Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Quruq moddalar miqdorini refraktometrda aniqlash
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
Quruq moddalar miqdorini refraktometrda aniqlash.
Uslubni mohiyati refraktometrni sindirish ko‘rsatkichiga qarab, quruq moddalar miqdorini aniqlashdir. Agarda konserva mahsulotldaridagi quruq moddalar miqdorini refraktometr bilan aniqlashga maxsus ko‘rsatma bo‘lsa qo‘llaniladi. Refraktometrni tayyorlash. Refratkometrda ko‘rish maydoni aniq qilib olish uchun to‘g‘ri burchakli prizma yorig‘lik nuri tushadigan tomonga yuboriladi. Tushayotgan yorig‘lik nurlari prizma yuzasidan oynani ma’lum hisoblashdan qaytadi. Refraktometrni nuqtasini o‘rnatib olish uchun shisha tayoqcha bilan prizmaga bir tomchi distillangan suv tomiziladi. Bunda prizmani temperaturasida 200S da ushlab turilib, okulyar orqali punktr chiziqli bir-biriga tushishi ko‘rib olinadi yoki ko‘rish doirasini markazi shkalani nol bo‘linmasi kelganligi ko‘riladi. Agar punktr chiziq yoki doira markazi noldan 0,2% gacha to‘g‘ri kelmasa maxsus kalit orqali nolga keltiriladi. Kompensatorni yo‘naltirish yo‘li bilan ko‘rish maydonining yorug‘ va qorong‘ilik chegarasini aniq ajratib olinadi. Pastki prizma yuzasini markaziy qismiga shisha tayoqcha bilan tekshirilayotgan suyuqlikdan bir tomchi tomiziladi prizmani yuqori qismini tekshirib, olib uni pastki qismi bilan jips qo‘yiladi. Agar tekshirilayotgan mahsulotni tarkibi qattiqroq bo‘lsa, u holda ikki qavat taxlangan dokaga o‘rab siqish yo‘li bilan ikki uch tomchi shirasi olinadi va shirani bir tomchisini prizmaga tomiziladi. Prizma yuqori qismini tushirib uni, harakatlantirib pastki qismi bilan jips holga olib kelinadi. Prizmani mahkam qotirgandan so‘ng, okulyar orqali jildirib ko‘rish maydonini yorug‘ va qorong‘u chegarasini aniq topib olinadi. Bu chegarani shunday topinki, u punktr chiziqni ustiga tushsin shundan so‘ng shkalani quruq moddalarning foiz miqdori topiladi. Refraktometrni ko‘rsatishini aniqlayotganda tajriba o‘tkazilayotgandagi haroratni bo‘lib olish kerak, chunki shkalani ko‘rsatish 200°S da haqiqiy bo‘ladi. Agar aniqlash boshqa haroratda o‘tkazilgan bo‘lsa, tuzatish koeffitsentini kiritiladi. +ora rangli mahsulotlarning tekshirilayotganda ulardan refraktometr prizmasiga solish uning suyuq qismini ajratib olish qiyin. Bunda quyidagicha qilinadi. CHinni kosalarga tekshirilayotgan mahsulotdan texnik tarozi yordamida 5-10 g olinadi (aniqlik 0,01g) namunaga bir xil miqdorda tozalangan qum solinadi (4 g atrofida) va namuna massasi bilan teng miqdorda distillangan suv qo‘yiladi. Aralashmani tez ikki qavat qilib qo‘yilgan dokaga solinadi, siqib olingan suyuqlikdan ikki tomchi refraktometr prizmaiga tomiziladi va ko‘rsatkichi aniqlanadi. Parallel olib borilgan tajribalar natijasining xatosi 0,2% dan oshmasligi kerak. Tajribaning so‘ngi natijasi deb ikki parallel olib borilgan tajribaning natijalarini arifmetik qiymatini 0,01% aniqlikda hisoblanganligiga aytiladi. quruq moddalar % miqdorini refraktometrik aniqlashda haroratda tuzatish koeffitsentini RL markali refraktometr uchun 10-30 g gacha berilgan ma’lumot jadvalidan hisoblanadi.10 Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling