Irkinova ruhshona solijon qizi
VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI
Download 290.81 Kb. Pdf ko'rish
|
777e2070-6570-4e8f-9de2-22de8afbf722
VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI
HAL QILISH TARTIBI 6.1. Tomonlar ushbu Bitimga ko‘ra zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun qonun hujjatlariga va mazkur Bitim shartlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 6.2. Xususiy sherik bolalar salomatligi, xavfsizligi, ta’lim-tarbiya sifati, NMTTBATga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgardir. Xususiy sherik NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi natijasida subsidiyalar hisoblanmasligi va to‘lanmasligi yuzasidan javobgardir; 6.3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan bir bolaning ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda: mazkur tarbiyalanuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnagan barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat budjetiga undiriladi; ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reestridan chiqariladi va u bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinib, qayta tuzilmaydi. 6.4. Ushbu bitimning shartlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar Tomonlarning o‘zaro muzokaralar o‘tkazishi orqali hal etiladi. 6.5. Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda vujudga kelgan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida hal qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling