Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari
Download 248.74 Kb.
|
Kurs ishi uchunn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegaralanishi ehtiyojga va uni qondirish vositalariga qarab muayyan vaqtda qancha ishlab chiqarish mumkinligini bildiradi.
3.6. !shlab chiqarish chegarasi
Ishlab chiqarish chegarasi qancha ishlab chiqarish zarurligi va buning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Muayyan vaqtda xohla ganicha ishlab chiqarish mumkin emas, chunki buni cheklab turuv chi omillar bo'ladi, ularni birdaniga o'zgartirib bo'lmaydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegaralanishi ehtiyojga va uni qondirish vositalariga qarab muayyan vaqtda qancha ishlab chiqarish mumkinligini bildiradi.Ishlab chiqarish chegarasini ehtiyojning katta-kichikligi, bunga resurslarning yetarli bo'lishi yoki yetishmasligi belgilaydi. Odatda ehtiyojlar tez o'sgani holda resurs imkoniyatlari bundan orqada qoladi. Shunday sharoitda qo'shimcha mahsulotni ishlab chiqarish naqadar m a’qulligi nazarda tutiladi. Qo'shim cha mahsulot chiqarish uning sarfi oshgunga qadar davom etadi. Shu chegaraga yetgach ishlab chiqarish serxarajat ishga aylanadi, shu bois sarflami tejash usulini topish zarurati paydo bo'ladi. Buning yo'li topilgach yana qo'shimcha ishlab chiqarish mumkin bo'ladi. Xulosalar 1. Resurslar ishlab chiqarishda uning omillariga aylanadi, bularga yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va informatsiya (axborot) kiradi. Bular 3 guruhga ajratiladi: moddiy-ashyoviy, shaxsiy-insoniy va informatsion omillardir. Bular ishlab chiqarishda har xil rol o'ynaydi. 2. Ishlab chiqarish omillari yaxlitlikda amal qiladi, ularning birikishi natijasida mahsulot va xizmatlarning yaratilishi yuz beradi. Mahsulotlar va xizmatlar natural va tovar shakliga ega bo'ladi. Bular pirovard ishlatilishiga qarab iste’mol buyumlaridan va moddiy resurslardan iborat bo'ladi. 3. Resurslar cheklanganidan o'sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish talab qilinadi. Samaradorlik ishlab chiqarishda olingan natijaning bunga ketgan sarflar bilan qiyoslanishidir. Kam sarflab ko'p natija olinp-ni yerda samaradorlik yuqori hisoblanadi. Samaradorlik — m ^ o ri,unumdorligi hosilasidir. Mehnat unumdorligini oshiruvchi omillar sirasiga texnika-texnologiya darajasi, ish kuchining sifati, tabiiy sharoitning qulayligi va mehnat stimullarining ta ’sirchanligi kiradi. 4. Ishlab chiqarish chegarasi b o ‘lib, bu muayyan resurslar sharoitida faqat m a’lum hajmda ishlab chiqarish mumkinligini bildiradi. Mazkur chegara ishlab chiqarish ko'lamini hosil qiladi, buni resurslar miqdori, sifati va ularning m a’lum nisbatda ishlatilishi belgilaydi. Ishlab chiqarish darajasi uning naqadar rivojlanganligini bildiradi, mehnat unumdorligida ifodalanadi. Ko'lam ishlab chiqarish umumiy hajmi bilan o'lchansa, daraja bir ishlovchiga va jon boshiga ishlab chiqarish miqdori bilan o ‘lchanadi. 5. Ishlab chiqarish doimo takrorlanib va yangilanib turadi. Tak ror ishlab chiqarish oddiy, kengaytirilgan va toraygan bo'ladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish milliy boylikni ko'paytirish sharti hisoblanadi. Milliy boylik tarkiban moddiy, tabiiy va intellektual boylikdan, bir avlodga va bir necha avlodga xizmat qiluvchi boylikdan iborat. Boylik qanchalik ko'p bo'lsa, iqtisodiy salohiyat ham shunchalik kuchli bo'ladi. Salohiyat ishlab chiqarish imkoniyatlari bo'lib, bu erishilgan va istiqboldagi salohiyatlardan iboratdir. Download 248.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling