Homilador ayol giyohvand bo`lsa, u qabul qilgan narkotik modda kindik qoni orqali muntazam ravishda homilaga o`tib turishi natijasida, uning organizmi mazkur narkotik moddaga o`rganib qoladi va homila tug`ma giyohvand kasalligi bilan tug`iladi. - Homilador ayol giyohvand bo`lsa, u qabul qilgan narkotik modda kindik qoni orqali muntazam ravishda homilaga o`tib turishi natijasida, uning organizmi mazkur narkotik moddaga o`rganib qoladi va homila tug`ma giyohvand kasalligi bilan tug`iladi.
- Homilador ayolning turli xil kasalliklari tufayli, homilaning qalqonsimon bezini funksiyasi pasayishi yoki butunlay yuqolishi natijasida, u tug`ma gipotireoz kasalligi bilan tug`iladi.Bunday bola umr bo`yi tireoidin gormonini qabul qilib yashashga majbur bo`ladi. Aks holda uning jismoniy, ayniqsa, aqliy rivojlanishi normal bo`lmaydi.
- Ayrim tug`ma kasalliklar tog`risida quyida qisqa ma`lumot beriladi.
Sitomegaliya. - Tug‘ma kasallik bo‘lib, so‘lak bezlari va ichki a’zolarning zararlanishi bilan xarakterlanadi. Uni sitomegaliya virusi qo‘zg‘atadi. Virus homila tanasining hujayralarini zararlab, gigant hujayralar (sitomegallar) hosil qiladi. Bu hujayralarni so‘lak bezlari suyuqligida, orqa miya suyuqligida, siydikda laboratoriya usuli yordamida aniqlab tashhis qo`yish mumkin.
- Belgilari: Ko‘pincha bola chala tug‘iladi. Uning terisi sarg‘aygan, jigar va talog‘i kattalashgan bo‘ladi. Ayrim chaqaloqlarda meningoensefalit, gemolitik kamqonlik, gemorragik diatez kasalliklarining belgilari yuzaga keladi. Chaqaloq vaqti-vaqti bilan tirishadi, tana harorati 38-400 gacha ko‘tariladi.
- Agar chaqaloq sog‘lom tug‘ilib, ikki-uch oydan keyin unda mazkur kasallikning belgilari paydo bo‘lsa, virus bola tug‘ilgandan keyin yuqqan hisoblanadi.
- Tibbiy yordam: 1.Sitomegaliya virusiga qarshi maxsus davolash usuli yo‘q.
- 2.Antibiotiklar, gamma-globulin, A,B,C vitaminlari qo‘llanadi.
- Oldini olish. Homilador bo‘lishni rejalashtirgan ayol o`zida sitomegaliya kasalligi bor-yo`qligini aniqlash uchun bakteriologik laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak. Agar virus borligi aniqlansa, davolash tadbirlari o`tkazilgandan keyin homilador bo`lish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |