Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-§. Baxtsiz hodisalardan sugʼurtalashni shakllanishining nazariy asoslari
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
1.4-§. Baxtsiz hodisalardan sugʼurtalashni shakllanishining nazariy asoslari
1882 yilda Germaniyada butun mamlakat sanaot sohasi negizida tashkil etilgan birinchi majburiy ijtimoiy sug‘urta instituti ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilish institutlaridan biri bo‘lgan edi. Uning tashkil etilishi yollanma mehnat qilayotgan ishchilarni ijtimoiy himoya qilish jarayoni tarixidagi muhim bosqichga qadam qo‘yilayotganligini ifoda etardi. Chunki mehnat va ijtimoiy sug‘urta munosabatlarining mutlaqo yangi ko‘rinishi shakllanib ulgurgan edi. Ilgarilari ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning sog‘ligiga va mehnatga layoqatiga zarar yetishni qoplash ish beruvchilarning fuqaroviy huquqiy javobgarligi yordamida ikki xil holatda yuz bergan: 1) baxtsiz hodisalar yuz berganda ish beruvchi tomonidan aybining tan olinishida; 2) sud qarorining ishchilar foydasiga chiqarilishida. Yollanma ishchilarni ijtimoiy himoya qilishning bunday shakli ishlab chiqarish vaqtida biror himoyaga olinmagan, biror kompensatsiya to‘lovlari ololmagan jabrlangan ishchilarni himoya qilishning biror maqul bosqichini taʼminlay olmadi. Bu holat ish beruvchining fuqaroviy huquqiy javobgarligiga asoslangan zararni qoplash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘p holatlarda, masalan, ish beruvchining moddiy ahvoli tang holatga kelganda – muassasaning bankrotlikka yuz tutgan holatlarida ishchiga berilgan zararni ishonchli tarzda kafolatlay olmagan. Shu sababli XIX asr o‘rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda sanoat inqilobi bo‘yicha eng muhim masala – yolllanma ishchilarning korxonalardagi baxtsiz hodisalar tufayli o‘zlarining mehnatga layoqatini yo‘qotishi vaqtida buning uchun moddiy kompensatsiya to‘lashi masalasi bo‘lib qoldi. Bu esa juda murakkab moddiy, ijtimoiy va huquqiy masala edi, chunki ishlab chiqarish vaqtida jarohat olgan ishchi uchun unga bundan keyin yashashi uchun kompensatsiya to‘lash muassasadan ishchining ko‘p yillik oylik maoshidan ham ko‘p miqdorda moddiy resurslar talab etilardi. Jabrlangan ishchiga moddiy zararni qoplash, haqiqatdan ish beruvchi (javobgar)ning unga nisbatan befarq munosabatda bo‘lganligini sudda isbotlay olgan holatidagina belgilangan. Ish beruvchining hech qanday xavfsizlik choralarini qo‘llamaganligi tufayli ishchi jarohatlar olgani, buni ish beruvchi tan olganidagina ish beruvchiga jabrlangan ishchi ahvoliga moddiy javobgarligi yuklatilgan. Tadbirkorlarning fuqaroviy huquqiy javobgarligiga asoslangan huquqiy institutlarning samarasiz ekanligi ish beruvchilar va ishchilarning ijtimoiy, mulkiy va savodxonlik jihatdan tengsizligiga, ishchilar va ular oila aʼzolarining ko‘rgan qiyinchiliklariga bog‘liq edi. Baxtsiz hodisalar sabablarini o‘rganishdagi qiyinchiliklarning ko‘pi kasbiy risklarning ancha murakkab texnik, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy tabiati bilan bog‘liq edi. Ularning kelib chiqishini to‘g‘ri izohlash malakali va odil sudlarga ham yetarlicha qiyinchiliklar tug‘dirgan. Natijada kompensatsiya to‘lovlari asoslari va miqdori turli sud qarorlarida turlicha belgilangan. Ko‘pchilik hollarda sudlar aybni jabrlangan ishchilar bo‘yniga qo‘yishgan, bu esa ishchilarning mehnat qilishga layoqatini yo‘qotganida moddiy to‘lov olishi imkonyatini yo‘qqa chiqargan, ular oilalarining och qolishiga olib kelgan. Boshqa tomondan, ishchilarning (ishlab chiqarish vaqtida jabr ko‘rganlar oilalarining) qo‘zg‘olon qilib qarshi chiqishlari keng ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ladi, natijada ular qonun chiqaruvchilar va sud hokimiyatlaridan bu kabi murakkab vaziyatlarda chiqish yo‘llarini talab qilganlar. Nemis olimlari A.Vagner va G.Shmoller ishchilar hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazilganda tadbirkorlarning javobgarligini kiritish zarurligini asoslab o‘tadilar, bunday javobgarlikning moliyaviy va huquqiy mexanizmi sifatida ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisalardan majburiy ijtimoiy sug‘urta qilishni taklif etadilar. Ko‘pchilik sanoati rivojlangan davlatlar (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya)dagi siyosiy aksiyalarning yakuni sifatida, kasaba uyushmalari va sotsial-demokratik partiyalarning mehnat va fuqarolarni ijtimoiy-huquqiy himoyalash sohasidagi munosabatlari ijtimoiy-mehnat va ijtimoiy-sug‘urtaviy munosabatlarga aylantirildi. Yangi shakldagi munosabatlarning asosi ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarda ishchilarni himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat va ijtimoiy sug‘urtaviy munosabatlar bo‘lib qolaverdi. Bu munosabatlar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sug‘urtalash institutlari negizida tashkil etiladi hamda yollanma ishchilarni himoya qilish ommaviy instituti sifatida 1884 yilda Germaniyada, Germaniya kansleri Otto Bismarkning tashabbusi bo‘yicha ishga tushirilgan. «Ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq baxtsiz hodisaga ish beruvchi javobgar etib belgilandi. Bunda ish beruvchi sug‘urta badalini to‘lash bilan sug‘urta tashkilotiga (sug‘urtalovchiga) ishchilar oldida baxtsiz hodisalar yuz bergan holatlar uchun o‘z javobgarligini bildiradi. Ish vaqtida baxtsiz hodisa yuz bergan taqdirda, sug‘urtalovchi ishchilar bilan ularga kompensatsiya to‘lovlari, tibbiy va realibitatsiya xizmatlariga pul to‘lash orqali o‘z munosabatlarini yo‘lga qo‘yadi. Ijtimoiy himoyaning ushbu shaklini tashkil qilishning asosiy prinsipi shundan iboratki, bunda sug‘urtachi jabrlangan ishchi uchun ijtimoiy-moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning oldindan qarab chiqilgan barcha shakllarini tashkil qilib beruvchi yuridik shaxsga aylanadi. Majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimining qonuniy ravishda kiritilishi Germaniyada eng samarali ijtimoiy himoya institutlarini shakllantirishda katta yutuqlarga erishishga imkon berdi. Bu tajribadan dastlab ko‘pchilik Yevropa davlatlari, keyinchalik (XX asrning 30-60 yillarida) jahon hamjamiyatining aksariyat mamlakatlari foydalana boshladi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan ijtimoiy sug‘urtalashning iqtisodiy mohiyati ish beruvchining ishchiga yetkazgan zararini qoplash uchun bo‘lgan individual javobgarligidan tubdan farq qiladi. U barcha ish beruvchilarning ish joyida jabrlangan har bir ishchi oldidagi jamoaviy javobgarligiga asoslanadi. Har bir tadbirkorning belgilangan sug‘urta badallarini muntazam ravishda to‘lash majburiyati uni qo‘shimcha harajatlardan va o‘zining ishchilari bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishdan ozod qiladi. Ishchilarni kasbiy risklardan sug‘urta qilishning iqtisodiy munosabatlari mehnat munosabatlariga asoslangan. Ish beruvchilar to‘lagan sug‘urta badallari ishchilar foydasiga sarflanadi, bunda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashni amalga oshirish maqsadida maxsus sug‘urta fondlari tashkil qilingan. Bu kabi sug‘urta institutlarining Germaniya, Avstriya, Italiya, Polsha va Finlyandiyada faoliyat ko‘rsatgan ilk yillaridayoq ularning zarur jihatlari quyidagilarda yaqqol ko‘zga tashlandi: sug‘urta fondining shakllanishida barcha ish beruvchilarning sug‘urta fondalarini moliyalashtirishda ishtirok etishi zarurligi; sug‘urta fondlari faoliyatlarining nafaqat davlat, balki omma tomonidan ham nazorat qilinishi kerakligi kabilar shular jumlasidandir. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish institutlarini Rossiyada ishga tushirish jarayoni o‘zining juda qisqa (1913 yildan 1918 yilgacha, 1921 yildan 1928 yillargacha bo‘lgan davr) tarixiga ega. 1930 yildan boshlab mamlakatda fuqaroviy-huquqiy javobgarlik instituti faoliyat ko‘rsata boshladi. Oxir-oqibatda mavjud vaziyat 2001 yilga kelib jahon amaliyoti talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilish institutlarini tashkil etishni talab qildi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan sug‘urta qilish institutlarining kuchli tomonlari quyidagilardir: ilgarilari boshqa organlar bajargan vazifalarni sug‘urta tashkilotlariga (sug‘urtachilarga) berish borasida birlashish, bunda sug‘urtachi juda murakkab, o‘zining qo‘lidan kelmaydigan ishlarni emas, o‘z vakolati doirasidagi ishlarni amalga oshirgan (baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash uchun kompensatsiyalar to‘lash, tibbiy, professional va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish); sug‘urtachi keraksiz xarajatlarni kamaytirishdan manfaatdor yuridik shaxsga aylandi. rivojlanmagan bozor iqtisodiyoti sharoitida ish beruvchi ishchining ishsiz yurgan davri uchun hech qanday javobgarlikka ega bo‘lmagan. Mehnatga ish haqi berish borasidagi shartnomada ishchining mehnat qilishga layoqatsiz bo‘lib qolgan paytida ish beruvchi tomonidan qilinishi lozim bo‘lgan harajatlar haqida hech narsa ko‘rsatilmagan. Ishchining ishsiz qolib ketishi, kasallikka chalinishi, nogironligi va keksaligi holatlarida duch keladigan risklari uning moddiy taʼminlanganligiga doimiy xavf tug‘dirib keladi; oylik ish haqining milliy tizimi, mehnat bilan bandlik muammolarini tartibga solish va bu xildagi boshqaruv tizimi faoliyatini soliq va ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan uzviy hamkorlikda olib borish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik majburiy ijtimoiy sug‘urtalashning muhim nazariy konstruksiyasi hisoblanadi (buni iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ijtimoiy sug‘urta va taʼminot shakllanishining asosiy davrlari isbotlaydi, bu narsa iqtisodiy rivojlangan davlatlar siyosatida aniq namoyon bo‘ladi; 1890-1940 yillar pensiya tizimining asosiy elementlarining paydo bo‘lish davri bo‘lib, oylik ish haqidan pensiya, tibbiyot va boshqa majburiy ijtimoiy sug‘urta shakllari uchun maʼlum miqdorda pul (to‘lov) ajratiladi; 1950-1960 yillarda ijtimoiy sug‘urtalashning milliy tizimi va oylik ish haqi tizimi faoliyatining mutanosibligi yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda buni amalga oshirish uchun YAIM hajmining 40-50 foizidan kam bo‘lmagan qismi ajratiladi. Bu davrni industrial jamiyat aholisining daromadidagi birinchi ijtimoiy inqilob deb atash mumkin; 1960-1970 yillarda ijtimoiy sug‘urtalash miliy tizimi, oylik ish haqi va soliq tizimi faoliyatining mutanosibligi yo‘lga qo‘yildi. Bunda ishchining oylik ish haqidan ijtimoiy sug‘urta badali va daromad solig‘i ushlab qolish masalasiga tabaqalashgan yondashuvni (juda kam miqdorda oylik maoshi oluvchilardan ijtimoiy sug‘urta badali va daromad solig‘i ushlamaslik yoki pasaytirilgan holda olish, katta miqdorda oylik maoshi oluvchilardan esa yuqori miqdorda olish) qo‘llash amalga oshirildi va buni industrial jamiyat aholisining daromadidagi ikkinchi ijtimoiy inqilob deb atash mumkin; 1970-2000 yillarda «sotsialistik davlat» deb atalgan iqtisodiy rivojlangan davlatlar iqtisodiy imkoniyatlarining sezilarli ravishda kengayishi yuz beradi. Bunday davlatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish uchun sezilarli miqdorda yirik (YAIM hajmining 20-25 foiziigacha) moliyaviy mablag‘lar ajratiladi. Bu bosiqchni industrial jamiyat aholisining daromadidagi uchinchi ijtimoiy inqilob deb atash mumkin. Bunda aholining katta qismi uchun sog‘liqni saqlash, pensiya va ijtimoiy himoya tizimida sifatli xizmatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Rossiya esa bunday bosqichlardan o‘tmadi. Chunki sobiq Ittifoq davrida pensiya taʼminotiing katta qismi asosan davlat budjeti tomonidan amalga oshirilardi. XIX asrning iikinchi yarmi va XX asrning 30 yillarigacha bo‘lgan davrda industrial jamiyatga o‘tish yollanma mehnatning va ijtimoiy mehnat munosabatlarining butun majmuini keskin o‘zgartirib yubordi. Mehnat shartnomasini tuzishni kengaytirish ishchilarni nafaqat mehnat qilgan davrida, balki mehnatga layoqatini yo‘qotgan davrlarda ham moddiy taʼminlash zarurligiga olib keldi. Bu esa oxir-oqibatda mehnat va ijtimoiy sug‘urta munosabatlari o‘rtasidagi mustahqam o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yish kerakligiga olib keldi. Ishchi kuchlari yetishtirib chiqarishni taʼminlashning ijtimoiy modeli uning bozor modelidan davlat boshqaruvi postulatlariga asoslanganligi bilan farq qiladi. Bunda chiqimning sezilarli qismi umumiy isteʼmol va davlat (muassasadan tashqari) xizmatlari fondi yordamida taʼminlangan. Ishchi kuchi yetishtirishga bo‘lgan harajatning 60-70 foizi va undan ham ko‘proq qismini muassasa emas, muassasadan tashqari tashkilotlar tomonidan taʼminlangan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling