Konservalar va boshqa mahsulotlardagi quruq moddalar miqdorini aniqlash.
O‘zgarmas og‘irlikkacha quritish bilan quruq moddalar miqdorini aniqlash.
Uslubni mohiyati shundan iboratki, namunani ma’lum qismini og‘irligi o‘zgarmay qolguncha quritib, boshlang‘ich va so‘nggi og‘irligini farqiga qarab mahsulotdagi namlik miqdorini aniqlanadi.
Quritilgan qopqoqli va shisha tayoqchali byukslari analitik tarozida tortiladi va unga 10 g quruq qizdirilgan qumdan solinadi, yana 0,001 g aniqlikgacha tortiladi. Qopqoqni byuksga qo‘yib (yopilmaydi) qum bilan quritish shkafiga solinadi va o‘zgarmas og‘irlikgacha qizdiriladi, byuksni olib qopqog‘ini yopib eksikatorga solinadi, sovitiladi va tortiladi. SHunday tayyorlangan shisha tayoqchali qumli byuksga 5-6 g maydalangan mahsulot solinadi va yana 0,001 g aniqlikda tortiladi, so‘ngra qopqog‘ini ochib quritish shkafiga 100-1050S da 4 soat davomida quritiladi. Namuna og‘irligi o‘zgarmay qolguncha quritiladi. Qaytadan quritish 2 soat davomida olib boriladi. Tajriba natijalari jadvalda yoziladi va tahlil qilinadi. Hisoblash quyidagi formula asosida olib boriladi:
X 100 (m2-m)(m1-m)
Bu erda: m-byuksni tayoqcha bilan boshlang‘ich og‘irligi, gr
m1-idishni qurutilgunga qadar og‘iligi og‘irligi, gr
m2- idishni quritilgandan keyingi og‘irligi, gr
Butun quritish jarayoni 6-8 soat vaqtni talab qiladi. Agar og‘irligi ortib keta boshlasa, keyingi quritishlarni to‘xtatib oxirgi o‘lchovdagi og‘irlikni o‘zgarmas og‘irlik deb qabul qilinadi.9
Kuritish yo‘li bilan quruq moddalar miqdorini aniqlash uslubi.
Toza va quruq byuksni yoki chinni idishga 12 g qizdirilgan qum solib tayoqcha bilan o‘zgarmas og‘irlikkacha qizdiriladi, eksikatorda sovutilib, analitik torozida 0,001 g aniqlikda tortiladi. qum bilan quritilgan byuksga analitik tarozida 5-6 g tekshirish uchun olingan mahsulot tortib, namunani qum bilan aralashtirilib, byuks tubiga bir xilda tarqatib quyiladi. Qopqoqni byuks yoniga quyiladi, so‘ngra qurituvchi shkafga qo‘yib 88-1000S da 4 soat davomida quritiladi. Byuksni og‘zini qopqoq bilan yopib, eksikatorda 20-30 min sovutib, 0,001g aniqlikda tortiladi va jadvalga yoziladi. Hisoblash ishlarini yuqorida berilgan formulalar asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |