KIRISH
Bugungi kunda yer yuzida globallashuv atamisi kirmagan joy qolmadi. Chunki globallashuv,sanoatlashtirish,xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo shuningdek xizmatlarning autsorsingi jahon mamlakatlarining iqtisodiyotida qolaversa pul-kredit qarorlarida muhim bir jihatni ko`rsatmoqda. Xalqaro mehnat taqsimoti – ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayriboshlashuvidir. XIX asr o`rtalarida Yevropa mamlakatlarida juda kata miqdordagi xom ashyo,tez o`sib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasini paydo bo`lishi xalqaro mehnat taqsimotini rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotini shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri- mustamlakachilik sistemasini paydo bo`lishi hisoblanadi. XX asr boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar “Jahon qishloqlariga”,Yevropa va Shimoliy Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari “Jahon shaharlariga” aylandi.
Kurs ishining dolzarbligi. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xalqaro mehnat taqsimotining hozirgi holati va rivojlanish tendentsiyalarini o‘rganish global iqtisodiy rivojlanish fanida ushbu o‘rni va rolini baholashda mavjud bo‘lgan yoki yangi yondashuvlarni ishlab chiqish nuqtai nazaridan talab qilinadi. Unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning alohida mamlakatlar mintaqalari va butun jahon iqtisodiyoti, xususan, O`zbekiston Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’sirining ko‘lami baholash. Shuningdek, tizimdagi eng muhim bozorlar qatorida tovar va xizmatlar bozorini o`rganish muhim o`rin tutadi.Yana bir muhim jihatlardan biri dunyo mamlakatlarini xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki darajalarini baholashdan iborat. Shuningdek xalqaro mehnat taqsimotiga Rossiya-Ukraina urushi ham xalqaro savdo va mehnat taqsimotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti va haligacha dolzarbligini saqlab kelmoqda.
Kurs ishining maqsadi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining xalqaro mehnat taqsimotiga ta’sirining eng muhim jihatlari hamda uning mamlakatimiz
iqtisodiyotidagi o`rnini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, ushbu kurs ishi xalqaro mehnat taqsimotining xususiyatlari va undagi ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotining tahlili, xalqaro mehnat taqsimoting rivojlanish bosqichlarini tahlil qilishni ko`zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |