Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet64/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Bolalar uchun amaliy ish.

Tarbiyachi: Bolajonlar, endi hammamiz birgalikda masala tuzamiz va echamiz. Kartochkaning ustki chiziqchasiga 1 ta jo’jani, pastki chiziqchasiga 3 ta jo’jani qo’ying. Nima qilganinigizni gapirib bering.
Bolalar qisqa, bog’liqli gapirib berishlari kerak.


Tarbiyachi: Juda yaxshi tushuntirib berdingiz. Siz masala tuzdingizmi? Yo’q. Masalaning sharti va savoli bo’lishi kerak. Masalan: kartochkaning ustki chizig’ida 1 ta pastki chizig’ida 3 ta jo’ja bor. Bu masalaning sharti. Masalaning shartida 2 ta son qatnashadi. Hamma jo’jalar nechta? Bu masalaning savoli. Hamma jo’jalar 4 ta. Bu masalaning javobi. Biz birgalikda masala tuzdik va echdik.
Bolajonlar, endi boshqa bir masalani birgalikda tuzamiz.

Tarbiyachi: Jamolbek siz uchta qalamni olib yonimga keling. Jamolbek sizda nechta qalam bor?
Jamolbek: Menda 3 ta qalam bor.
Tarbiyachi: Men sizga yana ikkita qalam bersam, sizdagi qalamlar nechta bo’ladi?
Jamolbek: Mendagi qalamlar 5 ta bo’ladi.
Shu kabi masalalar 5-6 nafar bolalar bilan tashkil qilinadi.

Tetiklashtiruvchi mashq.

Tarbiyachi: Bolajonlar, doira bo’lib turamiz. Men she’r aytaman hamda she’r so’zlariga mos harakatlarni ko’rsataman. Siz harakatlarni takrorlaysiz va she’r bo’yicha masalaning javobini topasiz.
U shoxdadir 5 ta qush,
Bu shoxdadir 1 ta qush.
Uchib ketsa 2 tasi,
Shoxda qolar nechtasi?

Bolalarning javobi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Kim to’g’ri masala tuzadi va echadi?”
Barcha bolalarga turli sondagi ikki xil narsalar tasvirlangan rasmlar beriladi.
Bolajonlar, kelinglar “Kim to’g’ri masala tuzadi va echadi?” o’yinini o’ynaymiz. Hamma o’ziga berilgan rasm asosida masala tuzadi va javobini kim aytishini xohlasa o’sha bolaning ismini aytib masalani aytadi. Ismi aytilgan bola masalani hisoblab echadi. Agar masalaning javobi to’g’ri topilsa, siz chapak chalasiz, agar noto’g’ri bo’lsa, boshingizni inkor holatida chayqaysiz va birgalikda masalaning javobini to’g’ri aytishiga o’rtog’imizga yordam beramiz.

Bolalar bilimini oshirish va mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Masala tuzish osonmi yoki masalaning javobini topish osonmi?
2. Agar menda 5 ta kitob bo’lsa, 1 tasini Ulug’bekka sovg’a qilsam,
menda nechta kitob qoladi?
3. Maftuna, sizning 2 ta qo’g’irchog’ingiz bor, 1 tasini Yulduzga
bersangiz, sizda nechta qo’g’irchoq qoladi?
4. Likobchada 1 ta olma bor edi, yana 2 ta olmani likobchaga qo’ydik.
Likobchadagi olmalar nechta bo’ldi?

Faoliyat davomida va yakunida bolalarni rag’batlantirish.




http://hozir.org
Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling