Irkinova ruhshona solijon qizi
Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarga ega
Download 290.81 Kb. Pdf ko'rish
|
777e2070-6570-4e8f-9de2-22de8afbf722
- Bu sahifa navigatsiya:
- 70 foizi
- Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega
- Xususiy sherik
5.2. Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarga ega:
5.2.1. Xususiy sherikning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasida ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritish; 5.2.2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavini tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlash; 5.2.3. Mazkur bitim amal qiladigan muddatda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning va maxsus kontingent farzandlarini, 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda yetmagan qismiga boshqa oilalar farzandlarini, bitimni amal qilish davomida ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmagan holda imtiyozli qabul qilish, boquvchisini yo‘qotgan ayollar farzandlarini, shu jumladan 2 yoshdagi farzandarini bepul qabul qilish; 5.2.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning xodimlari va tarbiyalanuvchilari to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotlarni tegishligicha NMTTBATga kiritilishini ta’minlash. Shuningdek, NMTTBATga har bir bolaning shaxsan o‘ziga tegishli fotosuratini yuklanishini ta’minlash; 5.2.5. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bitta guruhli bo‘lgan taqdirda ushbu guruhga kamida 12 nafar bola, ko‘pi bilan 25 nafar bola qabul qilish, birinchi guruhda 25 nafar bola to‘liq shakllantirilgandan keyingina ikkinchi guruhni ochish (agar mazkur bitimning 1.1-bandiga ko‘ra tashkilot quvvati kamida 37 nafarni tashkil etgan taqdirda); 5.2.6. Bolalarning tegishli tarzda parvarish qilinishini va ta ʼlim-tarbiya jarayonlarini O ʻzbekiston Respublikasining taʼlim va maktabgacha taʼlim sohasiga oid qonunlari hamda qonun osti hujjatlari talablariga, shuningdek, bolalar rivojlanishiga qo ʻyiladigan davlat talablari, davlat o ʻquv dasturi (standartlar)ga muvofiq amalga oshirilishini ta ʼminlash hamda maqbul sharoitlar yaratilishini kafolatlash; 5.2.7. Bolalarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilishda ota- onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma tuzish hamda bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini buyruq orqali rasmiylashtirish; 5.2.8. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishda ota- onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirish; 5.2.9. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumotli shaxslar yoki Davlat sherigi tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tkazilgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishini kafolatlash, sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 5.2.10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini “Ilk qadam” davlat o ʻquv dasturi va maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan amalga oshirilishini ta’minlash. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z variativ dasturlarini ishlab chiqqanda milliy, etnik, diniy, siyosiy va boshqa adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik g‘oyalarini aks ettirmaslik hamda ularni tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan kelishish; 5.2.11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binoga kirish joyida fuqarolarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida ma’lumotlardan xabardor qilish maqsadida axborot peshlavhasini o‘rnatish, bunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimidan foydalangan holda berilgan tasdiqnoma nusxasi, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim nusxasi, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va boshqa hujjatlarning nusxalarini joylashtirish; 5.2.12. Davlat sherigi tomonidan jihozlar berilganda (hududda mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha qismi doirasida), shuningdek o‘quv materiallari taqdim etilganda ulardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning sifatli saqlanishini ta’minlash; 5.2.13. Bitimning amal qilish muddati tugaganda, agar Davlat sherigi tomonidan jihozlar (hududda mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha qismi doirasida) va o‘quv materiallari berilgan bo‘lsa, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi balansiga qaytarish; 5.2.14. Agar boshqa normativ hujjatlarda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, bitimning amal qilish muddati tugashidan, qoida tariqasida, ikki oy oldin (biroq bitim muddati tugashidan kamida bir oy oldin) bitimning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan NMTTBAT orqali elektron ariza yuborish (aks holda bitim muddati tugagandan keyin avtomatik tarzda bekor bo‘ladi va reestrdan chiqariladi); 5.2.15. Bolalarning tegishli tarzda parvarish qilinishini va ularni davlat talablariga muvofiq ta’minlash uchun maqbul sharoitlar yaratilishini kafolatlash; 5.2.16. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigienik normativlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash; 5.2.17. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan berilgan yo‘llanma asosida bolalarni imtiyozli qabul qilish (ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha); 5.2.18. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlash. 5.2.19. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi rejalashtirilayotgan turar yoki noturar joyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari va gigienik normativlarga javob berishini ta’minlashi lozim. Texnik shartlar, sanitariya normalari va gigiena qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablari buzilganligi aniqlangan holatda vakolatli davlat organining taqdimnomasini olgandan boshlab bir oy muddatda bartaraf etish; 5.2.20. Tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish maqsadida yong ʻin xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda ichki ishlar organlarining qisqa raqamli telefon raqamlari ko ʻrsatilgan maʼlumotlarni osib qo ʻyilishini ta’minlash; 5.2.21. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barcha xodimlari ish vaqtida mobil telefonlar va smartfonlardan ishga taalluqli bo‘lmagan holatlarda foydalanmasligini nazorat qilish; 5.2.22. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xodim va tarbiyalanuvchilarni biometrik identifikasiya qilish orqali elektron davomatini yuritish vazifasi tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga yuklamaslik; 5.2.23. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga, ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilari va xodimlaridan tashqari boshqa shaxslarni kirib chiqishlarini taqiqlash (amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno); 5.2.24. Tarbiyalanuvchilarni qarovsiz qoldirmaslik, jumladan sanitariya xonalarida bo ʻlganda, hojatxonadan foydalanishda, yozgi maydonlarda (besedka/ayvonlar), basseynda cho ʻmilishda, uyqu payitida qarovsiz qolmasligi ustidan qat’iy nazoratni o’rnatish; 5.2.25. Bitimning amal qilish muddati tugamasdan, Investitsiya ob’ektini begonalashtirish (oldi-sotdi, hadya qilish va boshqa) bo‘yicha shartnoma tuzmaslik. 5.2.26. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlashi uchun Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma topshirishdan oldin oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘rnatilgan talablar darajasida jihozlanganligini ta’minlash; 5.2.27. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarni, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarni, shu jumladan diniy yo’nalishda, tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik; 5.2.28. Bitim shartlarini qanday bajarayotgani monitoringini olib borish maqsadida Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga Davlat sherigi (yoki uning nomidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi) kirib chiqishlarini ta'minlash. 5.3. Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega: 5.3.1. Xususiy sherikka oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati uchun jihoz va asbob-uskunalar (hududda mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ehtiyojidan ortiqcha qismi doirasida), o‘quv materiallari berilsa, ularning hisob-kitobini tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi balansida yuritish; 5.3.2. Xususiy sherikdan, zaruratga ko’ra, bitim bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risida hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limi orqali haqqoniy axborot va hisobot olish; 5.3.3. Xususiy sherik xodimlarini, xususiy sherik mablag’lari hisobidan, Davlat sherigi huzuridagi kollejlarda o‘qitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish; 5.3.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini (zaruratga ko'ra Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga borgan holda) nazorat qilish; 5.3.5. Xususiy sherik tomonidan Bitim shartlariga rioya etilishi, majburiyatlarning bajarilishi ustidan monitoring o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni yoki bitim shartlaridan chetga chiqish holatlarni bartaraf etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limi orqali talabnoma yuborish; 5.3.6. Bitim shartlari Xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar talabnomada ko‘rsatilgan 15 kun muddatda bartaraf etilmasa, Xususiy sherik faoliyatini NMTTBAT axborot tizimida vaqtincha to‘xtatib turish hamda mazkur bitimning 7-bo‘limida belgilangan tartibda bitimni bekor qilish choralarini ko‘rish; 5.3.7. Agar bitim shartlari buzilganligi oqibatida bitim bekor qilinsa, bitim bekor qilingan kundan boshlab soliq va bojxona to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar to‘xtatiladi. Download 290.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling