Ish beruvchi va xodimning majburiyatlari va buxgalteriya hisobi


Download 77.33 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi77.33 Kb.
#1613197
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishu taqdimoti

Xodimning majburiyatlari

  • 1) mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda xavfsiz mehnat muhitini yaratishda ishtirok etish;
  • 2) ish beruvchi tomonidan belgilangan mehnat va dam olish vaqti jadvaliga rioya qilish;
  • 3) belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
  • 4) taqdim etilgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va ularni yaxshi holatda saqlash;

Xodimning huquqlari

  • 1) ish beruvchidan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratishni, jamoaviy va individual himoya vositalarini berishni talab qilish;
  • 2) ish muhitidagi xavf-xatarlar, mehnat muhiti bo'yicha o'tkazilgan xavf tahlili natijalari, sog'liqqa zarar etkazilishining oldini olish bo'yicha ko'rilgan choralar, tibbiy ko'rik natijalari va mehnat inspektori tomonidan ish beruvchiga berilgan ko'rsatmalar to'g'risida ma'lumot olish. ;
  • 3) jiddiy, muqarrar yoki bevosita baxtsiz hodisa xavfi yuzaga kelganda ishni to'xtatib turish va ish joyini yoki xavfli zonani tark etish;

Ish beruvchi majburiyatlari

  • xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilish;
  • xodimga dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish, ta’til berish;
  • xodimning mehnatiga haq to‘lash;
  • xodimning sog‘ligi va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash;
  • xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratish;
  • xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish.

Ish beruvchining huquqlari

  • korxona, tashkilot va muassasani boshqarish va qaror qabul qilish;
  • yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
  • ishni bajarishni xodimdan talab qilish;
  • o‘z manfaatida jamoat birlashmasiga birlashish.

Xulosa

  • Mehnat shartnomasi ish beruvchiga o'z manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda o'ziga kerakli ishchilarni erkin tanlash imkoniyatini maksimal darajada ta'minlaydigan huquqiy shakldir. Binobarin, mehnat shartnomasida mehnat erkinligi va mehnat munosabatlarini tartibga solishning shartnomaviy prinsipi aks ettirilib, tomonlarga mehnat bozoridagi shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqib, bir-birini erkin va ixtiyoriy tanlash imkonini beradi. Bu mehnat shartnomasining muhim ijtimoiy va iqtisodiy rolini ko'rsatadi, lekin uning ma'nosi kengroqdir.
  • Mehnat bozori sharoitida mehnat erkinligi har bir fuqaroga (shaxsga) mehnat shartnomasi asosida erkin ixtiyoriy kasb tanlash va tegishli ishni bajarish huquqini amalga oshirish imkonini beradi. Shunday qilib, mehnat shartnomasi mehnat erkinligini amalga oshirishning asosiy shakli bo'lib, mehnat qilish, o'z mehnati bilan tirikchilik qilish istagida bo'lgan har bir kishi uchun mehnat qilish huquqini o'z ichiga oladi.

Download 77.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling