Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet20/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Kecha, bugun, ertaga kabi tasavvurlarni mustahkamlash
Maqsad:
  • Bolalarning vaqt bo’yicha tasavvurlarini kengaytirish.




Kutilayotgan natijalar:
  • Bolalarning kecha, bugun, ertaga haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.


  • Bolalarga kecha, bugun, ertaga so’zlarini nutqda tushungan holda to’g’ri qo’llashni o’rgatish.




Kerakli jihozlar:
  • Koptok.

  • Doira (15 sm), kvadrat (15 sm) va to’rtburchak (bo’yi10 sm, eni 15) shakllarida qog’oz varaqlar.

  • Rangli qalamlar.





Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolajonlar, kecha biz kun davomida qanday ishlarni qildik bir eslab ko’ringchi?
Ertalabdan hammamiz bog’chaga keldik. Sizlar yaxshi ko’radigan ertaklardan biri bo’lgan “Qo’zichoq va qarg’a” ertagini sahnalashtirdik... Kech bo’lganda hammamiz uyga ketdik. Quyosh ham tog’lar ortiga o’tib ketgandan keyin qorong’i bo’lib tun boshlandi. Hammamiz yotib uxladik. Ertalab tursak, bugungi kun boshlanibdi. Bugun bog’chaga keldik. Ertalabdan buyon qanday ishlarni bajardik? Yana qanday ishlar bilan shug’ullanishni xohlaysizlar? ...
Bugun kechqurun hammamiz uyimizga ketamiz. Quyosh botib, qorong’i bo’lgandan keyin uxlashga yotamiz. Ertalab tursak, ertangi kun boshlanadi. Ertaga ertalabdan hammamiz bog’chaga kelamiz, men sizlarga turli qiziqarli o’yinlarni tayyorlab qo’yaman va biz birgalikda o’ynaymiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Kecha, bugun, ertaga”.

Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar bilan hozir “Kecha, bugun, ertaga” o’yinini o’ynaymiz.
Bolajonlar, hammamiz doira bo’lib turamiz. Men kimga “Kecha” deb koptokni otsam o’sha bola kecha qilgan ishlaridan birini aytadi. Gapining boshida albatta “Kecha” so’zini ishlatishi shart. “Bugun” deb koptokni otsam, koptokni ilib olgan bola “Bugun” so’zini ishlatgan holda bitta gap aytadi. “Ertaga” deb koptokni otsam “Ertaga” so’zini ishlatgan holda bitta gap aytadi.


Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling