Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet17/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, hammamiz qo’limizga kvadrat shaklidagi qog’oz varag’ini olamiz. Uning uchlarini birlashtirib teng qilib buklaymiz. Buklangan chizig’idan yaxshilab barmoq yuritib chiqamiz. Endi qog’oz varag’ini ochamiz, qaychini olib buklangan chiziqdan qirqamiz. Bitta katta qog’ozni o’rtasidan bo’lib, 2 ta teng bo’lak yoki qism hosil qildik. Bu qismlar qanday shaklga o’xshaydi. To’rtburchakka. Bu qismlarni butun varaqning ikkidan bir qismi deyishimiz ham mumkin. Endi bolajonlar, qismlardan birini olib butun varaq ustiga qo’yib o’lchab, taqqoslab ko’ramiz-qaysinisi katta? Qaysi kichik?
To’g’ri bolajonlar, butun varaq, qismdan katta. Bitta qism butun varaqdan kichik.
Endi bolajonlar, 2 ta yarim qismni birlashtirib qo’yamiz. Butunga teng bo’ldimi, yo’qmi?
Biz 2 ta yarim qismlarni birlashtirib, 1 ta butun kvadratni hosil qildik.


Bolalar uchun amaliy ish.

Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammangiz oldingizdagi doira shaklidagi varaqni olib mustaqil holda uni 2 ta teng qismga bo’ling.
Ulug’bek, tushuntirib berchi, sen doirani nechta qismga bo’lding? Bitta qism butundan kichkinami, kattami? (3-4 ta boladan so’raladi).
Qismlarni butun doiraning ustiga qo’yib o’lchab ko’riladi.

Tarbiyachi: Bolajonlar, hozir hammamiz butun doiradan butun olmani yasaymiz. Yarimta qismlarni yarimta olma shakliga keltiramiz.
Buning uchun doira shaklidagi qog’ozni uchlarini teng qilib buklaymiz va qo’limizda olma shakliga o’xshatib yirtib chiqamiz. Birinchi olmaning shoxga ilinib turadigan bandini qilamiz, keyin pastini o’xshatamiz. Mana olmalarimiz tayyor bo’ldi. Endi doiraning qismlarini ustma-ust qo’yamiz va yarimta olma shakliga keltiramiz.


Tetiklashtiruvchi mashq.

Tarbiyachi: Bolajonlar, bir qator bo’lib turib olinglar. Men “doira” desam, doira shaklida turib olasizlar. “2 ta doira” desam, darrov 2 ga bo’linib, 2 ta doira bo’lib turasizlar. “Kvadrat” desam, kvadrat shaklida, “2 ta kvadrat” desam, 2 ta kvadrat shaklida turasizlar.


Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling