Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet12/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Tetiklashtiruvchi mashq
Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir sizlar bilan “Sutka” o’yinini o’ynaymiz. Men “Kun” desam turasiz, “Tun” desam o’tirib ko’zlaringizni yumasiz, “Ertalab” desam turib, yuvinish harakatini bajarasiz, “Kechqurun” desam raqsga tushasiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “To’g’ri joylashtir”.
Bolalar yoniga Bilmasvoy keladi. Bolalar bilan salomlashadi. Tarbiyachi nega u g’amgin ekanligini so’raydi. Bilmasvoy rasmlar olib kelganini, bolalarga tartibi bilan: sutka qismlarini ko’rsatmoqchi ekanini, ammo hammasini aralashtirib yuborganini, ularni to’g’ri joylashtira olmayotganini aytadi. Tarbiyachi rasmlarni tartibga solishda Bilmasvoyga yordam berishni taklif qiladi. Bolalardan rasmlarni qanday joylashtirish kerakligini so’raydi.
Sutka qismlari tasvirlangan rasmlar to’plami ichidan bolalar bir sutkaga tegishli qismlarni tartib bilan yig’adilar.
Tarbiyachi bolalarning juda aqlli ekanligini ta’kidlab, sutka qismlari ketma-ketligini ularning istalganidan boshlab tartib bilan qo’yib tushuntirib bera olishini aytadi. Bolalar Bilmasvoyga o’rgatish maqsadida sutka qismlarini istalgan vaqtidan boshlab yig’ib tushuntirib beradilar.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ertalab, kunduzi, kechqurun va tunni birgalikda qanday atashimiz mumkin?
2. Bir sutka qanday qismlardan tashkil topadi?
3. Bir sutka davomida qanday ishlarni qilish mumkin?
4. Kunduzdan keyin sutkaning qaysi vaqti keladi?
5. Tundan keyin sutkaning qaysi vaqti keladi?

Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.



Son va sanoq

Mavzu: 10 dan 1 gacha teskari sanashni o’rgatish
Maqsad:
  • Bolalarda 10 dan 1 gacha teskari sanay olish ko’nikmasini hosil qilish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalarning 1 dan 10 gacha to’g’ri va 10 dan 1 gacha teskari sanash ko’nikmalari mustahkamlanadi.


  • Bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi.





Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling