Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi o’rnimizdan turib mashq bajaramiz.
Bu mashqda piktogramma usulida tomonlar shartli belgilar bilan belgilab olinadi va musiqa ostida ko’rsatilgan belgi bo’yicha harakat qilinadi. Qaysi belgida qanday harakatni bajarish oldindan o’rgatiladi.
- Oldinga - Chapga
- Orqaga - O’ngga
Oldinga belgisi ko’rsatilganda oldinga 1 qadam, orqaga belgisi ko’rsatilganda orqaga 1 qadam yuriladi. Chapga, o’ngga belgisiga 1 qadam chapga va o’ngga yuradilar.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Nima qaerdaligini top”.
Bu o’yin bolalarning fazoda turgan joyini aniqlashni bilishga qaratilgan. Tarbiyachi bolalarga ularning chap, o’ng, oldin va orqa tomonida qanaqa predmetlar yoki kim borligiga qarashlarini topshiradi.
Tarbiyachi bolalarga “Sizning oldingizda nimalar va kimlar bor?” deb murojaat qiladi. Bir bola oldida stul, boshqasi- oldida stol, uchinchisi-Maftuna, to’rtinchisi-Jamolbek borligini aytadi. Tarbiyachi 3-4 bolaning javobini eshitgach, “Sizning chap tomoningizda nimalar va kimlar bor?”, deb so’raydi. Tarbiyachi so’ragan bolalar o’zlarining chap tomonida turgan turli predmetlarni boshqa o’rtoqlarini takrorlamay aytib beradilar. Bolalarga har bir to’g’ri javob uchun yulduzcha beriladi. O’yin oxirida olingan yulduzchalar sanab chiqiladi va g’oliblar aniqlanadi.
Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Qaysi qo’lingiz chap?
2. O’ng qo’lingizni ko’rsating?
3. Sizning oldingizda kim o’tiribdi?
4. Orqangizda kim o’tiribdi?
5. Yoningizda kim o’tiribdi? Sizdan eng uzoqda o’tirgan o’rtog’ingizning ismi nima?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Sutka qismlari-ertalab, kunduzi, kechqurun, tun kabi tushunchalarni mustahkamlash
Maqsad:
Do'stlaringiz bilan baham: |