«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet52/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
15-lab

22-LABORATORIYA ISHI
MITSELLADAGI YOG'NING MASSA ULUSHINI
ANIQLASH
Umumiy tushunchalar. Ekstraksiya uchun foydalaniladigan organik erituvchidagi yog' eritmasi missella deyiladi.Uning konsentratsiyasi yog' bo'yicha massa birligida (prosentda) ifodalanadi.Bu ko'rsatkichni aniqlash texnologik rejimga rioya qilish maqsadida ekstraktor va distillyatorlar ishini nazorat qilish uchun juda zarur hisoblanadi.
Asboblar: 2-sinf laboratoriya tarozisi, 100 sm3 hajmli sayqallangan tiqinli konussimon kolba, quritish shkafi, qum yoki suv hammomi, sovutgich, 50 sm3 li o'lchov silindri.
Ishning bajarilishi.Laboratoriya tarozisida 20-25gr missella tortilib, quritilgan, tortilgan, tiqinli konussimon kolbaga quyiladi. Erituvchi, suv yoki qum hammomidan foydalanib qayta haydash qurilmasida haydaladi. Qolgan yog'ni 100-105°Cda doimiy og'irlikkacha quritiladi.Tarozida tortishlar 0,0001gr aniqlikda olib boriladi.Mitselladagi yog'ning massa ulushi X(%da) quyidagi formuladan topiladi.

X=(m3- m2/m1 –m2)*100


bu yerda: m1-kolbani missella bilan og'irligi, gr;
m2 - bo'sh kolbaning og'irligi, gr,
m3-kolbaning yog' bilan og'irligi, gr.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq nisbiy 10%dan oshmasligi kerak.


23-LABORATORIYA ISHI
SHROTDAGI XOM YOG' , SHELUXA,XOM PROTEINNING MASSA
ULUSHINI ANIQLASH
23.1.Shrotdagi xom yog’ning massa ulushini aniqlash
Bu ko'rsatkich standart bilan reglamentlangan va ishlab chiqarishda yog'ning umumiy yo'qolishiga, shuningdek uni chiqishiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bu ko’rsatkichni Sokslet, Zaychenko apparatlarida to'liq ekstraksiyalash, qisqa muddatli ekstraksiyalash (asosan paxta shroti uchun) bilan, interferometrik, refraktometrik usullari bilan va Foss-Lett apparatidan foydalanib aniqlash mumkin. Bu usullar yuqoridagi bo'limlarda mukammal bayon etilgan.
Quyida ayrim izohlar berilgan.
Zaychenko apparatidan foydalanilganda laboratoriya namunasidan 40gr atrofida shrot ajratib olinadi. Maydalangandan so'ng material yaxshilab aralashtiriladi. 0,0001gr aniqlikda 5gr tortma olinadi. Analizning davomi urug’dagi moyning massa ulushini aniqlash bo'limdagi ishning bajarilishi bayoniga mos keladi.
Shrotdagi xom yog'ning massa ulushini refraktometrik usul bilan aniqlanganda tortmani 4-sinf laboratoriya tarozisida 0,01gr aniqlikda, monobrom- yoki monoxlornaftalin tortmasini esa 2-sinf laboratoriya tarozisida 0,001g aniqlikda olinadi.
Erituvchi va material miqdori orasidagi nisbatga qat'iy rioya qilish lozim, u 2:1 bo'lishi kerak. Tortma olishni ketma-ketligi, material tortmasini massasi, shuningdek aniqlash usuli qobiqdagi efirda eruvchi moddalar xom yog’larning massaulushini aniqlash bo'limdagi ishning bajarilishi bayoniga mos keladi.
Haqiqiy namlikda shrotdagi xom yog'ning massa ulushi X(%da) quyidagi empirik formula bo'yicha hisoblanadi.
X=650 (Δn)2 + 189,5Δn +0,281
bu yerda:Δ- erituvchi va missellani nur sindirish ko'rsatkichlari orasidagi farq;
650;189,5;0,281-tajriba yo'li bilan olingan koeffitsientlar.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,15%dan oshmasligi kerak.
Shrotdagi xom yog'ning massa ulushini quruq moddaga nisbatan qayta hisoblash (6) formula bo'yicha olib boriladi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling