«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Asbob. VNIIJ-16 rang o'lchagichi Ishning bajarilishi


Download 0.88 Mb.
bet59/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
15-lab

Asbob. VNIIJ-16 rang o'lchagichi
Ishning bajarilishi. Oldindan filtrlangan moy namunasi kyuvetaga solinadi va asbobning pastki oynasi oldiga qo'yiladi. Yorug'lik oqimiga sariq filtr kiritilib, ko'rish maydonchasining har ikkala qismidagi ranglar prizmani siljitish dastasi yordamida tenglashtiriladi. Agar ranglar tengligiga erishilmasa, u holda 10, 20, 30 birlikda yorug'lik oqimini beradigan qizil filtrlar kiritiladi yoki 40, 50 birlikda yorug'lik oqimini beradigan 2 ta filtr kiritiladi va klin shkalasi bo'yicha hisoblaganda bu birliklar qo'shiladi.
Rafinatsiyalanmagan paxta moyini rangi doimiy 35 sariq filtrda 1sm qalinlikdagi kyuvetada, rafinasiyalanmagan paxta moyini rangi esa doimiy 35 sariq filtrda 13sm qalinlikdagi kyuvetada aniqlanadi.
Moyni rangi kyuvetani qalinligi va sariq filtrlarni raqami yoki raqamlar summasi ko'rsatilgan holda klin shkalasi bo'yicha qizil birliklarda ifodalanadi.
Ranglilik uchun 3-5 o'lchashlarning o'rtacha aritmetik qiymati qabul qilinadi.
Ikkita parallel o'lchashlar orasidagi farq 2-18 qizil birlik intervalida 1 birlikdan, 18 dan yuqori intervalda esa 2 birlikdan oshmasligi kerak.


26.2.Yog'larning kislota sonini aniqlash
Yog'larni kislota sonini aniqlashning mohiyati shundan iboratki, ularni ma'lum miqdori erituvchilar aralashmasida eritiladi va erkin yog' kislotalarni kaliy gidroksidning suvli yoki spirtli eritmasi bilan titrlanadi.
Kislota soni (k.s.) deb, bir gramm yog'dagi erkin yog' kislotalarini neytrallash uchun kerak bo'lgan kaliy gidroksidning mg miqdoriga aytiladi. Erkin yog kislotalarning miqdori moyli xomashyoning sifatiga, yog' va moyni olish usuliga, uni saqlash sharoitiga va boshqalarga bogʻliq.
Kislota soni yog'larning asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Yog'larni kislota sonini aniqlashning bir necha usullari ma'lum: indikatorli, tuzli va potensiometrik. U yoki bu usulni tanlash yog'ni turi va sifatiga bog'liq bo'ladi.


26.2.1.Yog'larni kislota sonini indikatorli usul bilan aniqlash
Bu usul yordamida rafinasiyalangan och rangli moylarni, rafinasiyalangan paxta moyini va to'q rangli moylarni kislota soni aniqlanadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling