Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Politsiklik aromatik uglevodlar
- Antibiotiklar
Nitrozaminlar. Nitratlar ba’zi bir sharoitlarda nitritlargacha qaytarilishi, ular esa, ikkilamchi va uchlamchi aminlar bilan ta’sirlashib (ular tabiatda ko‘p) konserogen N- nitrozaminlarni hosil qilishi yuqorida aytib o‘tilgan edi.
Radikallarning (R1 eki R2) tabiatiga qarab juda turli - tuman nitrozaminlar (ulardan 100 dan ortigi konserogen ta’siriga ega) hosil bo‘lishi mumkin. Bu birikmalar sinfining ikki vakili -nitrozadimenetilamin va nitrozodietilamin juda ko‘p uchraydi. Nitrozominlar, dudlangan go‘sht va nitritlar qo‘shib tayyorlangan kolbasa mahsulotlarida (80 mgk /kg) tuzlangan va dudlangan baliqda - (110 mkg/kg gacha) ko‘p uchraydi. YAngi go‘sht va baliqda nitrozominlar uchramaydi yoki 1 mkg/kg dan kam mikdorlarda uchraydi. O‘simlik mahsulotlaridan asosan tuzlangan - sirkalangan mahsulotlarda ichimliklardan - pivoda uchrab ularning miqdori 12 mkg/l gacha etishi mumkin. Politsiklik aromatik uglevodlar. Nitrozominlar, ular ham kuchli kanserogenlar hisoblanadi. Bugungi kunda bu birikmalar sinfining, mahsulotlarga termik ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan 200 dan ortiq vakillari ma’lum. Politsiklik uglevodlarning eng ma’lum vakli bo‘lib benzapiren (tugri kimyoviy nomi - 3,4 - benzapiren) hisoblanadi. U kofe donini qovurishda 0,5 mkg/kg gacha, nonning kuygan non kobig‘ida - 0,5 mkg/kg gacha hosil bo‘ladi. Donni quritishi vaqtida ko‘ng‘ir ko‘mir eki mazut tutuni bilan 4 mkg / kg gacha, uy sharoitida dudlangan baliq eki go‘shtda - 1,5 mkg/kg cha benzopiren uchrab, bundan ham katta konsentratsiyalar (-50 mkg/kg gacha) uchrashi mumkin. Biz yana bir marta iqror bo‘ldikki, dudlangan go‘sht, baliq va boshqa lazzatli taomlar, xavfsizlik nuqtaii - nazaridan faqat lazzatli taom bo‘lib qolishi kerak va faqat bayramlarda, oz-ozdan iste’mol qilinishi kerak. Antibiotiklar. YUqorida ko‘rib o‘tilgan ifloslantiruvchilarning ko‘pchiligi asosan o‘simlik mahsulotlarida to‘planadi. Bu tushunarli, chunki o‘simliklar atrof - muhit ifloslantiruvchilari: tuproq, havo, suv ta’siriga birinchi bo‘lib uchraydi. Ko‘pchilik hollarda (ammo hamma vaqt emas, masalan simob buning teskarisi) hayvon mahsulotlari bizni ifloslantiruvchilardan ma’lum mikdorda himoyalab turadi. Ammo shunday ifloslantiruvchilar borki, ular faqat hayvon mahsulotlariga xos hisoblanadi. Bular antibiotiklardir. Ular keyingi yillarda veterinariya amaliyotida hayvonlarni davolash (masalan mollardagi mastit kasalligini davolash uchun) keng qo‘llanilmokda. SHuning uchun ishlatiladigan antibiotik turini (odamlarni davolashga mo‘ljallangan antibiotiklardan foydalanish tavsiya etilmaydi) va so‘yish yoki iste’mol qilishgacha bo‘lgan muddatda antibiotiklarni ishlatish muddatlarini belgilovchi juda kat’iy yuriqnomalar mavjud. Ularning aniqlash uslublarining sezgirlik darajalari yo‘l qo‘yadigan miqdorlariga ruxsat etiladi. Afsuski, bu kat’iy yuriqnomalar tez-tez buzilib turadi, va shuning uchun savdo tarmoqlaridagi sutning 30%-i tarkibida antibiotiklarning ortiqcha mikdorlari mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday sutdan tvorog olishi juda qiyin chunki u kesilmaydi. Ba’zi o‘ta sezgir odamlarda va ko‘pincha bolalarda barcha salbiy belgilari bilan (teriga toshmalar toshishi) allergiyalar kuzatilishi mumkin. Biz tabiiy va inson aybi bilan yuzaga keladigan ifloslantiriruvchilar haqida shunchalik ko‘p gapirdikki (antivitaminlar, toksik aminokislatalar, ingibatorlar kabi antielimentar omillarni ko‘rib o‘tmadik), buning natijasida bizda barcha mahsulotlar haqida salbiy tasavvur paydo bo‘lishi mumkin. Amalda bunday emas. Ko‘pchilik mahsulotlar o‘ta zararsiz, bo‘lib, kishi sog‘lig‘ining ovqatdan buzilishi hollarining 80% gacha yaqinini, bu erda ko‘rib o‘tilmagan mikrob tabiatiga ega bo‘lgan ozuqaviy zaharlanishlar tashkil qiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling