Ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari
ishlab chiqarish omillari, deb aytiladi
Download 248.74 Kb.
|
Kurs ishi uchunn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 .1-rasm. Ishlab chiqarish omillari
ishlab chiqarish omillari, deb aytiladi.
Hayotiy ne’matlar yaratishda ishtirok etmay bekor yotgan resurslar ishlab chiqarish omillari bo'la olmaydi, albatta. Masalan, ishlatilmay zang bosib yotgan stanok, chirib borayotgan xomashyo, ekinni sug'ormay botqoqlik hosil qilayotgan suv, ishlamayotgan kishining mehnat qobiliyati kabilar resurs hisoblansa-da, ishlab chiqarish omili bo'la olmaydi, chunki bular noz-ne’matlarni yara tishda ishtirok etmaydi. Demak, resurslar ishlab chiqarishga kirib kelgach va harakatda bo'lgach, omillarni hosil qiladi. Hozirgi ishlab chiqarishda 5 ta omil ishtirok etishi qayd eti ladiki, bular tabiat, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ni hoyat axborot (informatsiya)dir (3.1-rasm). 3 .1-rasm. Ishlab chiqarish omillari Ishlab chiqarish omillari noz-ne’matlarni yaratishda har xil darajada ishtirok etadilar. Shunga qarab ular 3 ta guruhga ajratiladi: shaxsiy-insoniy omil, moddiy omil, axborot-informatsion omil.Shaxsiy-insoniy omil — bu ish kuchi, uning amal qilish natijasi boMgan mehnatdir. Ish kuchi — bu insonning mehnat qilishga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat soliibi har bir mehnatga layoqatli kishitlir. Mazkur qobiliyat amalda ishlatilganda mehnat yuz beradi. Ish kuchini faqat jismoniy kuch bilan cheklab bo'lmaydi. Ish kuchi sohiblari bilim, malaka, mahorat va ish tajribasining ham sohiblari bo'lattilar. Shundagina ular ishlab chiqarishdagi mahsulot yaratuvchi va xizmatlar ko'rsatuvchi kuch bo'la oladilar. Ish kuchining miqdoriy va sifat o ‘lchami bor. Miqdoran olganda — bu ishlay oladigan kishi larning soni. Sifat jihatidan — bu ishlovchilarning malaka mahorati, bilimi-tajribasidir. Jamiyatning qancha n o z-n e’matlarni yarata olishi mana shu ikki jihatga bog'liqdir. Ish kuchi shundayki, uni insondan ajratib bo'lmaydi, u moddiy shaklga ham ega emas, u insonning jismida mujassamlashgan qobiliyat. Shu sababli uni ishlab chiqarishdagi inson kapitali, deb ham atashadi. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili hisoblanadi, chunki inson meh natisiz, uning ijodisiz eng mukammal mashinalar bo'lganda ham tirikchilik ne’matlarini yaratib bo'lmaydi. Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Insoniy omilni ishchi, xizmatchi yoki dehqonning ish qobiliyati bilan cheklab bo'lmaydi. Bunga albatta tadbirkorlik qobiliyati ham kiritiladi, lekin bu alohida omil hisoblanadi. Bu o'ziga xos noyob qobiliyat bo'lib, mahsulot va xizmatlarni yaratishda tashkiliv boshqarish faoliyati bilan qatnashadi. Ishlab chiqarish yuz berganda tabiat in ’om etgan ashyo-ma teriallar mehnat yordamida qayta ishlanishi kerak va buning uchun mehnat vositalari talab qilinadi. Shu sababli ishlab chiqarishda moddiy omillar ham qatnashadi. Download 248.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling