Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.8 Mb.
bet89/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

Mustaqil ish mavzulari
1.Kasbiy risklarning paydo bo‘lishi
2.Yollanma ishlovchilar tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash.
3.Sug‘urta badallari to‘lashning shaxsiy hisobini olib borish.
4.Mehnat staji va daromadni hisoblash tartibi.
5.Pensiya va nafaqalarni tayinlash, to‘lash


8.2-§. Ish beruvchilarning ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari uchun javobgarligini sug‘urtalash
Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalardan ijtimoiy sug‘urta qilish amaliyoti qariyib 150 yil tarixga ega. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi sog‘ligiga va mehnat qilish layoqatiga yetkazilgan zarar uchun ilk qoplama, yuz bergan baxtsiz hodisalarda o‘z ayblarini tan olishlarida va sud qarorlarining ishchilar foydasiga hal bo‘lgan hollardagi fuqaroviy-huquqiy javobgarligi yordamida amalga oshirilgan. Kam hollarda ishchilarning o‘z shaxsiy hayotlarini ixtiyoriy ravishda sug‘urtalashlari tatbiq etilgan.
Taʼkidlab o‘tish kerakki, yollanma ishchilarni ijtimoiy himoyalashning bu kabi shakllari ishlab chiqarish jarayonida jabr ko‘rgan ishchilarni ijtimoiy himoyalashning mos darajasini, himoyalashning u yoki bu shakli jihatidan ham, kompensatsiya to‘lovlarining yetarlilik va o‘z vaqtida to‘lanishi jihatidan ham taʼminlay olmaydi. Ish beruvchining fuqaroviy-huquqiy javobgarligiga asoslangan zararni qoplash metodi qator holatlarda, jumladan, avvalo, ish beruvchining barqaror bo‘lmagan moliyaviy ahvoli, misol uchun muassasaning tugatilishi va bankrotlik holatlarida, ishchiga yetkazilgan zararni qoplashni ishonchli ravishda kafolatlay olmasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun XIX asrning o‘rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish inqilobi dolzarb mavzu sifatida oldinga surgan muhim ijtimoiy masala – yollanma ishchilarning ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalar tufayli mehnat qilishga layoqatini yo‘qotishlari uchun moddiy kompensatsiyalar berish masalasi bo‘lib qoldi. Bu ancha og‘ir moliyaviy, ijtimoiy va huquqiy masala edi, chunki ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalar tufayli mehnat qilishga layoqatini yo‘qotganida, ishiga bundan keyingi yashashi uchun kerakli kompensatsiya mablag‘i kattagina moliyaviy resurslarni talab etardi.
Ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalar tufayli yollanma ishchi ko‘rgan zararni qoplash masalasini ko‘rib chiqishda fuqaroviy-huquqiy javobgarlik quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi: myehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan (sudda isbotlangan) talablar tufayli, yollanma ishchining sog‘ligiga va mehnat qilish layoqatiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik tamoyili. Bu huquqshunoslik fanida «ish beruvchining delikti» deb ataladi. Delikt (lotincha delictum – jinoiy ish, huquqbuzarlik) – zarar va ziyon yetkazishni o‘z ichiga olgan shaxsiy va fuqaroviy huquqiy ish. Bu kabi zararlarda zarar yetkazuvchining aybdorligini isbotlash majburiyati jabrlanuvchining vakiliga (yoki turmush o‘rtog‘iga) yuklanadi. Delikt munosabatlarning mazmun-mohiyati sud jarayonlarining borish vaqtida boshqa shaxslarga ziyon yetkazish sabablarini qarab chiqishning zarurligidan iboratdir. Agar ish beruvchining (javobgarning) hatti-harakatida masʼuliyatsizlik va sovuqqonlik kuzatilgan bo‘lib, aynan uning harakatlari yoki hyech nima qilmaganligi jarohatga sabab bo‘lgan bo‘lsa, shuningdek shu sababli ham ish beruvchi ish beruvchi aybdor shaxs deb tan olinsa hamda u ish beruvchining mehnatga layoqatini yo‘qotishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa, bunday hollarda jabrlangan ishchiga moddiy to‘lov belgilanadi.
XIX asrda ishchilarning ish beruvchilardan yetkazilgan jarohatlar uchun to‘lov to‘lashni talab qilib, sudlarga yozgan davolari qanoatlantirilmagan. Ko‘pchilik holatlarda ish beruvchilarning sovuqqonligini isbotlab berishning iloji bo‘lmagan, bunday baxtsiz hodisalarga ishchining o‘zi eʼtiborsizligi tufayli duch kelgan, deb uqtirilgan. Boshqacha ifodalaganda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda ishchiga yetkazilgan zararga to‘lov to‘lash masalasi ko‘pchilik hollarda delikt huquqiy munosabatlar doirasida o‘z yechimini topmagan. Ularni boshqa institutlar – majburiy ijtimoiy institutlar bilan almashtirish vaqti kelib qolgan. Tadbirkorlarning delikt (qonuniy) javobgarligiga asoslangan huquq institutlarining past natija berishi ish beruvchilar va ishchilarning ijtimoiy, mulkiy va maʼlumot jihatdan teng emasligi, jabrlangan ishchi va uning oila aʼzolarining sudga bergan davolarini ko‘rib chiqishda sezilarli qiyinchiliklarning mavjudligi bilan bog‘lash mumkin.
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlashdagi aksariyat qiyinchiliklar kasbiy risklarning murakkab texnik, iqtisodiy, huquqiy va ijtmoiy tabiatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ularning yuz berishi borasida haqqoniy xulosalar chiqarish, hattoki malakali va odil sudlarga ham qiyinlik qilgan. Sud qarorlari natijasida belgilangagan kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun asos va ularning miqdorlari turli sudlarda turlicha ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, ko‘pchilik holatlarda sudyalar aybni jabrlangan ishchining o‘ziga qo‘yib qo‘yishgan va bu bilan ularni mehnatga layoqatini yo‘qotishda to‘lanishi lozim bo‘lgan moddiy to‘lovlardan mahrum etganlar, bu bilan ularning oilasini ham ochlik va qashshoqlik yoqasiga olib borib qo‘yganlar. Boshqa tomonlan esa, ishchilarning (ishlab chiqarishda jabr ko‘rganlar oila aʼzolarining) bu kabi holatlarga qarshi namoyish bilan chiqishlari keng ommaviy ko‘tarilishlarni keltirib chiqardi, ular qonun chiqaruvchilar va sud hokimiyatidan bunday murakkab vaziyatlardan chiqarish yo‘llarini axtarib topishni talab qilganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmida industrial jamiyatning o‘ta yuqori rivojlanish cho‘qqisiga chiqishi, ijtimoiy boshqaruvning chegarasi haqida guvohlik berdi. Bu boshqaruv mehnat shartnomasini tuzish paytida yollanma mehnat qilishdagi shaxsiy va fuqaroviy huquqiy javobgarlik tamoyillariga asoslangan. Boshqacha ifodalaganda, ishchiga yetkazilgan moddiy zararni muhokamasiz kompensatsiya qilib berish mexanizmini yaratish talab qilinardi. Buning yagona yo‘li baxtsiz hodisalar yuz berganda javobgarlikni ish beruvchiga yuklashning qonuniy tuzilmasini yaratish edi.
Yirik ishlab chiqarish bosqichi ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning obʼektiv va ommaviy xarakteri ish beruvchilar hamda ishchilar orasidagi munosabatlarni boshqarishga o‘tish zarurligini namoyish qildi. Bunday munosabatlar ish beruvchining ishchining sog‘ligi va mehnat qilishga layoqatini yo‘qotganida pul to‘lashi hamda boshqa shu kabi holatlar uchun shaxsiy javobgarligining huquqiy meʼyorlariga asoslangan.
1860-1880 yillarda Germaniya, Angliya va Fransiyada bu muammo, nafaqat, siyosatchilarning, balki olimlar, kasaba uyushmalari yo‘lboshchilarining ham diqqatini o‘ziga tortdi. Ilmiy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlari ijtimoiy sug‘urta nazariyasini ishlab chiqish bo‘lib qoldi. Nemis olimlari A.Vagner va G.Shmoller ishlab chiqarish vaqtida ishchilarning hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun tadbirkorlarning moddiy javobgarligi zarurligini asoslab berdilar. Ular bunday javobgarlikning moliyaviy va huquqiy mexanizmi sifatida ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz hodisalardan majburiy ijtimoiy sug‘urtalash tizimini kiritishni taklif etdilar.
A.Vagner va G.Shmoller 1880 yillarda bunday sug‘urta institutlari faoliyatini amalda tatbiq qilishning zarurligini, ishlab chiqarishda yuz beradigan risklarning sodir bo‘lish tezligining keskin oshib ketishidan yollanma ishchilar uchun muhimligi bilan bog‘laydilar. Bu kabi muammolarni o‘sha paytda mavjud bo‘lgan fuqaroviy huquqiy va ularga mos murakkab sud jarayonlari yordamida hal qilib bo‘lmagan. Ishlab chiqarish vaqtida yuz beradigan baxtsiz hodisalar aybdorlarini aniqlash, shuningdek, ishchining sog‘ligi va uning mehnat qilish layoqatiga yetkazilgan zararni qoplash uchun kim javobgarligini aniqlash qabi masalalar, o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan fuqaroviy haq-huquqlarga asoslanib, hal etib bo‘lmaydigan muammo edi. Shuning uchun A.Vagner va G.Shmoler shaxsiy javobgarlik tamoyiliga asoslangan fuqaroviy-huquqiy javobgarlikni, majburiy ijtimoiy sug‘urtalashni tatbiq qilish yordamida masalani yangicha boshqarish usuliga almashtirishni taklif qildilar. Shunday qilinganda, kompensatsiya to‘lovi haqidagi savolga javob topish masalasi ishlab chiqarish vaqtida jabr ko‘rgan ishchi uchun ham, ish beruvchi uchun ham yengil huquqiy jarayon bo‘lib qoladi. Shuningdek A.Vagner va G.Shmoler, majburiy ijtimoiy sug‘urta institutlarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslarni ham yaratishdi. Ular ishchining hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tadbirkorlarning javobgarligini belgilash zarurligini asoslab berdilar, bunday javobgarlikning yuridik va moddiy mexanizmi sifatida ishlab chiqarishdagi baxtsiz tasodiflardan mjburiy ijtimoiy sug‘urtalashni joriy qilishni taklif etadilar.
A.Vagner ijtimoiy sug‘urtalash borasidagi eng muhim masala – ish beruvchilardan o‘z ishchilarini majburiy ravishda (qonuniy ravishda) ijtimoiy risklarning ko‘p uchraydigan turlaridan (ish vaqtida kasallikka chalinish, baxtsiz hodisalarga uchrash, keksayganda ishlashga yaramay qolishi asnosida mehnatga layoqatini yo‘qotishi) sug‘urtalash masalasini hal etish, deb hisobladi. A.Vagner bu masalani hal etishning iqtisodiy asosini sog‘lom hayot kechirish garovi hisoblangan munosib oylik ish haqi berish, deb hisobladi. U bunday yondashuvni ish beruvchilar va ishchilar munosabatlari doirasidagi muhim «etik moment» deb qarab chiqdi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urtalash faoliyatini yollanma ishchilarni himoyalashning ommaviy instituti deb qarash, Germaniya kansleri O.Bismarkning tashabbuslariga ko‘ra, qonunlar bilan 1884 yilda Germaniyada joriy qilingan edi. Qabul qilingan qonunlarga ko‘ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, baxtsiz hodisalarga javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatildi. Bunda ish beruvchi sug‘urta to‘lovlarini to‘lash orqali sug‘urta tashkilotlariga (sug‘urtachilarga) o‘zining ishchilar oldidagi javobgarligini bildirgan. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar yuz berganda sug‘urtachi ishchiga kompensatsiya, tibbiy va realibitatsiya xizmatlar uchun pul to‘lash orqali u bilan o‘zaro muomalaga kirishadi. Ijtimoiy himoyaning bunday shaklini tashkil qilishning asosiy tamoyili shundan iboratki, bunda sug‘urtachi jabrlangan ishchi uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning qarab chiqilgan barcha shakllarini tashkil qilib beruvchi yuridik shaxs bo‘lib qoladi. Bunday tartib-qoida ishchilarning ijtimoiy himoyalashni kuchaytiradi, chunki ishchi kompensatsiya olishi uchun baxtsiz hodisaning, ishchi o‘z vazifasini bajarib turgan paytida yuz berganligini isbotlab berish talab etiladi. Bu savolning javobini topish jabrlangan, daromadlarini yo‘qotgan shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy manbalarni axtarib topishni, shuningdek, ishlab chiqarishda jabr ko‘rgan ishchilarning davolanishi, tibbiy, kasbiy va ijtimoiy realibitatsiyasi uchun to‘lovlar – salomatlik va mehnatga layoqatni yo‘qotish vaqtida to‘lanadigan kompensatsiyaning natural (pullik to‘lov) shaklini talab qilardi.
Salomatlik va mehnatga layoqatni yo‘qotish vaqtida to‘lanadigan kompensatsiyaning natural (pullik to‘lov) shakli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: jabrlangan shaxsga unga kerak maʼlum bir jihozni taklif qilish (masalan protezlar, nogironlar aravachasi va shu kabilar); qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (nogironlarni parvarishlash, nogironlarga ularning sharoitini yaxshilash uchun uylar qurib berish va h.k.).
Germaniyada majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimining qonunan kiritilishi ko‘proq samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatadigan ijtimoiy himoya institutlarining shakllanishidagi strategik uzilishni keltirib chiqardi. Bu kabi institutlar faoliyatini dastlab ko‘pgina Yevropa davlatlari, keyinchalik esa (XX asrning 30-60 yillarida) jahon hamjamiyatining ko‘pgina boshqa nufuzli davlatlari ham qo‘llay boshladi. Garchi ko‘pgina davlatlarda ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilishning turli shaklllari qo‘llanilgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urtalash institutlari eng keng tarqalgan sug‘urta institutlar qatoridan bo‘lib qolaverdi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan ijtimoiy himoyalash jarayonining iqtisodiy mohiyati ish beruvchining ishchi oldida yetkazilgan zarar uchun shaxsiy javobgarligidan tubdan farq qilardi. U barcha ish beruvchilarning (ish beruvchilar jamoasining) ishlab chiqarishda jabr ko‘rgan ishchilar oldidagi jamoaviy javobgarligiga, masʼuliyatiga asoslanar edi.
Har bir tadbirkorning mavjud sug‘urta badallarini muntazam ravishda to‘lab borish majburiyati, ularni o‘z ishchilari bilan muayyan baxtsiz hodisa yuz berganida, bu kabi hodisalar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar va boshqa tashkiliy ishlardan ozod qilar edi.
Shuni taʼkidlab o‘tish lozimki, ishchilarni kasbiy risklardan ijtimoiy sug‘urtalashning iqtisodiy munosabatlari mehnat munosabatlariga asoslangan holda quriladi. Bunda ish beruvchilarning ishchilar foydasiga to‘lagan sug‘urta badallari xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondi mablag‘larining bir qismi hisoblanadi va ular maxsus tashkil etilgan sug‘urta flndlarida saqlanadi. Bu kabi sug‘urta institutlarining Germaniya, Avstriya, Italiya, Polsha va Finlyandiyada (XIX asrning oxiri va XX boshlarida) qo‘llanilgan ilk yillaridayoq, ularning hech bir shak-shubhasiz munosib tomonlari ko‘zga tashlana boshlandi: cug‘urta fondining shakllanishi, sug‘urta fondini moliyalashtirishda barcha ish beruvchilarning ishtirok etish majburiyati, sug‘urta fondlari faoliyati ustidan ommaviy nazoratni (davlat nazoratidan tashqari) qo‘llash.
Rossiyada ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish institutlari faoliyatini qo‘llash o‘zining tarixiga ega: 1913 yildan 1918 yilgacha bo‘lgan davr va 1921 yildan 1928 yilgacha bo‘lgan davr. 1930 yildan boshlab, Rossiyada 70 yil davomida (1930-2000 yillargacha) fuqaroviy-huquqiy javobgarlik institutlari faoliyati tatbiq etila boshlandi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling