga oladi. Bu kompleksga avvalo, birinchi bo‘lib vitamin nomini olgan, beri-beri kasalligini davolaydigan a n e v r i n kiradi. U 1911 yilda Funk tomonidan guruch kepagidan ajratib olinganida yagona modda deb hisoblangan edi, lekin tez vaqt orasida sholi kepagida, jigarda, achitqilarda ozuqa etishmasligidan kelib chiqadigan boshqa kasalliklarni, xususan, pellagrani davolaydigan omil ham kashf etildi. Kazimir Funk bu yillarda ma’lum bo‘lgan vitaminlar etishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarni avitaminozlar deb atadi. Vita-minlarning o‘zini ham ancha ko‘p xillari bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kseroftalmiyaga qarshi omil avvalroq A vitamin nomini olganidan sholi kepagi, achitqi, jigardan ajratilib olingan omillar V vitaminlar kompleksi deb ataldi. Ularni V2 Vz va hakazo shaklida ifodaladilar.29 Tiamin V1 vitamin. Bu vitaminning tiamin deb atalishiga sabab uning tarkibida oltingugurt (yunoncha — tio) va aminogurux borligidadir. Organizmda tiamin etishmasligi beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nervlarning yallig‘lanishi)ga sabab bo‘ladi. Bu kasallik falajlikka, yurak va qon tomirlari hamda oshqozon-ichak yuli ishining buzilishiga olib keladi, suv almashinuvi ham o‘zgarib, shish paydo bo‘ladi. Organizmning V1vitaminga bo‘lgan kundalik extiyoji, taxminan, 2—3 mg tiaminga teng. V2 vitamin, riboflavin. V2 vitamin ba’zi mikroorganizmlarning, yosh kalamushlar va boshqa hayvonlarning o‘sishi uchun zarur. SHu sababli ham V2 avitaminozining asosiy belgisi o‘sishning to‘xtashidir. Odam organizmida bu vitamin ichak makroflorasi tomonidan sintezlanib turadi. SHuning uchun odamlarda V2 avitaminozini hosil kilib bo‘lmaydi, lekin uzok vaqt ozuqa bilan V2 vitamini iste’mol kilinmaganda lablarning bichilishi, til shilimshiq pardasida yallig‘lanish hodisalari kuzatiladi. Odamning V2 vitaminga bo‘lgan kundalik ehtiyojini aniq belgilash qiyin bo‘lsa ham kundalik ozuqa tarkibida organizmga kiradigan va undan chiqadigan vitaminning miqdoriga karab, hamda hayvonlarda olib borilgan tajribalar asosida bu ehtiyoj 1,5—2,5 mg ekanligi aniqlangan. Riboflavin asosan, hayvon mahsulotlarida (go‘sht, buyrak, miya), baliq, tuxum, sut tarkibida, ayniqsa, achitqilarda ko‘pdir. Sabzavotlarda esa uning miqdori kamroq. Kundalik aralash ovqat, odatda, odam ehtiyojini to‘la ta’minlab turadi. RR vitamin, nikotinat kislota, niatsin. Nikotinat kislota 1911 yilda birinchi marta Funk tomonidan vitamin tariqasida ajratib olingan va kaptarlardagi beri-beri kasalligini davolashda uning samara bermasligi ko‘rsatilgan edi, ammo Goldoerger bu birikma odamlarda uchraydigan pellagra va itlardagi «Koratil» kasalliklarini davolashini aniqlagach, nikotinat kislota vitaminlar qatoriga ko‘shildi. U pellagraga qarshi vitamin deb ham ataladi. RR vitaminning etishmasligi odamlarda og‘ir kasallik — pellagrani paydo qiladi. Bu kasallikning xarakterli belgilari dermatit, diareya (ich ketish) va og‘ir xollarda demensiya (aql pasayishi, nerv va psixik buzilishlar)dir. Pellagra so‘zi italyancha rella aga — g‘adir-budir teri ma’nosini anglatadi va kasallikning eng muhim belgisini — dermatitni eslatadi. Uning kelib chiqishi yomon ovqatlanish, asosan, makkajo‘xori unidan tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq edi. Lekin pellagra kasalligining sababi faqat nikotinat kislotaning etishmasligidan emas. Bu kasallikni davolashda nikotinat kislotadan tashqari, tarkibida aminokislota — triptofanni ko‘p tutadigan oziq moddalarning muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Agar RR — avitaminoziga duchor bo‘lgan kalamushlar ozig‘iga triptofan ko‘shib berilsa, avitaminozning belgilari engillashadi, lekin kasallik butunlay tuzalib ketmaydi. Odamning bir sutkada nikotinat kislotaga bo‘lgan extiyoji 12—18 mg deb hisoblanadi, biroq ozuqaning kaloriyasi ortishi bilan vitaminga bo‘lgan ehtiyoj ham ko‘payib boradi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling