Ishlanmalari


Download 156.34 Kb.
bet57/64
Sana20.10.2023
Hajmi156.34 Kb.
#1711168
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
Катта гурущда йил давомида ытказиладиган математика машулотлари-www.hozir.org

Tarbiyachi: Bolajonlar, “Kim bilsa-davomini sanasin” o’yini sizlarga yoqdimi? Hozir sizlar bilan “Men qanday son o’yladim?” o’yinini o’ynaymiz.
Men qanday son o’yladim?” o’yini.


Jihoz: Son bilan ko’rsatilgan kartochkalar, raqamlar.
O’yinning mazmuni: “Bolajonlar, men bir son o’yladim (tarbiyachi qo’lida kartochka ushlab turadi, lekin bolalarga ko’rsatmaydi). Bu qanday sonligini toping, men o’ylagan songa 1 ni qo’shsak, 16 soni hosil bo’ladi. Men qanday son o’ylaganman?” Tarbiyachi bolalardan olgan javobidan keyin raqam yozilgan kartochkani ko’rsatadi.
Tarbiyachi o’yinni davom ettirishni bolalardan biriga topshiradi. Bu bola xuddi tarbiyachiday kartochkalardan birini oladi va bolalardan necha son o’ylaganini so’raydi: “Men bir son o’yladim, men o’ylagan sondan 1 ni olsak, 17 soni hosil bo’ladi. Men qanday son o’ylaganman?” O’yin shu tariqa davom etadi.

Tarbiyachi: Bolajonlar, “Men qanday son o’yladim?” o’yini sizlarga yoqdimi? Sizlar bu o’yinni juda yaxshi o’ynadingiz, barakalla! Endi sizlar bilan “Garaj” o’yinini o’ynaymiz.
Garaj” o’yini.
“Garaj” o’yini ikkinchi o’nlikdagi raqamlarni bilishni mustahkamlash, bolalarning diqqatini rivojlantirishga imkon beradi. O’yinda 10 dan 20 gacha yozilgan doiralardan foydalaniladi. Guruhning hamma bolalari “mashinani” tasvirlaydilar, ularning qo’llarida mashina nomeri yozilgan doiralar bo’ladi. Har bir doirada ikkinchi o’nlikning raqamlaridan biri yozilgan. Tarbiyachi guruhning har qaysi joyida “garaj”lar bo’lishini, qanday raqamli mashinalar qaysi garajga borishi mumkinligini aytadi. Masalan, bir garajda 10, 13, 15 raqamlari, boshqasida-11, 12, 16 va boshqalar. “Mashinalar” ko’cha harakati qoidalariga rioya qilgan holda ko’chalar bo’ylab yuradilar: faqat yashil chiroqda yuradilar, qizil chiroqda to’xtaydilar (“svetofor”ni tarbiyachi boshqaradi). Tarbiyachining “Mashinalar garajga!” degan ishorasiga muvofiq hamma mashinalar o’z garajlaridan joy egallashlari kerak, ya’ni mashinalarning tartib raqami yozilgan “garajdan” joy olishlari kerak.
O’yin bir necha marta takrorlanadi. Tarbiyachi “garaj”ni o’zgartirishi mumkin.

Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.




Download 156.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling