Is va mv zv n I 90 sih vA ra an vD xn a a o


Kalkulatsiyaning mazmuni va turlari


Download 5.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/94
Sana01.11.2023
Hajmi5.82 Mb.
#1736862
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-BUXGALTERIYA HISOBINAZARIYASI

6.2. Kalkulatsiyaning mazmuni va turlari
Kalkulatsiya - tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx degan- 
da malisulot tayyorlash yoki xizmat ko'rsatish uchun ketgan xara- 
jatlam ing puldagi ifodasi tushuniladi. U shbu usul dan korxona 
mulklaridan b a’zilarining hisobini yuritishda foydalaniladi. M a­
salan, ishlab chiqarilgan malisulot, material tannarxini aniqlash. 
Shuningdek, savdo korxonalaridagi m uom ala xarajatlari, mod- 
dalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlash- 
da ham kalkulatsiyadan foydalaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining «Tasdiqlangan xarajatlar to ‘g ‘risida»gi 
nizom ida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida vujudga keladi- 
gan xarajatlar tarkibi yoritib berilgan.
Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy 
b o g liq bo'lgan. Umuman, e ’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining 
ham ma usuli ham o'zaro uzviy bog‘langan. Kalkulatsiya usulining 
schyotlar tizimi bilan b o g ‘liqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi ta­
lab etilayotgan m ablag' bilan bog'liq xarajatlar tegishli schyotlarda 
aks ettiriladi. Baholash bilan kalkulatsiyaning bogTiqligi shundaki, 
kalkulatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida h i­
sobga olinadi.
132


Turli m a b la g ia r tannarxi kalkulatsiya yordamida aniqlanadi, 
masalan, mehnat buyumlari, tayyorlangan mahsulot, sotilgan tovar 
(ish, xizmat)lar tannarxi ham kalkulatsiya yordamida aniqlanadi. 
Barcha m a b la g ia r tannarxi hisoblanayotganda korxona xo‘jalik ja- 
rayonlaridagi - ta in in o t, ishlab chiqarish, sotishdagi xarajatlari hi­
sobga olinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulot, ba- 
jarilgan ishlar, k o ‘rsatilgan xizmatlar tannarxini hisoblashning us- 
lubiy asosi b o lib , 1995- yilning 1- yanvaridan amaliyotga joriy 
qilingan va Vazirlar M ahkamasining 1999- yilning 5- fevralidagi 
54-sonli qarori bilan qayta k o ‘rib chiqilgan «Mahsulot (ishlar, xiz­
matlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to ‘g ‘risida»gi Nizom hi­
soblanadi.
Ushbu N izom da barcha xarajatlar quyidagicha guruhlangan:
1. M ahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xara­
jatlar (bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan 
xarajatlar kiradi):
- bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
- bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
- boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jum ladan, ishlab 
chiqarish xususiyatlariga ega b o lg a n ustam a xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy 
faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga 
kiritiladigan xarajatlar (bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda bev­
osita qatnashmaydigan xarajatlar kiradi):
- sotish xarajatlari;
-b o sh q arish xarajatlari (m a’muriy sarf-xarajatlar);
- boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning umum x o ‘jalik faoliyatidan 
olingan foyda va zararlami hisoblab chiqishda hisobga olinadigan 
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xara­
jatlari:
- foizlar b o ‘yicha xarajatlar;
133


- xorijiy valyuta bilan operatsiya b o ‘yicha salbiy kurs tafovut-
lari;
-q im m a tli qog4ozlarga qo'yilgan m ablag‘lami qayta baholash;
- moliyaviy faoliyat b o ‘yicha boshqa xarajatlar.
Yuqorida m ahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan 
xarajatlar keltirib o lild i.
M ahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita m od­
diy xarajatlar, bevosita hamda bilvosita m ehnat xarajatlari, shun­
ingdek boshqa xarajatlar moddalari mavjud b o ‘lib, ular Nizomda 
keng yoritilgan. Obyekt tannarxi kalkulatsiya qilinayotganda uning 
qay darajada aniq b o lis h i hisobni to ‘g ‘ri yuritilishiga, xarajatlam- 
ing tegishli schyotlarda aks ettirilishiga b o g liq d ir.
Bunga erishish uchun xarajatlar analitik 
hisobini 
to ‘g ‘ri 
y o lg a qo'yish, xarajatlar bilan b o g iiq , x o ‘jalikni yaxshi y o lg a
qo'yish, shuningdek, xarajatlar moddalarini guruhlanishini yaxshi 
o ‘zlashtirib olish kerak b o lad i.
Mahsulot tannarxining to ‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davr- 
lar bo'yicha to‘g ‘ri taqsimlash kerak b o la d i. Bunday holat gazeta 
va jum allar uchun korxonalar obunasi davrida, shuningdek, yangi 
mahsulot ishlab chiqarish bilan b o g iiq xarajatlar sarflangan davr- 
da yuzaga keladi.
M a’lumki, korxonalar obunani yilning oxirgi oylarida amalga 
oshiradilar, obuna to lo v la ri ham shu oylarda to lan ad i. Vaholanki. 
obuna kelgusi yilning 12 oyi uchun m oljallangan. Shuning uchun 
ham obuna tolovlarini kelgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiq- 
ish tegishli davr xarajatlariga qo‘shish maqsadlidir. Agar to lan g an
obuna haqlari shu to lan g an oydagi xarajatlar tarkibiga birdaniga 
q o ‘shilsa, shu oydagi xarajatlaming miqdori sun’iy ravishda oshib 
ketishiga olib kelishi tabiiydir.
Ahamiyat berib qaralsa, obuna xarajatlari kelgusi davrga te- 
gishligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shunga o ‘xshash xara­
jatlar hisobi uchun «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 - schyot 
m oljallangan.
134


Xarajatlar am alga oshirilganda, hisobi «Kelgusi davr xara­
jatlari» 3100 - schyotda yuritiladi. Xarajat mahsulot tannarxiga 
qo‘shilishi kerak b o ‘lgan davrda, kelgusi davr xarajatlari schyotid- 
an joriy davr xarajatlari schyotiga o ‘tkazib boriladi.
Kelgusi davr bilan bog‘liq xarajatlarga yana quyidagi misolni 
keltirish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish korxonasida yoki um u­
miy ovqatlanish korxonasida yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan 
b o g liq xarajatlar (xomashyo, mehnat haqi va hokazo) joriy davr­
da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx 
noto‘g ‘ri hisoblanishiga olib keladi. Yangi mahsulot turi tajriba va 
turli boshqa tekshiruvlardan o ‘tib, uni keng m iqyosda ishlab chiqa­
rish y o ‘lga q o ‘yilganidan so‘ng, kelgusi davr xarajatlari schyotida 
hisobga olib q o ‘yilgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxiga bir necha davr (oylar) davomida taqsimlab bo­
riladi.
Korxonada m avjud b o ‘lgan asosiy vositalam ing jism oniy es- 
kirishi natijasida ta ’mirlash ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy 
vositalami kapital ta ’mirlash ishlari uchun k o ‘p miqdordagi xara­
jatlar sarflanishini e ’tiborga olsak, ta ’mirlash ishlari bajarilgan 
davrdagi xarajatlam i, y a ’ni mahsulot tannarxini birdaniga oshib 
ketishi kuzatiladi. M ahsulot tannarxini bir davrda birdaniga oshib 
ketishining oldini olish maqsadida, asosiy vositalar ta ’mirlash ish­
lari yuzasidan zahira hisoblab boriladi.
Zaxira hisoblash 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya Vazirligi 
ruxsati bilan tashkil etiladi. Zaxira hisobini yuritish uchun - 8910
«Kelgusi davr to ‘lovlari va xarajatlari yuzasidan zahira» passiv 
schyoti m o ljallangan. Zaxira hisoblanganda ham shu oydagi xara­
jat (Debet 2010, 2310, 2510, 9400) ham da zahira (Kredet 8910) 
ko‘payadi. Shunday qilib, har oyda m a ’lum bir miqdorda m ahsu­
lot tannarxiga q o ‘shib borish natijasida vujudga kelgan zahira hiso- 
bidan ta ’mirlash ishlari bajariladi. U vaqtda xarajat ko‘paymaydi, 
balki, zahira summasi kamayadi.
Zaxiralar ko‘rinishidagi xarajatlarga ishchi va xodim lam ing 
mehnat ta ’tili kunlari uchun hisoblanadigan mehnat haqi xarajatla-
135


rini ham misol tariqasida keltirish mumkin. M a’lum ki, mehnat 
kodeksiga ko‘ra, ishchi va xodim lar bir yilda bir m arta mehnat 
ta ’tilini olish huquqiga egadir. B a’zi bir korxonalarda ishchilar so- 
ni ko‘p b o ‘ladi. M a’lumki, ko‘pchilik shaxslar mehnat ta ’tilini yoz 
oylarida olishga harakat qilishadi. Agar m ehnat haqlari mahsulot 
tannarxiga qo‘shilishini e ’tiborga olsak, yoz oyida ishlab chiqa- 
rilayotgan mahsulot tannarxini su n’iy ravishda birdaniga oshib 
ketishi ro ‘y berishini tushunish mumkin. Sababi m ehnat ta ’tiliga 
chiqqan xodim larga ham, ular o‘m iga m ehnat qilayotgan xodimlar- 
ga ham mehnat haqi hisoblanishi kerak. Sun’iy ravishda mahsulot 
tannarxini mehnat ta ’tili kunlari uchun hisoblangan xarajatlar hiso­
biga oshib ketishining oldini olish maqsadida zahira hisoblab bo­
riladi. Zaxira umumiy summasi y ig ‘ilishi uchun bir miqdorda oy- 
ma-oy mahsulot tannarxi oshishi hisobiga zahira hisoblab boriladi.
M ehnat ta ’tili uchun ish haqlari hisoblanayotgan oyda xarajat 
k o ‘paymasdan zahira summasi kamayadi va shu yo‘l bilan m ahsu­
lot tannarxini sun’iy ravishda oshishining oldi olinadi. Hisoblab bo- 
rilgan zahira summalari ortib qolsa, korxona foydasiga o ‘tkaziladi. 
Shubhali qarzlar yuzasidan zahiralar ham korxona zararini birdan­
iga oshishiga yo‘l q o ‘ymaslik m aqsadida tashkil etiladi. Hisobi esa 
4910 «Shubhali qarzlar yuzasidan zahira» passiv schyotida yuriti- 
ladi. Bunda har oyda Debet 9430 Kredit 4910 buxgalteriya provod­
kasi am alga oshiriladi. Shubhali qarzlar yuzasidan y ig ‘ilgan zahira 
hisobidan kreditorlik qarzlari qoplansa, quyidagi buxgalteriya pro­
vodkasi yoziladi:
Dt 4910 «Shubhali qarzlar yuzasidan zahira»;
Kt 4010 «Olinadigan schyotlar».
Savdo korxonalarida muomala xarajatlari bo‘lib, ular hisobi 
9410 schyotda yuritiladi. Muomala xarajatlarinmg 23 ta moddasi 
mavjuddir. Sotilgan tovarlar uchun muomala xarajatlarini kalku- 
latsiya qilinishi tovar uchun savdo ustamasini aniq belgilash im- 
koniyatini yaratadi. Masalan, muzlatgich bilan bog‘liq xarajatlar 
(shu muzlatgich eskirish summasi, ta ’mirlash xarajatlari, elektroen- 
ergiya sarfi uchun to ‘lov summalari)ni muzlatgichda saqlanadigan
136


tovarlar miqdori o ‘rtasida proporsional taqsiinlash zarur, y a’ni mu- 
zlatgichda oy davomida saqlangan jam i tovarlar miqdorida tovami 
necha foizni tashkil etishi aniqlab olinadi, so‘ngra muzlatgich bilan 
b o g liq b o ‘lgan barcha xarajatlam ing shuncha foizi tegishli tovar 
bilan bog‘liq xarajatga q o ‘shiladi.
Reklam a xarajatlari reklama qilingan tovarlar miqdoriga mos 
ravishda taqsimlanadi. Savdo korxonasi umumiy tarzda reklama 
qilingan bo ‘lsa, oy davomida sotilgan jam i tovarlar b o ‘yicha har bir 
tovam ing miqdori foizlarda aniqlanib, so ‘ngra shu foizlarga k o ‘ra 
reklama umumiy xarajatlari sotilgan tovarlar o ‘rtasida taqsimlana­
di. Savdo korxonalarining hisob tizim ida bunday hisob ishlari
«M uomala xarajatlari kalkulatsiyasi» fanida o ‘rganilgan. Bu 
fan hozirgi vaqtda amaliyotda kam roq qoilanilm oqda. Ammo 
savdo korxonalarida sotilgan tovarlarga tegishli transport xara- 
jatlarining aniqlash amaliyotda q o ‘llaniladi. Bu bilan oy davom i­
da sarflangan transport xarajatlarining jam i shu oydagi xarajatlar­
ga qo‘shilishining oldi olinadi. Sababi qabul qilingan tovarlam- 
ing barchasi shu oyda sotilmaydi-ku, shuning uchun ham sotilmay 
qolgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari aniqlanib, transport 
xarajatlarining qoldig‘i sifatida qolishi kerak.
Sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari esa joriy davr 
muomala xarajatlariga qo‘shiladi va foyda hisobi dan qoplanadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kalkulatsiya orqali mahsulot 
tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisob­
lanadi. Olingan foyda (daromad)dan soliq summasi hisoblanishini 
e ’tiborga olsak kalkulatsiya o ‘m ini, ahamiyatini bilish qiyin emas.
Baholash - x o ‘jalik m ab lag lari, m ajburiyatlar va x o ‘jalik j a ­
rayonlarini pul o lc h o v birligida aks ettirish usulidir. Bundan bux­
galteriya hisobida xo‘jalik m ab lag lari va ularning kelar manbalari, 
majburiyatlari va x o ‘jalik jarayonlarini faqat pul o ‘lchov birligida 
ifodalanadi degan xulosa kelib chiqadi.
Korxona mulklari baholanayotganda ulam ing tuzilishi, foy- 
dalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli m o‘ljali kabi
137


xususiyatlari e'tiborga olinadi. X o ‘jalik m a b lag ia ri baholanayot- 
ganda haqiqiylik va bir xillik qoidalariga amal qilinishi shart.
K alkulatsiya tannarxni aniqlash dem akdir. Tannarx bu m ah­
sulot tayyorlash yoki xizmat k o ’rsatish uchun ketgan xarajatlar- 
ning puldagi ifodasidir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan 
b a ’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. M asalan, ishlab chiqa- 
rilgan m ahsulot, material tannarxini aniqlash. Shuningdek, savdo 
korxonalaridagi m uom ala xarajatlarining m oddalari summalarini 
tovarlar b o ‘yicha tegishli ravish da taqsim lashda ham kalkulatsi- 
yadan foydalaniladi.
Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda m iq­
dori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdi- 
ki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o ‘zaro boglangandir. 
Shuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruh- 
lanishi to ‘g ‘risida tushunchaga ega b o ‘lish maqsadga muvofiqdir. 
«M ahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xara­
jatlarining tarkibi ham da moliyaviy natijalam i shakllantirish tarti- 
bi to‘g ‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr 
xarajatlariga b o iin ad i. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqaril- 
gan m ahsulot tannarxini tashkil etadi. Davr xarajatlari korxonaning 
foyda yoki zararlari hisobidan qoplanadi.

Download 5.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling