«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet57/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Bog'liq
15-lab

X = (m2 – m1)100/m
bu yerda: m1 -quritilgan cho'kmali filtr og'irligi, gr,
m2-cho'kmasiz filtr og'irligi, gr,
m - moy ogirligi, gr.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,04dan oshmasligi kerak.


25.4.Yog'dagi cho'kmani hajmiy miqdorini aniqlash
Asboblar: suv hammomi; 100°Cli termometr; 400 sm3 hajmli kimyoviy stakan; 0,5 sm3 bo'linish bilan 100 sm3 hajmli shisha o'lchov silindrlari.
Ishning bajarilishi. 120 sm3 atrofidagi tahlil qilinayotgan yog'ni suvli hammomda 50°C haroratgacha isitiladi, keyin ohista 20°C gacha sovitiladi, aralashtiriladi va 100 sm3li silindrga quyiladi.
Silindr 15-20°C haroratda 24 soatga qoldiriladi.
Cho'kmani sm3 dagi miqdorini hajmiy ulush deb qabul qilinadi va %da ifodalanadi.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,5%dan oshmasligi kerak.


26-LABORATORIYA ISHI
O'SIMLIK YOG'LARINING RANG SONINI ANIQLASH

Rafinasiyalangan va rafinasiyalanmagan o'simlik yog'larining rang soni ulardagi pigmentlar majmuasi (karotin, karotinoid, xlorofill, gossipol va b.)ni sifat va miqdoriy tarkibini ko'rsatadi.


Och rangli o'simlik moylarini rangliligi rang soni bilan xarakterlanadi. Rang soni, yodning 100 ml standart eritmasidagi erkin yodni mg miqdori bilan ifodalanadi.
Och rangli moylarning rang sonini yodning standart eritmalari shkalasi yoki kolorimetr yordamida aniqlash mumkin.
Paxta moyini rangliligi, belgilangan sariq rang ishtirokida, aniqlangan qizil rang birligini miqdori bilan ifodalanib, rang o'lchagich yordamida aniqlanadi.


26.1.1.Och rangli moylar rangini aniqlash
Usul prinsipi. Bu usul tekshirilayotgan moy rangini yodning standart eritmalari rangi bilan taqqoslashga asoslangan.
Aniqlash uchun oldindan tayyorlangan standart rang shkalasidan foydalaniladi. Unda ichki diametri 10 mm bo'lgan rangsiz shishadan tayyorlangan probirkalarda turli konsentrasiyadagi yodning kaliy yoddagi eritmalari solingan bo'ladi. Bu etalonlarning rang soni (mg J2 da) quyida berilgan.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling