Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari


Ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omili — bu uning uchun


Download 248.74 Kb.
bet8/13
Sana23.04.2023
Hajmi248.74 Kb.
#1386731
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi uchunn

Ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omili — bu uning uchun
zarur boMgan barcha mehnat vositalari va moddiy shakldagi
ashyolardir.
Bu omilni tabiat in’om etgan boyliklar va kishilar yaratgan
mehnat vositalari tashkil etadi. Ishlab chiqarish har doim tabiatga
tayangan. Yer, suv, yerosti bovliklari, o'rmonlar va boshqalar unga
tabiiy materiallar yetkazib beradi, uning uchun moddiy sharoit
vazifasini o'taydi. Tabiat in’omi bo'lgan narsalar qayta ishlanib,
ulardan kerakli mahsulot olinadi. Tabiatda uchraydigan materiallar
undirib olingach va dastlabki ishlovdan o'tgach, xomashyoga ayla
nadi. Tabiiy xossalaridan foydalangan holda ular mahsulotga
aylantiriladi. Tabiiy resurslar qishloq xo‘jaligi, undirma sanoatuchun o'ta ahamiyatli. Yersiz dehqonchilikni tasavvur etib bo'l
maydi, o'rmonsiz yog'och sanoatini, suvsiz baliqchilik bo'lishi
mumkin emas. Qurg'oqchilik mintaqalarida, masalan, Markaziy
Osiyoda, suv yer kabi dehqonchilik uchun asosiy vosita rolini
o'taydi. Tabiat qanchalik boy bo'lmasin, baribir, bu boylikni
mehnatsiz ishlab chiqarishga jalb etib bo'lmaydi.
Tabiatning ahamiyati u beradigan boylik bilan cheklanmaydi.
Tabiat — ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitidir. Undagi
o'zgarishlar ishlab chiqarishga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, yerdagi
harorat, ko'kdagi havo oqimining o'zgarishi, kosmik nurlanish,
magnit bo'ronlari — bularning hammasi ishlab chiqarish sharoitiga
va kishilarning ishlash qobiliyatiga ta’sir etadi.
Ishlab chiqarish m a’lum sohalarda, masalan, ziroat, chor
vachilik baliqchilik va mikrobiologiya sanoatida muayyan paytda
o'simlik va hayvonlarning biologik rivoji shaklini oladi, bioximiya
jarayoni sifatida yuz beradi.
Mehnat bilan tabiatning boylik manbayi sifatidagi ahamiyati bir
xil emas. Bir mamlakat ishlab chiqarishi u yerdagi tabiiy boylikka
tayansa, boshqasiniki asosan mehnatga tayanadi. Masalan, Norve
giya, Quvayt, Saudiya Arabistonining iqtisodiy gullab-yashnashiga
asosiy hissa qo'shgan omil ular tabiatining neftga boy bo'lishidir.
Aksincha, tabiiy resurslar kamyob bo'lgan Yaponiya, Koreya Res
publikasi iqtisodiy rivojining asosiy omili mehnat, aniqrog'i intel
lektual m ehnat, ya’ni shaxsiy-insoniy omil bo'ldi. Tabiiy resurs
larning turli mamlakatlar uchun ahamiyati ularning oz yoki ko'p
bo'lishidadir. Bundan q at’iy nazar, ularning ishlatilishi mehnat
vositalariga, ularni qo'llash usulining mukammalligiga bog'liqdir.

Download 248.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling