Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
-Mavzu Mineral o‘g‘itlar kimyosi va sifati
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
9-Mavzu Mineral o‘g‘itlar kimyosi va sifati
.Mineral xom ashyolar. Organik va noorganik mineral o‘g‘itlar. 2.Azotli mineral o‘g‘itlar. 3.Fosforli mineral o‘g‘itlar, kompleks mineral o‘g‘itlar. 4.Mineral o‘g‘itlarning sifat ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash usullari. 5.Ularning sifat ko‘rsatkichlari. Ularning xom ashyosi va fizik-kimyoviy tarkibi. 6.Azotli, kaliyli, fosforli, magniyli, borli o‘g‘itlar. Sanoatni kun sayin usishi va qishloq xujalik maxsulotlariga talabni oshishi bilan mineral tuzlarga ixtiyoj orta borayotir. Ayniqsa mineral tuzlar xalq qujaligini xomashyo bilan ta’minlashda, ozuqa mahsulotlari bilan ta’min qilishda, xalq xujaligini yalpisiga kimyo lashtirishda katta axamiyatga ega. Mineral tuzlar ichida ainiqsa mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladigan tuzlarning axamiyati katta. Qozirgi zamonda insoniyat oldidagi turgan muommolardan biri ozuqa mahsulotlari va sanoatni xomashyo bilan ta’min qilishdir. Deyarlik xosildor erlar xozirgi davrda qishloq qo‘jalik maxsulotlar olish uchun band desak bo‘ladi. YAngi erlarni uzlashtirish deyarlik echilmas muommoga aylandi desak bo‘ladi. Aqolini soni kun sayin oshib borayotir. SHuning uchun oxolining oziq ovqat maqsulatlari bilan ta’minlash faqatgina xosildorlikni oshirish yo‘li bilan bajarish mumkin. Xosildorlikni oshirishning birdan-biri asosiy yo‘li mineral o‘g‘itlar ko‘plab ishlab chiqarishdan iboratdir. Mineral o‘g‘itlar deb xosildorlikni oshirishga va erning unumli qilishda ishlatiladigan, tarkibida o‘simlik uchun lozim bo‘lgan elemenlarga ega bo‘lgan tuzlarga aytiladi. O‘simlik tuqimalari turli elementlardan tashkil topgan bo‘lib, uning quruq qismini 90 % ni karbon, kislorod, vodorod tashkil qiladi. Qolgan 8-9% ning esa azot, fosfor, kaliy, magniy, sera, kalsiy, temir tashkil kiladi. Bu asosiy elementlardan tashqari o‘simlikni xayoti va modda almashinish jarayonini idora qilish uchun kerak bulgan elementlardan bor, mis, molibden, kobalt, ruq va boshqalar qam zarur elementlar bo‘lib qisoblanadi. Bu xammasi bo‘lib 1-2% ni tashkil qilgani sababli mikroelementlar deb ataladi. O‘simlik o‘sish davrida karbon, vodorod va kislorodning asosiy qismini suvdan va qavodan oladi, qolgan elementlarni esa tuproqdan oladi. YUqori xosildorlikni olish imkoniyati bo‘lishi uchun yuqorida ko‘rsatilgan elementlarni, tuproqning tarkibida etarli bo‘lishi kerak. O‘simlik tarkibidagi qar bir element o‘ziga xos axamiyatga va rolga ega. Masalan, azot, o‘simlikning tarkibidagi oksil moddasini tarkibiga kiradi. Oqsil protoplazma va xo‘jayralarni tashkil qiluvchi modda. Bir olim aytganidek «Oqsilsiz xayot yo‘q, azotsiz oqsil yo‘q», demak azotsiz xayotni tasavvur qilib bo‘lmas ekan. Azot xloroform tarkibiga qam kiradi. Fosfor esa o‘simlikning o‘sishida, ko‘payishida ishtirok etuvchi element bo‘lib qisoblanadi. Fosfor o‘simlik xayoti uchun zarur bo‘lgan fermentlar, vitaminlar tarkibiga qam kiradi. Ayniqsa o‘simlik uruglarida murakkab oqsillar sifatida (nukleoproteidlar) qam ishtirok etadi. Fosfor ayniqsa don o‘simliklari uchun, ularning xosildarligini, oshirishda tarkibidagi kerakli moddalarni oshirishda zarur elementlaridan biri qisoblanadi. Xayot jarayonlari idora qilishda kaliy elementining axamiyati katta. Kaliy modda almashinish jarayonini va suv rejimini ushlab turuvchi elementlardan biridir. SHunday qilib yuqorida ko‘rsatilgan o‘simlik tarkibidagi 10 ta elementdan 3-tasi – azot, fosfor, kaliy ozuqa sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq, qolgan elementlar esa tuproqda etarli miqdorda uchraydilar. SHuning uchun shu 3 element ozuqa moddasi sifatida ishlatiladi va ularning tuzlari esa mineral o‘g‘itlar deb ataladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling