Irkinova ruhshona solijon qizi


IV. BITIMNING AMAL QILISh MUDDATI VA ShARTLARI


Download 290.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi290.81 Kb.
#1606785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
777e2070-6570-4e8f-9de2-22de8afbf722

IV. BITIMNING AMAL QILISh MUDDATI VA ShARTLARI
4.1. Mazkur Bitim o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab
kuchga kiradi va 2026-05-22 sanagacha amal qiladi.
4.2. Xususiy sherik Davlat sherigi talabiga ko‘ra bitim bo‘yicha majburiyatlarni
bajarilishi to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqaruv organlari
orqali Davlat sherigiga axborot va hisobot taqdim etadi.
4.3. Ushbu bitim amal qiladigan butun muddat davomida oilaviy nodavlat
maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining ixtisosligini va yo‘nalishini o‘zgartirish
qat’iyan taqiqlanadi.
V. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
5.1.Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini litsenziya olmagan
holda amalga oshirish;
5.1.2. Tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib subsidiya mablag‘lari hisobidan ko‘pi
bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida —
2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1
shtat birligida tarbiyachi yordamchisini yollash;
5.1.3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida har bitta guruhga 12 — 25
nafargacha turli yoshdagi bolalarni qabul qilish. Mazkur bitimning 1.1-bandida
ko‘rsatilgan quvvat 37 nafar va undan yuqori (ko‘pi bilan 50 nafargacha ) bo‘lgan
taqdirda va birinchi guruhda 25 nafar bola to‘liq shakllantirilganidan keyin ikkinchi
guruhni ochish;
5.1.4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini xususiy sherikning o‘ziga
yoki turmush o‘rtog‘iga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar joyda
ochish.
Agar turar yoki noturar joy boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa,
bitim muddati davomida amal qilish sharti bilan notarial tasdiqlangan ishonchnoma yoki
davlat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ijara shartnomasi asosida yoxud qonunchilikda
belgilangan boshqa asoslarga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘lgan turar va noturar
joylarda amalga oshirish;
5.1.5. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda o‘z


mablag‘lari hisobidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari va
xodimlarining malakasini oshirish;
5.1.6. Ota-onalar bilan kelishuv bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (shu
jumladan o‘qituvchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlarini taklif qilish);
5.1.7. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning
tashkilotda bo‘lish vaqtini ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib belgilash, 5
kunlik ish haftasi uchun,qoida tariqasida,9 soatli kunlik ish tartibini joriy etish, oilaviy
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi
talablaridan kelib chiqib 6 kunlik ish haftasini ham joriy etish;
5.1.8. Xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga tarbiyachi va tarbiyachi
yordamchisi ishini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish;
5.1.9. Ta’lim berish jarayonida Davlat sherigi tomonidan tasdiqlangan o‘z
(mualliflik) dasturlaridan foydalanish.
5.1.10. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan subsidiya olish;
5.1.11. NMTTBATning mobil ilovasini yuklab olish, NMTTBATning internet-sayti
yoki mobil ilovasi yordamida NMTTBATga kirib, unda ko‘rsatilgan ommaviy oferta
talablari va shartlari bilan tanishish, ushbu axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘z
roziligini bildirish va elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash.
5.1.12. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari va
tarbiyachi yordamchilari ishda bo‘lmagan vaqt (mehnat ta’tili, o‘z hisobidan ta’til,
kasallik varaqasi ochilgan davr va boshqa holatlar)da ularning o‘rniga vaqtincha boshqa
tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilarini yollash va ularning ishlagan kunlari bo‘yicha
haqiqiy davomatidan kelib chiqib, ular haqida ma’lumotlarni NMTTBATga kiritgan
holda ish haqi uchun subsidiya olish;
5.1.13. Uch yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2
yosh va undan katta yoshdagi), shu jumladan, 7 yoshga to‘lgan, biroq maktabga qabul
davrini kutayotgan bolalar uchun subsidiya olish;
5.1.14. Texnik yoki boshqa sabablarga ko‘ra hisobot oyida NMTTBATda
subsidiyaning ortiqcha yoki kam hisoblanganligi aniqlanganda, hisobot oyidan keyin
keladigan oyda ushbu subsidiyalarni tegishli summalar qo‘shilgan (yoki kamaytirilgan)
holda olish;
5.1.15. Foyda olish;
5.1.16. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot
tizimidan foydalangan holda xabarnoma berish orqali o‘z tashabbusi bilan faoliyatini
to‘xtatish.

Download 290.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling