Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi. 
Loyihalangan texnologik jarayon standartlar asosida tuzilgan kartalarda 
rasmiylashtiriladi. Bunday kartalarga quyidagilar kiradi: 
a) marshrut kartasi (GOST 3.1404-71). Bu kartada texnologik jarayonni tashkil 
etuvchi barcha operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi va tartibi ifodalanadi. Bundan 
tashqari, dastgoh, moslama, kesuvchi asbob va o‘lchov asboblari to‘g‘risidagi 
ma‘lumot mujassamlashtiriladi. 
b) eskizlar kartasi (GOST 3.1404-74). Bu kartada texnologik jarayon 
operatsiyasining grafik tasviri aks ettiriladi. 
v) operatsiyalar kartasi (GOST 3.1404-71). Bu kartada texnologik jarayon 
operatsiyasi to‘la ifodalangan bo‘lib, har bir texnologik o‘tish, holatlar ifodalanib, 
dastgoh, kesuvchi yoki yordamchi asboblar, o‘lchov asboblari hamda kesish maromlari 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar keltiriladi. Ushbu kartadan sovutish-moylash suyuqliklari 
to‘g‘risidagi ma‘lumot ham ko‘rsatiladi. 
 
3.2.6-§. Texnologik jarayonlarni tasnifi 
Ishlab chiqarish sharoitiga va maqsadiga qarab loyihalanuvchi texnologik 
jarayonlarning turli ko‘rinishi va shakli qo‘llaniladi. Texnologik jarayonlarning 
ko‘rinishi, jarayon bilan qamrab oluvchi buyumlarning soni bilan aniqlanadi (bitta 
buyum, bir tipdagi yoki har xil tipdagi buyumlar guruhi). 


Yagona texnologik jarayon - bu bir nomli, tip o‘lchamli va ishlab chiqarish 
turiga bog‘liq bo‘lmasdan bajarilgan buyumni tayyorlash yoki ta‘mirlash texnologik 
jarayoniga tushuniladi (GOST 3.1109-82). Yagona texnologik jarayonlarni ishlab 
chiqish original buyumlar uchun xarakterlidir (detallar, yig‘ma birliklar), ya‘ni 
korxonada oldinroq tayyorlangan buyumlar bilan umumiy konstruktiv va texnologik 
belgilari bir bo‘lmagan buyumlar. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling