Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Sistematik doimiy xatoliklarga


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Sistematik doimiy xatoliklarga: texnologik tizimning geometrik, kinematik va 
asbobni o‘lchamga sozlash xatoliklarini kiritish mumkin. 
Sistematik o‘zgaruvchan xatoliklarga: texnologik tizimning haroratdan 
deformatsiyalanishi va keskich asboblarining o‘lchamli yeyilishi va jihozlar. 
Tasodifiy xatoliklarga: ishlanuvchi tanavorlar partiyasining kesib tashlanuvchi 
qatlamlarining turli o‘lchamda kelishi, har bir tanavor sirti bo‘ylab qattiqligining har 
xilligi tufayli texnologik tizim elementlari deformatsiyalanishining o‘zgaruvchanligi, 
noma‘lum ichki kuchlanishining mavjudligi, o‘rnatuv xatoligi va jihoz xatoliklarni 
kiritish mumkin. 
 
 
 


2.2.2-§. Sistematik doimiy va o‘zgaruvchan xatoliklar 
Sistematik o‘zgaruvchan xatoliklarga texnologik tizimning haroratdan 
deformatsiyalanishi kiradi. Dastgohlarning uzluksiz ishlashidan, uning ba‘zi–bir 
elementlari asta-sekin qizib borishi, tanavorlarga ishlov berishning sistematik 
o‘zgaruvchan xatoliklari paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Dastgohlar va ularning alohida qismlari (shpindel–babkasi, stollari, staninasi, 
ketingi babkasi va boshq.) isishining asosiy sabablaridan, dastgohning harakatlanuvchi 
mexanizmlarida (podshipniklarida, tishli uzatmalarida) ishqalanishga kuch sarflash
suyuqlik uzatmalarida, elektr qurilmalarida, ichiga o‘rnatilgan elektr motorida hamda 
sovutgich suyuqlikning kesish zonasidan toshib chiquvchi issiqlikka va tashqi 
manbalardan (yaqin joylashtirilgan batareyalardan), tashqi quyosh nuridan o‘z o‘rnida 
yotib qizishlar hisoblanadi. 
Aniqlikka jiddiy ta‘sir qiluvchi sababga shpindel babkasining qizishi kiradi. 
Ishlash jarayonida dastgoh shpindel babkasining asta–sekin isib borishi va uning 
vertikal hamda gorizontal (ishchiga qarab) yo‘nalishlarida siljishi kuzatiladi. 
Bunda oldingi babka qutisining har xil nuqtalarida 10 dan 50
o
S – gacha 
haroratda issiqlik o‘zgarib boradi. Eng yuqori darajadagi issiqlik shpindel 
podshipniklari va tezyurar vallar podshipniklari o‘rnashgan joylarda bo‘lib, korpusli 
detallar o‘rtacha haroratidan 30–40% ga ortiqroq bo‘ladi. 
2.11–rasmda tokarlik dastgohi oldingi babkasining shpindeli o‘qining gorizontal 
yo‘nalishidagi siljishi ko‘rsatilgan. Dastgoh yurgizilgandan so‘ng boshlang‘ich 
davridagi isishi, shpindelni ishchiga qarab siljishiga olib keladi. 
Bu esa ishlanuvchi tanavor (yirik vallarni ishlashda) o‘lchamlarini, shaklini 
uzluksiz ravishda o‘zgartirib borib, sistematik o‘zgaruvchan xatolik paydo bo‘lishiga 
sababchi bo‘ladi. 
Кo‘rinib turibdiki, sistematik o‘zgaruvchan xatolik oldingi babka shpindeli 
o‘qini gorizontal surilishining ikkilangan miqdoriga teng. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tanavorlarni patronda ishlashdagi gorizontal 
surilish, markazlarda ishlashdagiga qaraganda ko‘proq bo‘lib, 17 mkm gacha etadi. 


Shpindel aylanish chastotasi n-ni orttirilganda uning siljishi proporsional 
ravishda ortadi. 
2.11-rasm. Tokarlik dastgohi old babkasi o‘qining markazlarda ishlov berganda haroratdan 
qizishida gorizontal siljishi. (A.P. Sokolovskiy). 
Shpindel o‘qining siljishi kuzatiluvchi oldingi babkaning harorati 3–5 soatni
tashkil qiladi, bundan keyin esa harorat va shpindel o‘qi holati muvozanatlashadi. 
Dastgoh to‘xtatilganida, u asta–sekin soviy boshlaydi va shpindel o‘qi o‘z holatiga 
siljib qaytadi. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi, ya‘ni, dastgohning deformatsiyasi bilan 
bog‘liq bo‘lgan ishlov berish xatoligini yo‘qotish uchun, dastgohni 2–3 soatlar ichida 
salt yurishida boshlang‘ich qizdirilishi zarur bo‘ladi. Navbatdagi tanavorga ishlov 
berishni esa dastgohga dam bermay bajarishga to‘g‘ri keladi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling