Kapital ishlab chiqarish omili sifatida moddiy, ya’ni mehnat
vositalari shaklini oladi. Bular o'z navbatida 2 xil bo'ladi:
1. Mehnat qurollari, unga qo'l mehnati qurollari, mashina,
mexanizm, uskuna, o'lchov asboblari, hisoblash va aloqa texnikasi
kabilar kiradi.
2. Mehnat sharoitini hosil qiluvchi vositalar, bunga har xil
binolar, inshootlar, yordamchi qurilmalar, yo'llar va boshqalar
kiradi. Ishlab chiqarishda mehnat predmetlari ham bo'ladi. Nimaga
mehnat ta’sir etsa, nimani qayta ishlab undan mahsulot olinsa, shu
mehnat predmeti hisoblanadi. Bunga xomashyo, materiallar va
butlovchi qismlar kiradi. Masalan, to'qimachilik uchun paxta
xomashyosi, avtomobil zavodi uchun butlovchi qismlar kerak.
Mehnat qurollari inson bilan mehnat predmetlari o'rtasida
turadi. Ish kuchi shu qurollarni harakatga keltirib, ular vositasida
mehnat predmetlariga ishlov berib mahsulot yaratadi.Ishlab chiqarish omillari tarkibida axborot (informatsiya)
alohida o ‘rin tutadi. Bu omil moddiy yoki jismoniy kuch shakliga
ega emas, u turli m a’lumotlar tarzida bo'ladi. M a’lum axborotga
tayanilgan holda ishlab chiqarish yuz beradi, kelgan axborotga qarab
nimani, qancha ishlab chiqarish masalasi hal etiladi. Axborot ijti
moiy-iqtisodiy, demografik tabiiy-texnikaviy va siyosiy xarakterga
ega bo'ladi va shunga qarab ishlab chiqarish tashkil etiladi. Masalan,
narx oshadi degan axborot kelsa ishlab chiqarish kengaytiriladi, narx
pasayishi kutilsa buning aksi bo'ladi. Agar unumi yuqori texnika
mavjud, degan axborot bo'lsa uni qo'llash chorasi ko'riladi. Internet
m a’lumotlaridan foydalanib mahsulotni o'z vaqtida sotish, kerakli
resurslarni xarid etish va hatto sherik topish mumkin. Shu sababli
yer yuzida 2012-yil 2 mlrd kishi internetdan foydalangan.
Ishlab chiqarish omillari yaxlitlikda natija beradi, ulardan biri
bo'lib, boshqasi bo'lmasa ishlab chiqarish yuz bermaydi. Ammo
ularning funksiyasi bir xil emas, shu sababli ishlab chiqarishda ular
turlicha qatnashadi, ularning roli o'zgarib turadi. XXI asr ishlab
chiqarishi yangicha bo'lib, bu axborot texnologiyasi rolining
kuchayishiga tayanadi, chunki yuksak darajada axborotlashgan
ishlab chiqarish istiqbolli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |