Faoliyatni tashkillashtirish: bolalar yarim doira shaklida joylashadilar. Har bir bolada bittadan qo’g’irchoq bo’ladi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar, qo’g’irchoqlarimiz (mashinalarimiz) uchun rangli tayoqchalardan uycha quramiz (yasaymiz). Qo’lingizga 4 ta to’qsariq tayoqcha olingda, ulardan kvadrat yasang. Demak, uychaning “devorlari” tayyor bo’ldi. Endi 2 ta tayoqchadan tom yasaymiz. Tomimiz qanday shaklda bo’ldi?
Bolalar javobi: Uchburchak shaklida.
Tarbiyachi: Uyning devori va tomidan boshqa yana nimasi bo’ladi?
Bolalar javobi: Deraza, eshik, mo’ri.
Tarbiyachi: To’g’ri, 4 ta ko’k tayoqchadan deraza yasang. Deraza qaysi shaklga o’xshaydi? 3 ta sariq tayoqchadan eshik yasang, 1 ta qizil tayoqchadan mo’ri yasaymiz. Eshik bilan mo’ri qanday shaklga o’xshaydi? Qarang, qanday chiroyli uychalar paydo bo’ldi. Endi ayting, mo’ridan nima chiqadi?
Bolalar javobi: Tutun.
Tarbiyachi: Qaysi rangdagi tayoqchalardan tutun yasaymiz? Qancha tayoqcha kerak bo’ladi? (bolalarning har xil javoblari). Deraza qanday shaklga o’xshaydi? Eshik-chi? Mo’ri-chi? Endi uyimizga mehmonlarni taklif qilsak bo’ladi. Ular qanday qilib uychaga kiradilar? Eshik oldiga nima qurib berishimiz kerak?
Bolalarning javobi: Zina.
Tarbiyachi: To’g’ri, zinani biz zangori va sariq tayoqchalardan yasaymiz. Mana zina ham tayyor bo’ldi. Qani aytingchi, zinaning eng pastidagi tayoqcha qanday rangda, eng yuqoridagisichi? O’rtadagisichi? Qo’g’irchoq zinadan ko’tarilayotganda har bir zinaning rangini aytib o’ting. Qo’g’irchoqni eng uzun zinaga qo’ying (kaltaroq, eng kaltasiga). O’rtadagi tayoqcha qanday rangda?
Bolalar javobi.
Tarbiyachi: Endi uyimiz atrofiga panjara qilamiz. Binafsha rangdagi 3 ta tayoqchani olib, uychaning chap tomoniga o’rnating, shu rangdagi yana 4 tasini uychaning o’ng tomoniga joylashtiring. Mana, panjara ham tayyor bo’ldi. Uning tayoqchalari qanday balandlikda?
Do'stlaringiz bilan baham: |