VII. BITIMGA O‘ZGARTIRISH, QO‘SHIMCHALAR KIRITISH
VA BEKOR QILISH TARTIBI
7.1. Ushbu Bitimga qonunchilik hujjatlarida va Bitimda belgilangan quyidagi
hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
7.1.1. Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
7.1.2. Maktabgacha ta’limni tartibga solish sohasidagi davlat va xususiy
sheriklarning bitim munosabatlari qismida qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishi
sababli Davlat sherigining talabiga ko‘ra;
7.1.3. Ushbu Bitimga kiritilgan barcha o‘zgartishlar qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li
bilan elektron shaklda ariza berish orqali rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar
tomonidan elektron imzo qo‘yish orqali imzolanadi.
7.2. Ushbu Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
7.2.1. Xususiy sherik tomonidan ushbu Bitim shartlari ikki va undan ortiq marta
buzilgan hollarda Davlat sherigining kamchiliklarni bartaraf etish, o‘z faoliyatini
qonunchilik hujjatlari va bitimga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi yozma talabi
bajarilmagan taqdirda;
7.2.2. Bitim shartlarini qanday bajarayotgani monitoringini olib borish maqsadida
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga Davlat sherigini kirib
chiqishlariga Xususiy sherik tomonidan qarshilik ko‘rsatilganda;
7.2.3. Xususiy sherik vafot etganda, sud hukmi (qarori) bilan ozodlikdan mahrum
etilganda yoki qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilganda (bedarak yo‘qolgan deb
topilganda);
7.2.4. Xususiy sherik bankrot bo‘lganda va tugatilganda;
7.2.5. Xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda – Davlat sherigining
talabiga ko‘ra;
7.2.6. Davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda – Xususiy sherikning
talabiga ko‘ra;
Ushbu bitimning 7.2.1.–7.2.3.-bandlarida nazarda tutilgan hollarda Bitim Davlat
sherigi tomonidan bir tomonlama, 7.2.4.–7.2.6. bandlarida nazarda tutilgan hollarda esa
tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yoki sud tartibida bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |