Irkinova ruhshona solijon qizi


shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat


Download 290.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi290.81 Kb.
#1606785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
777e2070-6570-4e8f-9de2-22de8afbf722

shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band
bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun;
-ta’lim-tarbiya olayotgan har bir bolani ovqatlantirish, yumshoq jihozlar (matras,
yostiq, ko‘rpa, choyshab, ko‘rpa va yostiq jildlari, yoping‘ich) hamda dori-darmonlar
bilan ta’minlashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun (davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida belgilangan normativlar bo‘yicha);
-boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarining ota-onalar badali to‘lovlarini tegishli
hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun
belgilangan miqdorlarda subsidiya olish uchun;
3.9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari
bo‘yicha o‘rtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam bo‘lganda, hisobot oyi uchun
xodimlariga ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va to‘lanmaydi;
3.10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yollangan tarbiyachi va
tarbiyachi-yordamchilarga ish haqini to‘lash uchun subsidiyalar ushbu oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkilotining: 
- quvvati 25 nafargacha bo’lganda, har bir guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni
kamida 12 nafarni
- quvvati 50 nafargacha bo’lganda, ikkita guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni
kamida 37 nafarni(bir guruhda bolalar soni kamida 12 nafarni) tashkil qilganda
to‘lanadi.
3.11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va
tarbiyalanuvchilarining haqiqiy davomati hisobi Nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — NMTTBAT)da
jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi.
3.12. Biometrik identifikatsiya qilish jarayoni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti rahbari yoki xodimlarining smartfonlari yoxud planshetlari yordamida, ushbu
tashkilotning joylashuvi (geolokatsiyasi) hisobga olingan holda har ish kuni bir marotaba
soat 07.00 — 17.00 gacha amalga oshiriladi;
3.13. Mazkur bitimda ko‘rsatilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotining manzili (joylashuvi bo‘yicha geolokatsiyasi)dan boshqa joyda qayd
etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBATda hisobga olinmaydi
va ular uchun subsidiya to‘lanmaydi;
3.14. NMTTBATning mobil ilovasidan internet tarmog‘isiz (offline rejimida)
foydalangan hollarda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va
tarbiyalanuvchilari davomati bo‘yicha qayd etilgan ma’lumotlar hisobot oyidan keyingi
oyning 5-kunidan kechikmasdan internet tarmog‘iga ulangan holda (online rejimda)
NMTTBATga taqdim etilishi zarur.


Xususiy sherik tomonidan NMTTBATga ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan
taqdirda unga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanmaydi;
3.15. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari NMTTBAT orqali taqdim
etilgan reestr asosida subsidiyalarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
tijorat bankidagi hisobvarag‘iga va ushbu tashkilotlar xodimlarining tegishli bank plastik
kartalariga belgilangan tartibda o‘tkazib beradi;
3.16. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Davlat budjeti mablag‘laridan
subsidiyalar miqdori u tomonidan NMTTBAT va uning mobil ilovasidan foydalanish
bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgandan so‘ng hisoblanadi.

Download 290.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling